Reja: Sezuvchanlik xaqida tushuncha. Sezgi turlari va faoliyati. Sezgi analizatorining o`tkazuvchi yo`llari. Sezgi analizatorining patologiyasi. Bosh va orqa miya pardalari va unig tuzilishi. Bosh va orqa miya pardalari patologiyasi


Download 419.07 Kb.
bet2/9
Sana08.08.2023
Hajmi419.07 Kb.
#1665801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Амалий машғулот

Ko`r bolalar. Odatda yorug`likni umuman sezmaydiganlarni ko`rlar toifasiga kiritadilar. Vaholanki hayotda umuman ko`rmaydigan odamlar kamdan-kam uchraydi. Ko`pincha yorug`likni juda zaif sezuvchilar kecha va kunduzni seza oladilar , ularda biroz bo`lsada ko`rish qobiliyati saqlangan bo`ladi .Eng yomon ko`radiganlardagi koeffitsiyent 0,03-0,04 deb qabul qilingan.(normal ko`rish qobiliyatiga ega bo`lganlarda ushbu koeffitsiyent 1ga teng deb qabul qilingan). Ko`rlar uchun saqlangan minimal ko`rish qobiliyati biroz bo`lsada atrof-muhitga moslasha olishga yordam beradi. Ammo ularni o`qitish yoki mehnatga o`rgatish ishlarini tahlil va eshitish analizatorlari orqaligina amalga oshirish mumkin. Shu sababli ko`r bolalar maxsus maktablarda teri (barmoqlardagi) va eshitish analizatori orqali tiflopedagoglar yordamida ta’lim oldilar.
Zaif ko`radigan bolalar. Bu guruhga odatda ko`rish qobiliyati biroz saqlanganlar (0,04 -0,2 kiritiladi). Ular ko`pincha maxsus yoritgichlar, lupalar va shunga o`xshash moslamalar yordamida ko`rib mashg`ulotlarga faol qatnasha oladilar. Ko`ra olmaslik ya’ni ko`rlik ko`rlarning asab faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Chunki ko`rish qobiliyatining yo`qolishi tashqi muhitga moslashishini murakkablashtiradi, lekin shuni ham yoddan chiqarmaslik lozimki, ko`ra olmaslik umuman mehnat layoqatini yo`qotish degani emas. Hayotda har kungi turmushimizda ko`rlar o`z ojizligini yengib hayotga imkon qadar moslasha oladilar. Ayniqsa, irodasi kuchli ko`rlar bunday ojizlikka juda tez ko`nikma hosil qilib, sog`lom insonlardek o`qiydi, o`rganadi. Ma’lum bir kasb egasi bo`ladi va jamiyatda o`z o`rnini juda tez topadi. Qanday kuch, qanday iroda, qanday chidamlilik bunday odamlarni o`z ojizligini yengib o`tishga undaydi? Bu masal juda ko`p olimlar, pedagoglar uchun ko`p yillar davomida muammo bo`lib kelgan, har turli tajribalar ham o`tkazib turilgan. Ba’zi olimlar agar inson organizmi a’zolaridan birirtasi o`z funktsiyasini bajara olmay qolsa, shuning hisobiga boshqa a’zolar faolroq ishlaydi, degan taxminga ham borganlar. Boshqa guruh olimlar esa ko`rlarning sog`lom odamlarga nisbatan teri sezgirligi va eshitish sezgirligi kuchliroq bo`lganligi sababli ko`rlikka ko`nikib qoladilar degan fikrlar bildirishgan.
E.A.Asatiryan, P.K.Anoxin, A.R.Lauriya, M.I.Zemtsova, S.I.Zilkina,
V.S.Serlov, I.A.Skalyanskiy kabi olimlar keyinroq bu muammoni I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati haqidagi nazariyasiga asolanib organizmning doimo o`zgarib turuvchi muhitga moslashish mexanizmi bilan isbotladilar. Masalan, normal ko`ra oldigan odam doimo o`zining ko`rish qobiliyatiga tayanib turli harakatlarni bajaradi. Bunda eshitish teri orqali sezish funktsiyalari unchalik ishtirok etmaydi. Ammo uning ko`zlari bog`lab qo`yilgan holda yurmoqchi bo`lsa oyoqlari bilan yerni paypaslab, har qanday tovush yoki ovozlargi hatto hidlarga ham e’tibor berib harakatlanadi va x.k. Demak, ko`rlarda esa ko`rish qobiliyati yo`qligi sababli asosan eshitish va sezish analizatorlariga tayangan holda harakatlanadi.

Download 419.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling