Reja: Sezuvchanlik xaqida tushuncha. Sezgi turlari va faoliyati. Sezgi analizatorining o`tkazuvchi yo`llari. Sezgi analizatorining patologiyasi. Bosh va orqa miya pardalari va unig tuzilishi. Bosh va orqa miya pardalari patologiyasi


O`qish qobiliyati, uning buzilishi va tekshirish usullari


Download 419.07 Kb.
bet8/9
Sana08.08.2023
Hajmi419.07 Kb.
#1665801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Амалий машғулот

O`qish qobiliyati, uning buzilishi va tekshirish usullari. O`qish qobiliyati bosh miya po`stlog`ining oliy faoliyati ko`rinishlaridan biri bo`lib, miya zararlanganda bu faoliyatning buzilishi yuqorida ko`rsatib o`tilgan praksis, gnozis, so`zlash va yozish faoliyatlari singari topik diagnostika qilishda katta ahamiyatga ega. O`qish qobiliyatining yozish qobiliyatidan farqi shundaki, bu jarayon harflarni ko`rish va analiz qilishdan boshlanib, o`qilgan narsaning mazmunini to`g`ri tushunish bilan tugallanadi, ya’ni o`qish – bu so`zdan fikrga tomon bosib o`tiladigan yo`ldir. Bunda tayyor yozilgan xatni analiz qilish va har bitta so`zni hamda butun matnni tushunish talab etiladi.
Tekshirish usullari:
a) birinchi usulda bemordan alohida harflarni tanish va ularni o`qish
so`raladi;
b) ikkinchi usulda bemordan alohida butin va so`zlarni o`qish so`raladi;
v) uchinchi usulda bemordan noto`g`ri yozilgan so`zlarni analiz qilish
so`raladi qilinadi;
g) to`rtinchi usulda bemordan gaplarni va matnlarni o`qib chiqish va analiz qilish so`raladi qilinadi.
O`qish qobiliyatining buzilishi aleksiya deb ataladi. Bosh miya po`stlog`ining qaysi qismi zararlanganligiga qarab o`qish qobiliyati har xil turda buziladi.
Bosh miya chap yarim shari chakka qismining tepa pushtasidagi po`stlog`i zararlanishi natijasida bemor o`ziga notanish bo`lgan so`zlarni o`qiy olmaydi, chunki unda so`zdagi harflarni analiz qilish qobiliyati buzilgan bo`ladi. Chap yarim sharining premotor zonasi pastki qismining zararlanishi natijasida bemorning o`qishi mutlaqo boshqacha turda o`zgaradi, ya’ni bemor harflarni birbiriga tez qo`shib, ravon o`qib keta olmaydi. u albatta, har bitta harfni alohida o`qiydi.
Shuni aytib o`tish kerakki, bosh miyaning ensa qismi zararlangan taqdirda so`zlash qobiliyati garchi saqlanib qolsada, lekin ko`rish qobiliyatining buzilishi natijasida o`qish faoliyati ham buziladi va bu hol ko`ruv aleksiyasiga olib keladi. Ko`ruv aleksiyasi ikki turga bo`linadi: lateral va verbal aleksiyalar. Lateral aleksiyaga duchor bo`lgan bemor alohida berilgan harflarni to`g`ri o`zlashtira olmaydi, masalan, «m» harfini «n» deb o`qiydi, yoki «k» harfini «x» yoki «v» deb o`qiydi. Verbal aleksiyada bemor yozilgan so`zni birdaniga o`zlashtira olmaydi va ularni taniy olmaydi.


Download 419.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling