Reja: Rekreatsion faoliyat tushunchasi


Transport vositalaridan foydalanish xarakteriga ko’ra


Download 204.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana05.05.2023
Hajmi204.15 Kb.
#1431541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - Ma\'ruza mashg\'uloti

Transport vositalaridan foydalanish xarakteriga ko’ra, turizm avtomobil’ (yakka tartibda), 
avtobusda, samolyotda (yo’nalishli, xususiy), temir yo’lda, dengiz transportida (bizning 
mamlakatimizda yo’q) turistlarni tashish kabilarga ajratiladi. 
Turizm uchun xizmat ko’rsatishda avtomobil’ transportining roli juda muhim. Dunyo miqyosida 
avtomobil’ yo’llarining umumiy uzunligi 24,5 mln. km shundan 25 foizi AQSH hissasiga, yana 
taxminan shunchasi Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. O’zbekistonda esa 
avtomobil’ yo’llarining umumiy uzunligi 115 ming km. Respublika mustaqilligiga erishganidan so’ng, 
xorijiy davlatlar bilan bog’lovchi avtomobil’ yo’llarini uzaytirish va kengaytirishga ehtiyoj ortdi. Shu 
maqsadda O’zbekiston Respublikasi Andijon – O’sh-Ergashtom-Qoshg’ar, Termiz – Great - Karachi 
avtomobil’ yo’llarini qurish va ta’mirlashda ishtirok etmoqda. Bu keyinchalik, Xitoyga, Pokistonga shu 
orqali Hind okeaniga chiqish imkonini beradi.
Turizm yoki rekreatsion faoliyatning kengayishida havo transporti eng muhim ahamiyatga ega. 
Qit’alararo passajirlarni tashish hozirgi kunda 1970 yilga nisbatan qariyb 60 martaga oshdi. Hozirgi 
kunda bir vaqtning o’zida Atlantika okeani ustida yuzlab samolyot parvozda bo’ladi. O’zbekistonga 
keluvchi xorijlik turistlar asosan havo transporti orqali keladi. 
Dunyo miqyosida temir yo’llarning umumiy uzunligi 1,2 mln. km bo’lib, turistlarni mamlakatlar 
ichida yoki mamlakatlararo tashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda dunyoning 140 dan 
ortiq mamlakatida temir yo’llar rivojlangan. O’zbekistonda hozirgi kunda temir yo’llarning umumiy 
uzunligi 7 ming km dan ortdi. Respublika mustaqilligidan keyingi yillarda, Rossiya Federatsiyasi
Ukraina, Belorussiya bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Qo’ng’irot-Beynov temir yo’li qurildi. 
Turistlarni tashishda suv transporti ham zaruriyat yuqori. Biroq, O’zbekistondagi mavjud suv 
havzalari ochiq dengizlar bilan tutash bo’lmaganligi bois, rekreatsion faoliyatda ahamiyatga ega emas. 
Umuman olganda, transport rekreatsion faoliyatni rivojlantirishdagi eng muhim omillardan biridir. 

Download 204.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling