Reja: Punktuatsiya haqida umumiy ma’lumot. O‘zbek punktuatsiyasining kelib chiqishi


Download 218.92 Kb.
bet10/11
Sana19.06.2023
Hajmi218.92 Kb.
#1606297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-маъруза слайди

Masalan, YOz, quyosh hamma yoqni qizdirdi /O./ YOz! Pishshiqchilik, to‘kinchilik fasli! /U./ gaplarida “yoz” so‘zi orqali ikki yozuvchi ikki xil maqsadni ifodalash uchun foydalangan. Bu maqsadlar tinish belgilari /vergul, undov belgisi/ orqali reallashtirilgan. G‘ofur bo‘lib ketdi: Xotin-qizlar zveno, brigadani udda qilolmaydimi!.. /A.Q./ gapida ritorik so‘roq bilan fikirning kuchli /emotsional/ va davomli ekanligi ifodalangan. Bu maqsadlar undov belgisi va ko‘p nuqta orqali reallashgan. Lekin bundan har bir yozuvchi tinish belgilaridan o‘z bilganicha, o‘z istagicha foydalana beradi digan hulosa kelib chiqmaydi. Tinish belgilarining individual stil talabiga ko‘ra qo‘llanilishi ham stilistik tamoyilning umumiy normasiga bo‘ysunadi.

Differensiatsiya tamoyili

Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgilari yozuv texnikasi /formasi/ni farqlash uchun qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv formalariga bog‘liq holda odatdagidan farqli ishlatilishi differensiya tamoyili asosida yuz beradi. Ilmiy stilda, jumla ichida so‘zlarni qisqartirishda sitatalarning manbaini ko‘rsatishda, havolalarda, kitob muqovalarida nashiryot nomi va nashr vaqtini ko‘rsatishda tinish belgilari differensiya tamoyiliga asosan ishlatiladi. Masalan, kitob muqovasida tire /Toshkent – 1995 akabi/, snoskalarda vergul /G‘ofur G‘ulom, Tanlangan aarlar, Toshkent, 1985 kabi/ qo‘yiladi.

Differensiatsiya tamoyili

Ba’zi muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi: Alisher Navoiy – A.Navoiy, Oybek - /O./, Abdulla Qahhor - /A.Q./, “O‘zbekiston” /”O‘zb.”/ kabi.

Ko‘p hollarda ustav va qarorlarda tire har bir gap oldidan qo‘yilib, numerativlik vazifasini ham bajaradi, bunda ham differensiya tamoyiliga asoslanadi.

Xulosa:

Umuman, hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari uch tamoyil – logik-gramatik, stilistik va differensiatsiya tamoyili asosida qo‘llaniladi. Bulardan logik-gramatik tamoyil yetakchi bo‘lib, keyingi ikki tamoyil shunga asoslanadi – yordamchi tamoyil.


Download 218.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling