Reja: Rekreatsion faoliyat tushunchasi


Download 204.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana05.05.2023
Hajmi204.15 Kb.
#1431541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - Ma\'ruza mashg\'uloti

Qo’shimcha ma’lumotlar 
Oxirgi 20 yil davomida xalqaro turizm yoki rekreatsion faoliyat ko’rsatkichlari yuqori 
templarda rivojlandi, ya’ni dam olish uchun keluvchi rekreantlar yoki turistlar soni har yili
o’rtacha 5,1 foizga, yillik valyuta tushumlari esa 14 foizga ortib bordi. Butundunyo turistik 
tashkiloti (BTT) ma’lumotlariga ko’ra, 1991 yilda dunyo miqyosida ro’yxatga olingan turistlar 


yoki rekreantlar soni 450mln. kishini va valyuta tushumlari 278mlrd. AQSH dollarini tashkil 
etgan. 
Shu yillar davomida Ispaniyaing yillik daromadining 30 mlrd. dollari miqdoridagi 
mablag’i turizm hissasiga to’g’ri keladi, bu mamlakat eksportining 25 foizi yoki 1/4 qismi 
demakdir. AQSHning turizmdagi daromadi esa 45,2 mlrd. dollarni yoki eksportining 5 foizini 
tashkil etadi. Turkiyada esa bu ko’rsatkich 2,7 mlrd. AQSH dollarini yoki eksportining 20 foizini 
tashkil etadi. 
 
2015 yilga qadar dunyo turizmi yuqorida qayd etilganidek, har yilda 5,1 foizga ortib 
borgan. Hozirgi kunda jahon bo’yicha turistlar soni 900mln. kishiga etdi. Jahon miqyosida 
turistlar yoki rekreantlar sonining ortishiga ilmiy texnik taraqqiyot, aholi turmush darajasining 
ortishi, bo’sh vaqtning ko’payishi kabilar misol bo’ladi. 
 
Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Rekreatsion faoliyat haqida tushuncha. 
2. Rekreatsion faoliyat tasnifida maqsadiga ko’ra turlariga misollar.
3. Rekreatsion mashg’ulot, bo’sh vaqt turlari 
4. Transport vositalaridan foydalanish xarakteri 
2 - Ma’ruza yuzasidan nazorat testlari 
1. Rekreatsion mashg’ulot turlarini nechaga bo’lish mumkin:
A) 4 ga - rekreatsion mashg’ulotlar yordamida davolanish; rekreatsion mashg’ulotlar yordamida 
davolanish; sog’lomlashtiruvchi rekreatsion mashg’ulotlar; sport bilan bog’liq rekreatsion 
mashg’ulotlar; 
B) 2 ga - rekreatsion mashg’ulotlar yordamida davolanish; rekreatsion mashg’ulotlar yordamida 
davolanish; 
V) 3 ga - rekreatsion mashg’ulotlar yordamida davolanish; rekreatsion mashg’ulotlar yordamida 
davolanish; sog’lomlashtiruvchi rekreatsion mashg’ulotlar; 
G) 1 ga - sog’lomlashtiruvchi rekreatsion mashg’ulotlar; 
2. ………… - turizmning barcha jihatlarini qamrab oladi, ya’ni u ham davolanish, ham sport va 
sog’lomlashtirish, ham ong va tafakkurni boyituvchi rekreatsion faoliyat xarakteriga ega bo’lishi 
mumkin. 
A) Yo’nalishli turizm 
B) Ovchilik turizmi 
V) Ekologik turizm 
G) Spelo turizm 
3. ………… – biror joyning tabiati, tarixi, madaniyati, an’analari, turmush tarzi bilan tanishish doimo 
dunyo xalqlarining diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Mamlakatlarning o’rta asrga xos yodgorliklari 
ularning o’sha davr tarixi, madaniyati, ilm-fanining rivojlanganlik darajasi, xo’jaligi, turmush tarzi 
haqida keng ma’lumotlar beradi. 
A) Tanishuv rekreatsiyasi 
B) Yo’nalish rekreatsiyasi 
V) Ekoturizm rekreatsiyasi 
G) Spelo turizm rekreatsiyasi 
4. Turizm uchun xizmat ko’rsatishda avtomobil’ transportining roli juda muhim. Dunyo miqyosida 
avtomobil’ yo’llarining umumiy uzunligi necha mln. km.
A) 24,5 mln. km 
B) 33,5 mln. km 
V) 44,5 mln. km 
G) 56,5 mln. km 
5. Joyning tabiati esa har bir mamlakatda o’ziga xos va betakrordir. O’zbekiston Respublikasi hududida 
hozir qanchaga yaqin yovvoyi o’simlik turi mavjud.
A) 3700 ga yaqin turi 
B) 4500 ga yaqin turi 


V) 5000 ga yaqin turi 
G) 5200 ga yaqin turi 
6. Dunyo miqyosida temir yo’llarning umumiy uzunligi necha mln. km bo’lib, turistlarni mamlakatlar 
ichida yoki mamlakatlararo tashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
A) 1,2 mln. km 
B) 3,2 mln. km 
V) 5,3 mln. km 
G) 9,4 mln. Km 
7. Bobur bog’i nechanchi yilda tashkil etilgan bo’lib, u genyeral-gubyernator K.P.Kaufman 
otxonasi o’rnida tashkil etilgan.
A) 1932 yilda 
B) 1942 yilda 
V) 1944 yilda 
G) 1964 yilda 
8. Toshkent zooparki nechanchi yilda tashkil etilgan? 
A) 1924 yilda 
B) 1910 yilda 
V) 1936 yilda 
G) 1948 yilda 
9. Turizmdagi daromadi 45,2 mlrd. dollar bo’lgan davlatni belgilang. 
A) AQSh 
B) Fransiya 
V) Malayziya 
G) Gresiya 
10. Rossiyada insonning bo’sh vaqtini ko’ngilli o’tkazishini “Zdorovыy obraz jizni”, ya’ni o’zbek tilida 
“Sog’lom turmush tarzi” deb atashsa, g’arb davlatlarida “Development steady” ya’ni “……….” 
deyiladi. 
A) Barqaror rivojlanish 
B) Sog’lom turmush 
V) Strategik rivojlanish 
G) Aktiv rivojlanish 
Asosiy adabiyotlar 
1. Александров А.Ю. “Международний туризм” Учебник. М. Аспект пресс 2002. 
2. O.Sh. Ismailov Turizm biznesi va menejmenti O’quv qo’llanma Toshkent, 2011.  
3. Aliyeva M. va boshqalar. “Xalqaro turizm” Toshkent”. 2011. 
4. М.Р.Усмонов “Туризм географияси” Ўқув қўлланма. Самарқанд - СамДУ - 2019 
йил. 
5. Yakubov O’, Vahobov X, Rekreatsion geografiya asoslari. O’quv qo’llanma. T., 2012 
yil. 

Download 204.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling