Reja: Punktuatsiya haqida umumiy ma’lumot. O‘zbek punktuatsiyasining kelib chiqishi


Masalan, Muhayyo, Surayyo, Ra’no, Muqaddas, Ko‘zimni yashnatib, kiyibsiz atlas


Download 218.92 Kb.
bet7/11
Sana19.06.2023
Hajmi218.92 Kb.
#1606297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-маъруза слайди

Masalan, Muhayyo, Surayyo, Ra’no, Muqaddas, Ko‘zimni yashnatib, kiyibsiz atlas.

gapida vergul uch xil funksiya bor:

    • ularni gap bilan grammatik bog‘lanmaganligi uchun gapdan ajiratish;
    • oborotdagi qisqa pauzani qoplash uchun qo‘llanilganki, buni shu gapning konkret sintaktik qurilishi taqazo qilgan.

Intonatsiya-

Intonatsiya juda murakkab bo‘lib, urg‘u, pauzalar, melodika kabilar uning komponentlari hisoblanadi. Intonatsiya gap mazmun-mundarijasining ajralmas qismi: intonatsiyasiz gap shakillanmaydi, gapning komunikativ funksiyasini intonatsiya boshqaradi. Intonatsiyaning o‘zgarishi gapning mazmun va struktura jihatidan o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi:

Mazmun farqlaydi, gap qayta shakillanadi. Quyidagi gaplarning intonatsiyasini qiyoslaylik:


1. Turg‘un ukam injener bo‘ldi.
2. Turg‘un, ukam injener bo‘ldi.
3. Turg‘un – ukam, injener bo‘ldi.
4. Turg‘un, ukam injener bo‘ldi.

1- gapda Turg‘un bilan ukam o‘rtasida pauza yo‘q: Turg‘un – aniqlovchi, ukam – ega;

1- gapda Turg‘un bilan ukam o‘rtasida pauza yo‘q: Turg‘un – aniqlovchi, ukam – ega;

2- gapda “Turg‘un” bilan “ukam” sanash ohangi bilan aytiladi: uyushuq egalar;

3- gapda “ukam” gapga nisbatan sal tez va pasayuvchi ohang bilan aytiladi: ajratilgan bo‘lak; 4- gapda Turg‘un so‘zi murojaat ohangi bilan gapdan ajratilib, biroz pauza qilinadi: undalma.

Punktuatsiya bilan intonatsiya qanchalik yaqin bo‘lmasin, ular o‘ziga xosligi, qimmati jihatidan har xil baholanadi: intonatsiya /gap intonatsiyasi/ birlamchi, material tushuncha; punktogrammalar intonatsiyaga qarab qo‘yiladi. Matn har bir gapning mazmun va gromatik, intonatsion hususiyatlaridan kelib chiqib o‘qiladi. Punktogrammalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilganligini gap komunikatsiyasi boshqaradi, “Tinish belgilariga rioya qilib o‘qish” iborasi ham, “Deyarli barcha tinish belgilari “o‘qiladi” /prof. A.M.Peshkovskiy/ deyilgan fikrlar ham tinish belgilari to‘g‘ri qo‘yilgan normal matnlarga nisbatan aytilgandir.


Download 218.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling