Reja: Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 69.79 Kb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi69.79 Kb.
#1058465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8KPnr6eCeb3KchQTwiMlTaRZ4o7gdYjk

O'zgaruvchan tok generatorlarining afzallik tomonlaridan bin, to'g'rilagich diodlari akkumulatorlar batareyasini stator chulg'amlari orqali razryad bo’lishiga yo'l qo'ymaydi. Bu generator bilan teskari tok relesini ishlatish zarurati yo'qoladi va rostlagich tuzilishi ancha soddalashadi.O'zgaruvchan tok generatorlari uyg'otilish usiubiga qarab tashqaridan uyg'otiladigan va o'z-o'zini uyg'otuvchi turlargabo'linadi. Avtomobillarda aksariyat holda tashqaridan uyg'otiladigan generatorlar ishlatiladi. Bu usulda (1.21-rasm) tok uyg'otish chulg'ami UCh ga o't oldirish kaliti 0' OK va kuchlanish rostlagichi KR orqali, generator va akkumulatorlar batareyasi AB ning umumiy musbat qutbidan keladi. Natijada dvigatel ishga tushishi bilanoq uyg'otish chulg'amidagi tok o'zining maksimal qiymatiga ega bo'ladi va generatoning kuchlanishi tezlik bilan unumli qiymatiga erishadi. Bu sxemada akkumulatorning zaryadlanishi va yukiama tokining qiymati ampermetr A yordamida nazorat qilinadi.

Generatorlari tashqaridan uyg'otish usuli o'zining soddaligi va yuqori ishonchliligi bilan diqqatga sazovordir. Lekin, generatomi ishga tushirish uchun albatta tashqi tok manba'ning zarurligi va avtomobil nisbatan o'zoq turib qolganda akkumulatorni uyg'otish chulg'ami orqali zaryadszizianish xavfi - bu usulning kamchiliklari hisoblanadi. Shuning uchun oxirgi vaqtda ba'zi avtomobillarda (masalan, BA3-2110) o'z-o'zini uyg'otish prinsipiga asoslangan o'zgaruvchan tok generatorlari o’rnatilmoqda. Bu turdagi generatorlarda uyg'otish chulg 'amiga tok akkumulatordan kelmasdan, baiki quvvati uncha katta bo'lmagan, uch dioddan tuzilganva stator chulg'amlari bilan to'g'rilagich diodlari tutash gan nuqtalarga ulangan qo'shimcha uyg'otish zanjiridan keladi. O'z-o'zini uyg'otuvchi generator me'yorda ishlashining asosiy sharti rotor 0'zaklarining qoldiq magnetizm xususiyatgaega bo’lishi va uyg'otish zanjiri qarshiligining mumkin qadar kichik bo’lishidir. O'z-o'zini uyg'otuvchi generatorlaring stator chulg'amlarida dastlabki kuchlanish rotor o'zaklaridagi qoldiq magnetizm hisobigahosil bo'lgan magnit oqimi ta'sirida vujudga keladi. Qiymati katta bo'lmagan bu EYUK uyg'otish chulg'ami orqali o'tadi va uning atrofida magnit maydonini hosil qiladi. Bu magnit maydoni rotor o'zaklarining magnitlanganlik darajasini oshiradi, natijada rotor 0'zaklari atrofidagi magnit oqim kuchayadi, bu esa, o'z navbatida, generatorning stator chulg'amlarida induksiyalanayotgan EYUK qiymati o 'sishiga olib keladi. Bujarayon uzluksiz davom etadi, natijada generator uyg'onib, ishga tushib ketadi.


Download 69.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling