Punktuatsiya bilan intonatsiya qanchalik yaqin bo‘lmasin, ular o‘ziga xosligi, qimmati jihatidan har xil baholanadi: intonatsiya /gap intonatsiyasi/ birlamchi, material tushuncha; punktogrammalar intonatsiyaga qarab qo‘yiladi. Matn har bir gapning mazmun va gromatik, intonatsion hususiyatlaridan kelib chiqib o‘qiladi. Punktogrammalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilganligini gap komunikatsiyasi boshqaradi, “Tinish belgilariga rioya qilib o‘qish” iborasi ham, “Deyarli barcha tinish belgilari “o‘qiladi” /prof. A.M.Peshkovskiy/ deyilgan fikrlar ham tinish belgilari to‘g‘ri qo‘yilgan normal matnlarga nisbatan aytilgandir. O‘zbek tilida ham punktogrammalarni qo‘llashning o‘z asoslari va prinsplari mavjud. Tinish belgilarining qo‘llanilishida: O‘zbek tilida ham punktogrammalarni qo‘llashning o‘z asoslari va prinsplari mavjud. Tinish belgilarining qo‘llanilishida: - Gapning strukturasi.
- Mazmuni.
- Intonatsiyasi asos qilib olinadi.
Tinish belgilarining o‘rnini, funksiyasini belgilashda mana shu uch xil hodisa alohida-alohida emas, balki ularning bir butunligi nazarda tutiladi. CHunki bular o‘zaro bog‘langan bir hodisaning uch tomoni – uch hususiyatidir. Nuqtaning tuzilishi, mazmuni, intonatsiyasi o‘zarozich bog‘langan bo‘lib, har qanday gapda shu uch hususiyat mujassamlashgan bo‘ladi. Masalan, Opalar, singillar! bu savollar majlisda berilsin! /A.Q./ gapi: Masalan, Opalar, singillar! bu savollar majlisda berilsin! /A.Q./ gapi: 1.Tuzilishi jihatidan sodda. 2.Buyruq bilan birga emotsiya, murojaat ifodalangan, unda gap bilan gramatik bog‘lanmagan so‘zlar /opalar, singillar/ bor. 3.Ko‘tariluvchi intonatsiyaga ega. Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari to‘rt jihatdan: - Qo‘llanish o‘rni.
- Ishlatilish usuli.
- Tuzilishi.
- Vazifasi jihatidan tasnif qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |