Reja: Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 69.79 Kb.
bet4/9
Sana24.12.2022
Hajmi69.79 Kb.
#1058465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8KPnr6eCeb3KchQTwiMlTaRZ4o7gdYjk

O'zgaruvchan tok generatori asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan: qo'zg'almas stator I, aylanuvchi rotor 9, kontakt halqalari 13, cho'tkalar72, cho'tkatutqich 14, to 'g 'rilagich bloki 7,parrakli shkiv 4 va qopqoqlar 3, 10. Stator elektrotexnik po'lat plastinalardan yig'ilgan bo’lib uning ichki yuzasida stator g'altaklari o’rnatish uchun mo'ljallangan va oralig'i bir xil bo'lgan tishchalari mavjud. Tishchalaring soni 18, 36 yoki 72 bo’lishi mumkin. Hozirgi zamon generatorlaridako'proq 36 tishchali statorlar ishlatilmoqda. Bu tishcha-larga 18 (yoki 36, 72) stator g'altaklari joylash-tirilib, ular uch fazaga bo'linadi. Har bir fazaga oltita ketma-ket ulangan g'altak kiradi. Fazalar o'zaro "yulduz" yoki "uchburchak“ sxemasi bo'yicha bo’lishi mumkin. Stator chul g'amlarini "uchburchak" sxemasi bo'yicha ulanganda undagi faza tokining qiymati chiziqli tokga nisbatan ~3 martaga kam bo'ladi. "Yulduz" sxemasida esa faza va chiziqli toklar bir-biriga teng bo'ladi. Bu esa "uchburchak" sxemasi bo'yicha o'ralgan stator chulg'amlari uchun diametri kichikroq bo'lgan sim ishlatish imkonini beradi.Shuning uchun oxirgi vaqtda generatorlaring zarur quvvatini saqlagan holda uning 0'lchamlarini ixchamroq qilish maqsadida stator chulg'amlarini "uchburchak" sxemasi bo'yicha o 'rash tobora keng qo'llanilmoqda.

Rotor qarama-qarshi qutbli, olti uchli tumshuqsimon po lat o 'zak 9 va' ular orasidaga po lat vtulka 75 ga o'ralgan uyg'otish chulg'ami 8 dan iborat. Uyg'otish chulg'amining uchlari valdan va bir-biridan izolatsiya qilingan mis halqalar 13 ga ulangan. Rotor vali aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan qopqoqlarga o’rnatilgan zo'ldirli podshipniklarda aylanadi. Kontakt halqalar tomonidagi qopqoq 10 ga plastmassadan tayyorlangan, ikkita mis-grafit cho'tkalar 12 joylashtirilgan, cho'tkatutqicli 14 va to'g'rilagich bloki 7 o’rnatilgan. Valga shponka yordamida parrakli shkiv 4 mahkamlangan. Generator rotori harakatni shkiv va tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan oladi.


Download 69.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling