Reja: Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 69.79 Kb.
bet5/9
Sana24.12.2022
Hajmi69.79 Kb.
#1058465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8KPnr6eCeb3KchQTwiMlTaRZ4o7gdYjk

Rotor qarama-qarshi qutbli, olti uchli tumshuqsimon po lat o 'zak 9 va' ular orasidaga po lat vtulka 75 ga o'ralgan uyg'otish chulg'ami 8 dan iborat. Uyg'otish chulg'amining uchlari valdan va bir-biridan izolatsiya qilingan mis halqalar 13 ga ulangan. Rotor vali aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan qopqoqlarga o’rnatilgan zo'ldirli podshipniklarda aylanadi. Kontakt halqalar tomonidagi qopqoq 10 ga plastmassadan tayyorlangan, ikkita mis-grafit cho'tkalar 12 joylashtirilgan, cho'tkatutqicli 14 va to'g'rilagich bloki 7 o’rnatilgan. Valga shponka yordamida parrakli shkiv 4 mahkamlangan. Generator rotori harakatni shkiv va tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan oladi.

Generator quyidagicha ishlaydi. Elektromagnit uyg'otish prinsipiga asoslangan o'zgaruchan tok generatorlari o'z-o'zini uyg'otish xususiyatiga ega emas. Bunday generatorlari ishga tushirish uchun dastlabki daqiqalarda uning uyg'otish chulg'amiga akkumulatordan cho'tka va mis halqalar orqali tok beriladi. Uyg'otish chulg'amidan o'tayotgan tok ta'sirida uning atrofida magnit oqimi hosil bo'ladi . Magnit oqimi 7ning asosiy qismi rotoning tumshuqsimon o'zagining birinchi bo'lagi 3 orqali havoli tirqishni kesib, stator 5 tishchalari va o'zagiga o'tadi, so'ngra havoli tirqishni yana bir bor kesib, rotoning tumshuqsimon o'zagining qarama-qarshi qutblangan ikkinchi bo'lagi 4 ga o'tib, uyg'otish chulg'ami vtulkasi 7 orqali tutashadi. Magnit oqimining qolgan qismi 8 o'zakdan tashqariga taralib ketadi.

Stator chulg'amlarida induksiyalangan EYUK ning vaqt bo'yicha o'zgarish xarakteri magnit oqimining stator doirasidagi have) tirqishlarida taqsimlanishiga bog'liq, u esa, o'z navbatida rotor o'zagi uchlikianing shakliga bog'liq. O'zgaruvchan tok generatorlarda asosan, shakli trapetsiyasimon bo'lgan tumshuqsimon uchlik rotor o'zaklari qo'llaniladi. Rotor o'zagining bunday tuzilishi induksiyalangan EYUK ning sinusoidaga yaqin ko'rinishda o'zgarishini ta'minlaydi.Generatorning stator chulg'amlarida hosil bo'lgan o'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka aylantirish uchun uch fazali, ikki yarimdavrli, ko'priklito'g'rilash sxemasi ishlatiladi.Bu sxema yordamida to'g'rilangan kuchlanishning pulsatsiyasi nisbatan katta bo'lmaydi va hozirgi vaqtda avtomobillarda juda keng ko'lamda qo'llanilayotgan elektronjihozlari me'yorida ishlashinita'minlaydi. Generator chulg'amlari "yulduz" sxemasi (1.20-rasm) bo'yicha ulanganda, to'g'rilagich quyidagicha ishlaydi. To'g'rilagichdagi diodlar ikki guruhga bo'linib, birinchi guruhdagi diodlaning (VDl, VD2, VD3) anodlari generatoning musbat qutbiga, ikkinchi guruhdagi diodlaning (VD4, VD5, VD6) katodlari manfiy qutbga, ya'ni "massa''ga ulanadi.Har qaysi berilgan daqiqada to 'g 'rilagichda bir vaqtda ikkita diod ishlaydi (ya'ni ochiq bo'ladi) – birinchi guruhdan anodining musbat potensialistator chulg'amlari ulangan tugun 0 nuqtaga nisbatan eng katta bo'lgan diod va ikkinchi guruhdan katodining manfiy potensiali shu 0 nuqtaga nisbatan eng katta bo'lgan diod.


Download 69.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling