Reja: “O’zbek tilining sohada qo’llanilishi” kursi, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati Tilning jamiyatda tutgan o’rni Til va tafakkur


Download 0.79 Mb.
bet5/39
Sana28.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1136983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Соха мажмуа (1)

Masalan: B,b harfi
1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi so'zlarda jarangli, portlovchi, lan undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) kitob, yuzlab, kelib kabi sozlar oxirlda p aytilsa ham, b yoziladi.
3) qibla, tobla kabi so'zlarda va'zan v aytilsa ham, b yoziladi. Shu tariqa har bir undosh hargning o'ziga xususiyatlari ko'rsatiladi.
Shuningdek, yonma-yon kelgan undoshlarning yozilishi ham batafsil yoritilgan:
1) baland, Samarqand, poyezd, do’st, go'sht, artist, g'isht kabi so'zlar oxirida d,t tovushi ba'zan aytilmasa ham, yoziladi.
2) Metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o'zlashgan so'zlar oxirida bir harf aytilsa ham, ikki undosh yoziladi. Lekin bunday so'zlarga shu tovush bilan boshlanadigan qo’shimchalar qo'shilsa, so'z oxiridagi bir harf yozilmaydi: Metal+lar= Metallar, kilogram+ mi=kilogrami kabi.

Undosh harflar orasida tutuq belgiga ham o'rin berilgan. Aslida bu o'zbek tiliga o'zlashgan so'zlar orqali kirib kelgan va mustahkam o'rnashib qolgan, shuning uchun uning qo'llanish tamoyillariga ham imlo qoidalarida o'rin ajratilgan.

So'ngra asos va qo’shimchalar imlosi berilgan. Bunda qo’shimcha qo'shilishi bilan asos tarkibida yuz beradigan tovush tushishi, tovush o'zgarishi, tovush ortirilishi kabi xususiyatlarga e'tibor qaratilgan. Masalan:

Qo’shimcha qo'shilishi bilan so'z oxiridagi unli o'zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q , -qi qo’shimchalari qo'shilganda a unlisi o tarzda aytiladi: sayla + V = saylov, oqla + V = oqlov, sina + V = sinov, tanla + V = tanlov; so'ra + q = so’roq, bo'ya + q = bo'yoq, o'yna + qi = o'naqi, sayra + qi = sayroqi kabi;
2) i unlisi bilan tugagan ko'pchilik fe'llarga -v, - q qo’shimchalari qo'shilganda asosda tovush o'zgarishi sodir bo'ladi: o'qi + v = o'quv, sovi+q= sovuq kabi. Undosh bilan tugagan barcha fe'llarga -uv, - uq qo’shimchalari qoshiladi.

k, q undoshlari bilan tugagan ko’p bo'g'inli so'zlarga, shuningdek, bek, yo'q kabi ayrim bir bo'g'inli so'zlarga egalik qo’shimchasi qo'shilganda k undoshi g undoshiga, q undosgi g' undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak+ing= tilaging, yurak+im= yuragim; kubok+i= kubogi, qo'shiq+i=qo'shig'i, yashiroq= yaxshirog'i, yo'q= yo'g'i. Lekin ko'p bo'g'inli o'zlashma so'zlarga egalik qo’shimchalari qo'shilganda -k, -q tovushi aslicha aytila va yoziladi: ishtirok+ing= ishtiroking, ocherk+i= ocherki, ravnaq= ravnaqi kabi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling