Reja: Punktuatsiya haqida umumiy ma’lumot. O‘zbek punktuatsiyasining kelib chiqishi

Download 218.92 Kb.
bet2/11
Sana19.06.2023
Hajmi218.92 Kb.
#1606297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-маъруза слайди

Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o‘zaro logik-gramatik munosabatlarini ko‘rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomonda yozuvchiga o‘z yozma nutqini aniq, to‘g‘ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o‘quvchiga muyyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi: bir tinish belgi yozuvchi tomonidan qanday ma’no va funsiyada qo‘llangan bo‘lsa, mazkur tinish belgi o‘quvchi tomonidan ham huddi shunday funksiyada tushuniladi.

Baduen de Kurtene

    • “Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo‘llaniladi”

Tinish belgilari

Demak,

tinish belgilari “Yozma nutqning tushunilishi osonlashtirish uchun qo‘llaniladi” va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o‘rinli qo‘llanmasligi ma’lum bir sintaktik konstruksiyani ham mazmun, struktura jihatidan o‘zgarib ketishiga olib keladi.

    • afandi podshoga qarab: Siz axmoq odam emassiz, – dedi /latifa/

Masalan, afandi podshoga qarab: Siz axmoq odam emassiz, – dedi /latifa/ gapida axmoq so‘zidan keyin tire qo‘yilib o‘qilsa, hukm podshoning aqlliligi haqida emas, balki uning ham axmoq, ham yomon odamligi haqida berilgan bo‘ladi. Qir-adirlarda lola gullar ochilgan /U./ gapida lola so‘zidan keyin vegul qo‘yib o‘qilmasa, faqat lolalar ochilganligi; vegul qo‘yib o‘qilsa, loladan tashqari boshqa gullar ham ochilganligi anglashiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling