Reja: Rekreatsion faoliyat tushunchasi
Alishyer Navoiy nomidagi Markaziy bog’
Download 204.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Ma\'ruza mashg\'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent zooparki
- Savol va topshiriqlar
Alishyer Navoiy nomidagi Markaziy bog’. O’tgan asrning 30-yillarida Toshkent shahrida
ko’plab istirohat bog’lari qurilgan. Shu jumladan, Markaziy bog’ga ham Shu yillarda asos solingan. 1932 yilda Olmazor ko’chasida bog’ qurila boshlangan va 1937 yilda uning qurilishi tugatilgan. Uning umumiy maydoni 65 gektar, bog’ning suv yuzasi bilan qoplangan maydoni 9 gektarni tashkil qiladi. Bog’ atrofida Xalqlar do’stligi saroyi, Navro’z restorani, Oliy Majlis binosi qad ko’targan. Mustaqillikdan so’ng, bog’ning ko’rinishi yanada ko’rkamlashdi. Yangi attraksionlar, yashil maydonlar barpo etildi. Toshkent zooparki. Toshkent zooparki – madaniy hordiq chiqarish va ilmiy tadqiqot muassasasi. Toshkent zooparki 1924 yilda tashkil etilgan. O’sha davrda O’rta Osiyo Davlat Universiteti biolog olimlari tashabbusi bilan. Hayvonot bog’i uchun 3 gektar yer ajratilgan. 1940 yillarga kelib, bog’dagi hayvon turlari 200 ga etdi. Bugungi kunda hayvonot bog’i shahar aholisining oilaviy sayohati uchun eng qulay maskanga aylangan. Bundan tashqari, Toshkent rekreatsion rayonida yana ko’plab rekreatsion qiymatga ega manzilgohlar mavjud. Ular “Keramika”, “Gulshan” Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon yodgorligi, Shahidlar maydoni kabilardir. Umuman, nafaqat Toshkentda, balki butun respublika viloyatlari markazlarida, aholi zich yashaydigan manzilgohlarda shu kabi bog’lar tashkil etilgan va mustaqillikdan so’ng, qayta ta’mirlangan hamda jihozlangan. Savol va topshiriqlar 1. Aholining rekreatsion faoliyatini boshqarish to’g’risida nimalarni bilasiz? 2. Bo’sh vaqtning ikki asosiy vazifasini izohlang. 3. Rekreatsion mashg’ulot turlari qaysilar? 4. Davolanish va kurort rekreatsiyasiga ta’rif bering. 5. Yo’nalishli turizm va ovchilik rekreatsiyasiga ta’rif bering. 6. Tog’ chang’i turizmi, sog’lomlashtirish va sport rekreatsiyasi to’g’risida nimalarni bilasiz? 7. Alpinizm va tanishuv rekreatsiyalarini qiyoslang. 8. Kongress turizmi nima? 9. Shahardan tashqarida dam olishning ikki asosiy an’anasiga tavsif bering. 10. O’zbekistonda faol dam olishning turlari va bosqichlarini izohlang. 11. Toshkent shahridagi rekreatsion zonalarga ta’rif bering. 12. Toshkent hayvonot bog’ining tashkil etilishi to’g’risida nimalarni bilasiz? Glossariy Rossiyada insonning bo’sh vaqtini ko’ngilli o’tkazishini “Zdorovыy obraz jizni”, ya’ni o’zbek tilida “Sog’lom turmush tarzi” deb atashsa, g’arb davlatlarida “Development steady” ya’ni “Barqaror rivojlanish” deyiladi. Biroq, bu borada hozirga qadar barcha millatlar manfaatiga mos keladigan yagona konsepsiya mavjud emas. 1980 yillardayoq shahardan tashqarida dam olishning ikki asosiy an’anasi vujudga kelgan edi. 1) urbanizatsiyalashgan rekreatsion hududlarda kurort aholi manzilgohlari yoki kurort aglomyeratsiyalarining rivojlanishi; 2) aholi manzilgohlariga daxlsiz hududlarda rekreatsion hududlarning tashkil topishi. Download 204.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling