Reja: Rez`ba haqida umumiy ma`lumot


Rez`baning mastahkamligini hisoblash


Download 1.44 Mb.
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1429646
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rez`bali birikmalar. Reja Rez`ba haqida umumiy ma`lumot

Rez`baning mastahkamligini hisoblash.

Rez`bali birikmalarda o’q bo’ylab yo’nalgan va vint sterjenini cho’zadigan kuch rez`baning hamma o’ramlariga ham bir xilda ta`sir etavermaydi. Bu masalani birinchi bo’lib tekshirgan olim N.E.Jukovskiydir. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, rez`baning kuch ta`sir etayotgan tomonidan birinchi o’ramida boshqa o’ramlardagigina qaraganda kattaroq kuchlanish hosil bo’ladi. Rez`balarga ta`sir etuvchi kuchning rez`ba o’ramlari orasida bir tekisda taqsimlanmasligining ko’pincha sabablari bor. Ana shu sabablardan biri shuki, o’q bo’ylab ta`sir etuvchi kuchdan vintdagi rez`baning bir tomonga, gaykadagi rez`baning esa qarama-qarshi tomonga deformasiyalanishidir. Masalan 6 o’ramli gaykaning birinchi o’rami ta`sir etayotgan kuchning 52% ni, ikkinchi o’rami 25% ni, uchinchi o’rami 12% ni, oxirgi o’rami esa atigi 2% ni qabul qiladi. (37-shakl). Zarur bo’lgan taqdirda gaykaning hamma o’ramlari bir xilda ishlaydigan maxsus turidan foydalaniladi. Lekin bunday gaykalar tayyorlash texnologik jihatdan bir muncha qiyin.


Gaykaning o’ramlari orasida nagruzkaning taqsimlanish xarakterini aniq bilish juda qiyin, chunki bunga yuqorida keltirilgan sababdan tashqari, gayka tayyorlashning aniqlik darajasi va gaykaning ishqalanishdagi yeyilish darajasi ham ta`sir qiladi. Shuning uchun amalda rez`balarning
munosabatdan foydalaniladi:



bu yerda balandligi H bo’lgan gaykadagi rez’ba o’ramlarining soni. Bu formula vintning rez’basi uchun ham tadbiq qilinaveradi.


Rez’balarning kesilishi qo’yidagi formulalardan hisoblab topiladi:



gayka uchun




37 – shakl . O’q bo’ylab ta’sir etuvchi kuchning vint o’ramlari orasida taqsimlanishi

mustahkamligini hisoblashda ta`sir etuvchi kuch vint o’ramlari orasida bir xil taqsimlanadi, deb qabul qilinadi va rez`ba ish sirtining egilishi va a-b bo’yicha (38-shakl) kesilishi hisoblanadi.


Rez`balarning ezilishini hisoblashda quyidagi munosabatdan foydalaniladi:
Bu yerda -balandligi H bo’lgan gaykadagi rez’ba o’ramlarining soni. Bu formula vintning rezbasi uchun ham tatbiq qilinaveradi.
Rez’balarning kesilishi quyidagi formulalardan hisoblab topiladi.
Vint uchun

Gayka uchun (50)


bu yerda K=ab/s yoki K=ce/s- rez’baning turini hisobga oluvchi koeffisient. Uchburchaklik profilli rez’balar uchun K 0,8; to’g’ri to’rtburchaklik profili rez`balar uchun K=0,5; trapesiya profilli rez`balar uchun esa K=0,65. Agar vint va gaykaning materiali bir xil bo’lsa, vint rez`basining o’zinigina hisoblash kifoya, chunki d d1 bo’ladi. Gaykaning standartda qabul qilingan balandligi vint sterjeni bilan rez`basining mustahkamligi bir xil bo’lishi kerak, degan shartdan kelib chiqarilgan. Agar = 0,6 ok ekanligini nazarda tutilsa, vint sterjeni bilan rez`basining mustahkamligi bir xil bo’lishini ta`minlaydigan shart quyidagicha ifodalanishi mumkin:


(51)
Agar K = 0,8 deb olinsa, H 0,5d1 bo’ladi. Biroq amalda salbiy ta`sir ko’rsatadigan ayrim hollarda nazarda tutilib, rez`bali detallar uchun ishlatiladigan gaykaning balandligini 0,8d ga teng qilib olish tavsiya etiladi.
Rez`baning standartda keltirilgan o’lchamlari vint sterjeni bilan rez`basining mustahkamligi bir xil bo’lishini ta`minlaydi. Shuning uchun boltli birikmalarni loyihalashda, asosan, vint sterjenning zarur diametrigina hisoblab topiladi, qolgan o’lchamlari esa tegishli GOST dan olinadi.
Xulosa: Rezbali birikmalar nima ekanligini, qayerlarda qo’llanilishini o’rgandik. Rez’balar uchburchaklik, to’g’ri to’rtburchaklik, trapesiyaviy va doiraviy profilli bo’lishi mumkin. Rez’bali birikmalar sanoatda eng ko’p qo’llaniladigan ajraladigan birikmalardan biridir. Rez`bali birikmalar kirimlari soniga qarab ham turlarga ajratiladi: bir kirimli, ikki kirimli, uch kirimli. Bulardan eng qo’llaniladigani bir kirimli rez`balardir. Rez’balarni ishlatish, ularning turlari haqida to’liq ma`lumotga ega bo’lindi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling