Reja: Protozoologiyaga kirish. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) umumiy tavsifi. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) sistematikasi. Xivchinlilar (Euglenozoa) tipi. Evglenasimonlar (Euglenoidea) sinfi. Chlorophyta tipi


Download 49.5 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1501560
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bir ho‘jayralilar (Protozoa)


Bir ho‘jayralilar (Protozoa)

Reja:

1. Protozoologiyaga kirish.
2. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) umumiy tavsifi.
3. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) sistematikasi.
4. Xivchinlilar (Euglenozoa) tipi. Evglenasimonlar (Euglenoidea) sinfi.
5. Chlorophyta tipi.
6. Yoqali xivchinlilar (Shoanoflagellata), Retortamonada va Axostylata tiplari.


Protozoologiyaga kirish.
Eukariot ho‘jayra deb yoki gavdasi bitta ho‘jayradan tuzilgan hayotiy organizmlarga aytiladi. Bir ho‘jayrali eukariotlar – (prokariot ho‘jayradan farqi, prokariot ho‘jayralarda ya’ni bakteriyalar, viruslarda yadro bo‘lmaydi) oddiy ho‘jayra bo‘lib yadro va membrana qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bir ho‘jayrali eukariotlar yoki organizmlar – Protista (Protistalar) nomi bilan ataladi. Protistalar ichida harakatchan formalar ham uchraydi va ular fanda Protozoa (Protozoalar) deb ataladi. Eukariot ho‘jayralar tuzilishi – ko‘p ho‘jayrali hayvonlar, o‘simlik va zamburug‘lar to‘qimalaridagi ho‘jayralarga o‘xshash bo‘ladi. Eukariot ho‘jayralarda quyidagi organoidlar: yadro, mitoxondriya, xloroplast, sitoplazma, endoplazmatik to‘r, ribosoma, Goldji apparati bo‘ladi. Eukariot ho‘jayralar uch xilda: amyobasimon, xivchinli va kipriklar yordamida harakatlanadi.
Ерда ҳаёт пайдо бўлиши ҳақидаги ҳозирги замон асосланган гипотезаларда ерда кислородсиз муҳитда дастлабки ҳаёт куртаклари “прокариот ҳўжайралар” 3,5-3,9 млрд йил олдин пайдо бўлган деб фараз қилинади. Прокариот ҳўжайралар пайдо бўлганидан
2 млрд йилдан кейин “эукариот ҳўжайралар” пайдо бўлган. Демак бундан тахминан 1,5 млрд йил олдин эукариот ҳўжайралар пайдо бўлган, дастлабки “кўп ҳўжайрали организмлар” пайдо бўлганига эса 1 млрд йил бўлган деб тахмин қилинади.
Prokariot ho‘jayralar orgonoidlari bo‘lmaganligi sababli ular uchun o‘zini ishlab chiqarishi va energiya manbasi bo‘lib ular tomonidan diffuziya yo‘li bilan o‘zlashtirilgan ozuqa ya’ni oddiy organik molekulalar “biomolekulalar” xizmat qilgan. Yashayotgan muhitda erkin kislorod bo‘lmaganligi sababli Prokariot ho‘jayralar da anaerob energiya almashinuvi yoki glikoliz jarayoni yuz bergan. Bu metobolitik yo‘l bilan ho‘jayrani kislorod va ozuqaga bo‘lgan ehtiyoji qondirilgan.
Organik molekulalar va organik zahiraga bo‘lgan ehtiyoj tufayli evolyutsiya jarayonida fotosintezga layoqati bo‘lgan shunday qadimgi organizmlar guruhi paydo bo‘ldiki endi ular quyosh yorug‘ligidan foydalangan holda ozuqa moddalarini atmosferadagi SO va N dan sintez qilishni o‘zlashtirdi. Natijada yerda doimiy organik moddalar hosil bo‘lish manbai - fotosintez jarayoni paydo bo‘ldi. Dastlabki fotosintez qiluvchi mikroorganizmlar – ko‘k-yashil bakteriyalar (sinezelenniye bakterii) bo‘lib ular NO dan elektronlar manbai sifatida foydalangan. Bu atmosferada erkin O ni paydo bo‘lishi va to‘planishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida aerob nafas oluvchi tirik organizmlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu eukariot ho‘jayralar edi.

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling