Reja: Protozoologiyaga kirish. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) umumiy tavsifi. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) sistematikasi. Xivchinlilar (Euglenozoa) tipi. Evglenasimonlar (Euglenoidea) sinfi. Chlorophyta tipi


Xivchinlilar (Euglenozoa) tipi. Evglenasimonlar(Euglenoidea)sinfi


Download 49.5 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1501560
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bir ho‘jayralilar (Protozoa)

Xivchinlilar (Euglenozoa) tipi. Evglenasimonlar(Euglenoidea)sinfi.
Xivchinlilar Euglenozoa tipi, 2 ta sinfga bo‘linadi.
1. Euglenoidea sinfi.
2. Kinetoplastida sinfi.

Euglenoidea sinfining harakterli vakillari Euglena viridis, Euglena gracilis ko‘pincha to‘xtab qolgan ko‘lmak suvlarda ba’zi bir ifloslangan hovuzlar hamda vaqtli suv havzalarida ko‘plab uchrab, suvning ko‘karishi (“gullashi” ) ga sabab bo‘ladi. Yashil evglena tanasining oldingi qismida joylashgan ancha uzun xivchinining buralib- eshilganligidan bir tekisda harakatlanadi. U bir necha nihoyatda nozik tolalardan tarkib topgan.
Evglena endoplazmasida yashil xromotafora donachalari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Evglena bu donachalar yordamida quyosh nuri energiyasini o‘zlashtirib suv va CO2 dan glyukoza sintezlab autotrof tipda ovqatlanadi.
Evglenalar yashash muhitining o‘zgarishiga qarab oziqlanish usulini o‘zgartira oladi. Agar evglenani qarong‘uda saqlansa, u tezda xromotofora tanachalarini yo’qotib, suvda erigan organik moddalarni shilib oziqlanishga ko‘chadi. Bu saprofit (Suvda erigan moddalarni shilib oziqlanishga) oziqlanish deyiladi.
Evglenalar ikki xil tipda oziqlana oladi:
a) autotrof – o‘simliksimon
b) geterotrof – hayvonsimon.
Bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.
Kinetoplastida sinfi. Bu geterotrof usulda hayot kechiradigan xivchinlilarni bir necha xili dengizlarda va chuchuk suvlarda hamda hayvonlar va inson tanasida parazitlik qilib hayot kechiradi. Vakillari: tripanosoma (Trypanosoma sp.), leyshmaniya ( Leishmania sp.).
Bularning ayniqsa hayvon va inson tanasida parazitlik qilib nihoyatda xilma-xildir va xavfli kasalliklarni tug‘diradi.
Triponasomalar – parazit xivchinlilarning eng xavflilaridan bo‘lib, ular turli umurtqali hayvonlar, jumladan insonning qonida hayot kechiradi. Triponasomaning tanasi cho‘ziq yassilashgan bo‘lib oldingi tomondan ayrilgan bitta xivchini orqaga yo’nalib yon tomonga yopishgan. Shu joyda xivchin ektoplazmaga tutashib, to‘lqinlanuvchi parda hosil qiladi. Parazit mazkur parda vositasida harakat qiladi. Murakkab tuzilgan bazal tanacha (kinetoplastlar) xivchinning endoplazmadagi qismida joylashgan. Bir yadroli, bo‘linish yo’li bilan ko‘payadi. Kattaligi 15-30 mk.
Masalan: Uyqu kasali tripanosamasi Afrikada ekvator atrofida va janubiy qismida xavfli kasallik uyqu kasalini keltirib chiqarishi aniqlangan. Bu kasallikni se-se pashshasi tarqatadi. Pashshada uyqu tripanosomasi ma’lum muddatni o‘taydi va uning so‘lak bezlariga kelib joylashib oladi va chaqqanda hayvon yoki odamda o‘tishi mumkin. Qonga tarqalib keyin orqa miyaga joylashib oladi. Tripanosomalar - «uyqu kasalligi», ni keltirib chiqaradi. Boshlang‘ich etap larda bemorning qonida yashaydi va sekinlik bilan orqa miya suyuqligiga o‘tadi. Bemor surunkali ko‘p uxlaydi va bu o‘lim bilan tugaydi. Bu kasallikni tashuvchisi setse pashshasi hisoblanadi. Invaziyani manbasi toq tuyoqli umurtqali hayvonlar (antilopalar) va kasal odamlar sanaladi. Hozirgi vaqtda davolash choralari topilgan.
Leyshmaniya odamning yuzi va qo‘l oyog‘ining teri to‘qimasida parazitlik qilib surunkali yara (yomon yara) hosil qiladi. Bu kasallik hozir ham uchraydi.
Leyshmaniyalar - leyshmanioz («avg‘on yarasi») ni keltirib chiqaradi. Bularni tashuvchisi – qon so‘ruvchi pashshalar, invaziya o‘chog‘i — yovvoyi kemiruvchilar va kasal odamlar hisoblanadi.

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling