Reja: Punktuatsiya haqida umumiy ma’lumot. O‘zbek punktuatsiyasining kelib chiqishi


Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra uch katta guruhga bo‘linadi


Download 218.92 Kb.
bet9/11
Sana19.06.2023
Hajmi218.92 Kb.
#1606297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-маъруза слайди

Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra uch katta guruhga bo‘linadi:

    • Gap oxirida qo‘llanuvchi.
    • Gap ichida qo‘llanuvchi.
    • Aralash holda qo‘llanuvchi TB.

Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qo‘llashning quyidagi tamoyillarini ko‘rsatamiz:


Logik-gramatik tamoyil.
Stilistik tamoyil.
Differensiatsiya tamoyili.

Logik-gramatik tamoyil

Bu tamoyilga ko‘ra, tinish belgilari gap mazmuni, tuzilishi va intonatsiyasi nazarda tutilgan holda, shulardan kelib chiqib qo‘llaniladi. Masalan, Xabar mazmunini anglatgan gapning ohirida nuqta, so‘roq mazmunini anglatgan gaplarning ohirida so‘roq, emotsiya ifodalangan gaplarning ohirida undov belgilari ko‘proq nutq strukturasiga asoslanadi:

“Dod”! Degan ovoz eshitildi. /O./ Qalandarov jon-jahti bilan gapirdi: Yo‘qol!!! Gaplaridagi undov belgilari intonatsiyaga asoslanib, birinchi gapdagi qo‘shtirnoq nutq tuzilishiga asoslanib qo‘yilgan.

Stilistik tamoyil

Bu tamoyilga ko‘ra, tinish belgilari nutq stillarining talabidan kelib chiqib qo‘yiladi.

Tilning taraqqiyoti, til stillarining rivojlanishi nutqning ajiralmas qismi bo‘lgan punktuatsiyaning taraqqiyotiga, uning qo‘llanish doirasining kengayishi yoki o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan, badiiy asarlarda /diologik nutqlarda/ ixchamlik uchun personajlarning nutqlari tire bilan ajiratiladi. Dramatik asarlarda esa nutq egalarining nomi keltirilganligidan, borligidan ularni tire bilan ajratishga ehtiyoj bo‘lmaydi, yoki qo‘shtirnoq qo‘llanilmaydi. Nutqning individual stil formasida tinish belgilari, ko‘pincha, yozuvning subektiv maqsadi, emotsional fikr ifodalash, uning ta’sirchanligini oshirish uchun qo‘llaniladi.

Masalan, YOz, quyosh hamma yoqni qizdirdi /O./ YOz! Pishshiqchilik, to‘kinchilik fasli! /U./ gaplarida “yoz” so‘zi orqali ikki yozuvchi ikki xil maqsadni ifodalash uchun foydalangan. Bu maqsadlar tinish belgilari /vergul, undov belgisi/ orqali reallashtirilgan. G‘ofur bo‘lib ketdi: Xotin-qizlar zveno, brigadani udda qilolmaydimi!.. /A.Q./ gapida ritorik so‘roq bilan fikirning kuchli /emotsional/ va davomli ekanligi ifodalangan. Bu maqsadlar undov belgisi va ko‘p nuqta orqali reallashgan. Lekin bundan har bir yozuvchi tinish belgilaridan o‘z bilganicha, o‘z istagicha foydalana beradi digan hulosa kelib chiqmaydi. Tinish belgilarining individual stil talabiga ko‘ra qo‘llanilishi ham stilistik tamoyilning umumiy normasiga bo‘ysunadi.


Download 218.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling