Reja: Standartlashtirish va uning xalq xo‘jaligidagi roli


Parametrik qatorlarni tuzish va tanlash usullari


Download 171.5 Kb.
bet7/11
Sana28.12.2022
Hajmi171.5 Kb.
#1009299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Стандартлаштиришнинг илмий-методик асослари

6. Parametrik qatorlarni tuzish va tanlash usullari.


Ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar turlarini ratsionalholda kisqartirish maqsadida shu maxsulotlarni parametrik qatorlariga standartlar ishlanadi.


Xar bir mashina bir necha parametrlar bilan xarakterlanadi. Stan-dartlashtiriladigan parametrlar sonini qisqartirish uchun mashinani bosh va asosiy parametrlari ajratiladi.
Bosh parametr deb mashinani eng muќim ekspluatatsion ko‘rsatgichini bildiradigan maxsulotni texnik takomillashtirilishiga va uni ishlab chiqish texnologiyasiga bog‘liq bo‘lmagan parametrga aytiladi. Masalan: kranlarni yuk ko‘tarish kobiliyati, stanok markazlarini balandligi, mikrometrni o‘lchash diapazoni va x. parametrik qatorlar bosh parametr bo‘yicha tuziladi. Para-metrik qator deb funksional vazifasini bajarib kinematikasi yoki ishchi jarayoni bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan mashinalarni bosh parametri sonli qiymatla-rini muayyan diopazonda konuniyatli tuzilgan majmuasiga aytiladi. Bosh parametr, asosiy parametrlar sonli qiymatlari aniqlanganda, baza xizmatini bajaradi.
Asosiy deb mashinani sifatini belgilovchi parametrlarga aytila-di. Masalan, metalkesish stanoklari uchun bu ishlov berish aniqligi, quvvati, kesish tezliklar chegeralari, unumdorlik.
Parametrik qatorni bir turi bu xil o‘lchamlar (o‘lchamlar) qatoridur. Buni bosh parametri - maxsulot o‘lchamlari. parametrik qatorlar asosida bir xil konstruksiyali va bir vazifali mashinalarni konkret modellarining konstruktiv qatorlari yaratiladi.
Parametrik qatorlar tuzilganda geometrik uxshashlikka olib keladigan ishchi jarayonlar uxshashligini (mexanikaviy o‘lchashlik) saqlashga intilish kerak. Standartlashtirilayotgan maxsulotlar parametrlari qiymatlarining ishlatilishini taksimlanish zichliginiham inobatga olgan afzal. Natijada parametrni ko‘p ishlatiladigan qiymatlari diapazonida qator a’zolari sonini ko‘paytirish mumkin. Masalan, umumiy mashinasozlikda m=2 - 4mm modulli tishli g‘ildiraklar eng ko‘p qo‘llaniladi (1rasm). Shuning uchun modullar qatoriga ishlangan standartda 2 - 4mm oraligidagi modullarga eng ko‘p gradatsiyalar soni to‘g‘ri keladi. Bu yerda aralashgan qatorhosil bo‘ladi.



1-rasm. Tishli g‘ildiraklar modullarining umumiy mashinasozlikda
ishlatilishi.


Bosh parametrni eng katta va eng kichik qiymatlari bilan qator chastotasi texnik va iqtisodiy asoslanib fan va texnika taraqqiyotining istiqbollarinihisobga olishi kerak.



Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling