Reja: Rekreatsion faoliyat tushunchasi


Rekreatsion mashg’ulot turlarini to’rtga bo’lish mumkin


Download 204.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana05.05.2023
Hajmi204.15 Kb.
#1431541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - Ma\'ruza mashg\'uloti

Rekreatsion mashg’ulot turlarini to’rtga bo’lish mumkin: 
a) rekreatsion mashg’ulotlar yordamida davolanish; 
b) sog’lomlashtiruvchi rekreatsion mashg’ulotlar; 
v) sport bilan bog’liq rekreatsion mashg’ulotlar; 
g) dam oluvchi ongi va tafakkurini boyituvchi mashg’ulotlar. 
Rekreatsion mashg’ulotlar yordamida davolanish va sog’lomlashtiruvchi rekreatsion 
mashg’ulotlar oromgoh (sanatoriy)larning kun tartibiga ko’ra, yoki dam oluvchining o’z xohishiga 
ko’ra, quyosh nurida toblanish, balchiqli vanna qabul qilish, cho’milish, o’yinlar kabi mashg’ulotlar 
bilan band bo’lish kiradi. Sport bilan bog’liq rekreatsion mashg’ulotlar insonning jismoniy quvvatini 
oshirishga mo’ljallangan tadbirlarni jamlagan. Ularga suvda suzish, qoyalarga tirmashib chiqish kabi 
mashg’ulotlar kiradi. Dam oluvchining ongini va tafakkurini boyituvchi mashg’ulotlarga esa, yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, muzeylar, yodgorliklar, kinoteatrlar, yarmarkalarga borish kabi mashg’ulotlarni o’z 
ichiga oladi.
Ilmiy adabiyotlarda rekreatsion faoliyatning turlicha tasniflash (klassifikatsiya) va guruhlashni 
kuzatish mumkin. Ularning asosida rekreatsion faoliyatning huquqiy maqomi, davomiyligi, hududiy 
belgilari, ishtirokchilar soni, ijtimoiy shart-sharoitlari, harakat darajasi kabilar uchraydi. 
Rekreatsion faoliyat vazifa bajarishi va texnologiyasiga ko’ra, davolanish, sog’lomlashtirish va 
tanishuv kabilarga ajratiladi. 


Davolanish va kurort rekreatsiyasi asosan davolanishning tabiiy omillariga ko’ra farq qiladi. 
Bu faktorlar: iqlim omillari, mineral buloqlar, malhamli balchiqlar kabilardir. Jumladan, O’zbekistonda 
shu kabi shifobaxsh suvlar keng tarqalgan. Ularning har biri shifobaxshlik xususiyatlariga ko’ra bir-
biridan farq qiladi. Masalan, Respublika janubidagi “Omonxona”, “Anjir Ota” suvlari shular 
jumlasidandir. Biroq, bu maskanlarga kurort darajasida baho berib bo’lmaydi, ya’ni sobiq Ittifoq davrida 
Kavkaz hududidagi mineralli suvlar bo’lishi bilan birga, dengiz va tog’li mintaqalarning yaqinligi, bu 
hududlarni kurort darajasiga olib chiqqan edi. Ammo, yurtimizdagi Shohimardonsoy, Norin, Xumsan,
Xonjiza kabi tog’li mintaqalar o’zining tabiati bilan o’ziga xos ahamiyatga ega. 
Rekreatsion mashg’ulotlar ichida baliq ovlash ommaviy tus olganligi bilan ajralib turadi. 
Albatta, har bir mamlakatda baliq ovlash haqidagi me’yoriy hujjatlar mavjud. Baliq ovlash esa shu 
qonunchilik doirasida amalga oshiriladi. 
Ovchilik – tabiatda dam olish mashg’ulotlari ichida eng qiziqarlisi bo’lib, u maqsadga ko’ra turli 
ko’rinishga ega. Rekreatsion mashg’ulot sifatida foto va kino ovchilari nafaqat dam olishi balki, o’z 
mashg’ulotlari bilan tabiat muhofazasiga hissa qo’shadilar. 

Download 204.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling