Apraksiyaning turlari va tekshirish usullari, Apraksiya asosan uch turli ko`rinishda uchraydi.
Ideator apraksiya. Bu holatda murakkab harakatning o`zaro aloqasi va assotsiatsiyasi buziladi.
Bemor ma’lum bir maqsadni amalga oshiruvchi harakatlarning ba’zi bir elementlarini bajara olsada, lekin bu elementlarni ketma-ket bajarish rejasi buziladi va maqsad amalga oshmaydi. Masalan, bemor oldiga papiros chekishni maksad qilib qo`ydi Lekin buning uchun bemor cho`ntagidan papiros va gugurt chiqarsa-da, u gugurt cho`pini og`ziga olib, papirosni gugurt qutichasiga surtishi mumkin, yoki bemorga choy iching degan buyruq berilsa, u buyruqni tushunib, choy ichmoqchi bo`ladi. Lekin bunnng uchun oldin qanday harakat kilishni esidan chiqaradi, oldin choynakni ko`tarish kerakmi yoki piyolanimi; choyni choynakda piyolaga yoki piyoladan choynakka quyiladimi, degan masalalar bemor uchun hal qilib bo`lmaydigan muammo bo`lib qoladi Ideator apraksiyasida ko`rsatilgan harakatni bemor kaftda bajara olmaydi
Motor apriksiya. Bunda bemor ko`rsatilgan harakatni ham qayta bajara olmaydi. Bemor buyruqni tushunsa ham butun harakatning ayrim elementlarini bajara olmaydi, ma’nosiz va o`rinsiz harakatlar bilan javob qaytaradi. Masalan, stolda yotgan qalamni oling deyilsa, qo`lini yuqoriga ko`tarishi yoki boshqa bir o`rinsiz harakat qilishi mumkin, lekin qo`l stol ustidagi qalamga bormaydi, maqsad bajarilmaydi.
Konstruktiv apraksiya. Bunda manda bulaklardan butun narsa tuzish qobiliyati yo`qoladi. Masalan, bemor ayrim elementlardan iltimos qilingan biron shaklni tuzib berish qobiliyatini yo`qotadi. Masalan, gugurt cho`plaridan kubcha yoki yulduzcha shaklini yasab bera olmaydi. Konstruktiv apraksiya bosh miya burchak pushtasi zararlanganda yuz beradi.
Konstruktiv praksiyani aniqlash. Bunda bemordan raqamsiz soatga qarab vaqtni aniqlash, gugurt cho`plaridan har xil shakllar yasash va o`ziga tanish bo`lgan rasmlarni chizib ko`rsatish iltimos qilinadi. Apraksiyada bemor raqamsiz soatga katta va kichik millarni fikran joylashtira olmaydi, teskari yozilgan harflarni to`g`rilay olmaydi va ularning qaysi biri teskari yozilganini aytib berolmaydi (BA KK VV YeYe), geometrik shakllarni ham chiza olmaydi. Bunday holat bosh miya tepa bo`limining pastki qismlari zararlanishi natijasida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |