Reja: Sezuvchanlik xaqida tushuncha. Sezgi turlari va faoliyati. Sezgi analizatorining o`tkazuvchi yo`llari. Sezgi analizatorining patologiyasi. Bosh va orqa miya pardalari va unig tuzilishi. Bosh va orqa miya pardalari patologiyasi


Eshitish funktsiyasining buzilishlari


Download 419.07 Kb.
bet3/9
Sana08.08.2023
Hajmi419.07 Kb.
#1665801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Амалий машғулот

Eshitish funktsiyasining buzilishlari
Eshitish analizatorining shikastlanishi oqibatida eshitish qobiliyatining pasayib ketishi karlik, zaif eshtish, eshitish agnoziyasi kabi nuqsonlar paydo bo`ladi. Yosh bolalardagi eshitishning pasayishi ko`pincha eshituv nervlari shikasti bilan bog`liq bo`ladi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarning 70 %dagi karaklik, meningit kasali bilan og`riganda eshitish aьzolarining anomal rivojlanishi, turli shikastlar sabab bo`ladi.
Bosh miya po`stlog`ining funktsiyasi va patologiyasi
Bosh miya po`stlog`ida sezish, ko`rish, eshitish, hidlov, ixtiyoriy harakat va boshka proyektsion zonalar-markazlar joylashgan. Bu zonalarda tashqi va ichki muhitdan qabul qilingan taassurotlar oliy darajada analiz va sintez qilinadi va bu taassurotlarga organizm tomonidan tegishli javob qaytariladi.
Bundan tashqari, so`zlash, odam nutqini tushunish, qabul qilingan taassurotlarga nisbatan to`g`ri tushuncha hosil qilish (tanish, bilish), hayot tajribasida o`rganilgan oddiy va murakkab harakatlarni bajarish xususiyatlari, ya’ni oliy nerv faoliyati kabi funktsiyalar miya po`stlog`i bilan po`stloq ostida joylashgan boshqa markazlarning o`zaro aloqasi natijasida ro`y beradi.
Nerv sistemasi organizmni doimo o`zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashtirib turadi. Tashqi va ichki muhit taassurotlari nerv sistemasining analizatorlar deb ataluvchi o`ziga xos tuzilmalari qabul qilinadi.
Analizatorlarning tuzilishi. Har bir analizator uch qismdan iborat:

  1. Retseptor qismi --- analizatorning organlari, teri va shilliq pardalarda joylashgan periferik qismdir.

Retseptorlar kishi organizmda joylanishiga qarab 3 guruhga bulinadi:

  1. Ekstroretseptorlar.

  2. Proprioretseptorlar.

  3. Introretseptorlar.

Ekstroretseptorlar ikki xil bo`ladi: qontakt retseptorlar va distant (ko`ruv, eshituv, hidlov va boshka) retseptorlar. Retseptorlarning asosiy funktsiyasi – har xil tashqi va ichki taassurotlarni nerv impulьsiga aylantirib berishdan iborat.
Har bir sezgi organida joylashgan retseptor faqat ma’lum bir taassurotnigina qabul kilishga moslashgan bo`ladi. Masalan, ko`zning tur qavatida joylashgan retseptorlar yoruglik taassurotlarini, ichki quloqda joylashgan Kortiyev organi retseptorlari tovush taassurotlarini qabul qilishga moslashgandir. Shunday qilib, retseptorlarda boshlang`ich analiz va oddiy sintez jarayonlari sodir bo`lib turadi.


  1. Download 419.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling