Tabiat tushunchasining falsafiy tahlili. «Tabiat» tushunchasi eng muhim va keng
qo„llaniladigan falsafiy kategoriyalardan biridir. Bu atama bir necha talqinga ega bo„lib,
falsafada ko„pincha u keng, tor va maxsus ma‟noda ishlatiladi. Mazkur ma‟nolarning har biri,
o„ziga xos xususiyatga ega.
Tabiat tushunchasining keng ma‟nosi borliqni, butun dunyoni barcha rang-barang
shakllari bilan jamuljam holda aks ettiradi. Bu ma‟noda «tabiat» atamasi borliqqa nisbatan
tatbiq etiladi va «materiya» kategoriyasidan ham kengroq falsafiy kategoriya sifatida amal qiladi,
zero u moddiy va ma‟naviy asoslarning birligidan iborat muayyan yaxlitlik sifatidagi insoniyatni
ham o„z ichiga olgan Koinotning butun moddiy-energetik va axborot dunyosini qamrab oladi.
Ayni shu ma‟noda «tabiat» tushunchasi falsafaning borliq muammolari o„rganiladigan sohasi,
ya‟ni ontologiyada keng qo„llaniladi. Mazkur atama ko„rsatilgan ma‟noda falsafada ko„proq XIX
asrgacha ishlatilgan.
Tabiat tushunchasining tor ma‟nosi XIX asrda hayotning paydo bo„lishi va Erdagi
evolyusiya jarayonlari muammolarini tushunishga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga
kelishi, shuningdek Inson dunyoda o„z o„rnini anglab etishi bilan shakllana boshladi. Shu
ma‟noda «tabiat» atamasi muayyan hajmgacha torayib, ob‟ektiv borliqning biosfera (J.Lamark
1802 yilda biosfera atamasini muomalaga kiritgan), ya‟ni «hayot sohasi» deb nomlagan
qisminigina anglata boshladi. Biosfera jonsiz tabiatning avvalgi rivojlanish mahsuli bo„lib,
Erning hayot kechayotgan nozik qatlamini tashkil etadi. U atmosfera, gidrosfera va litosferaning
yuqori qismini qamrab oladi.
Biosferada inson alohida o„rin egallaydi. U jonli tabiatning tabiiy qismi bo„lsada, vaqt
o„tishi bilan unga qarshilik ko„rsatuvchi faol asosga aylandi. Bu faktni u ekologiya muammolari
yig„ilishiga qarab anglay boshladi. Mazkur muammolar keskinlashgani sari inson o„zining
o„zgargan holati haqida yanada teranroq mulohaza yuritib, tabiat va jamiyatning o„zaro aloqasi
masalasini ilmiy, falsafiy va amaliy nuqtai nazardan echishga harakat qila boshladi.
Shu ma‟noda, tabiat insonni qurshagan muhitni, ya‟ni borliqning biosferadan biologik tur
sifatida o„rin olgan insonning mavjudlik sharoitlari majmui sifatida amal qiladigan qismini
anglata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |