Reja: Standartlashtirish va uning xalq xo‘jaligidagi roli
Download 171.5 Kb.
|
Стандартлаштиришнинг илмий-методик асослари
Standartlashtirish ob’ektlarining xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan talablarga qarab me’yoriyhujjatlarning quyidagi turlari ishlab chiqiladi:
1) asos bo‘luvchi; 2) maxsulotga: 3) jarayonlarga; 4) tekshirish (sinash, o‘lchash, taќlil qilish) usullariga. Asos buluvchi me’yoriyhujjatlar ma’lum faoliyat doirasi va umumtexnikaviy talablar uchun, maxsulotni yaratish va undan foydalanish jarayonlarida tabiatni, mexnatni muќofaza qilishda o‘zaro tushunish, texnikaviyhamjixatlik, o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydigan umumiy usuliyatli qoidalarni belgilaydi. Maxsulot ma’eriyhujjatlari bir turdagi yoki aniq maxsulotlar uchun talabalarni belgilaydi. Jarayonlar me’yoriyhujjatlari maxsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, transportda tashish, foydalanish, ta’mirlash va o‘tillashtirish, texnologik jarayonlardagi turli ishlarni bajarishdagi usullariga (rejim, usul, me’yor, tartib) talablarni belgilaydi. Tekshirish usullariga oid me’yoriyhujjatlar maxsulotni yaratish, ser-tifikatlashtirish va undan foydalanish (qo‘llash)da uni sinash, o‘lchash qilish usullarini belgilaydi. Uzstandart ishlab chiqilayotgan va tasdiqlangan me’yoriyhujjatlarhaqidagi axborotni nashr etishni tashkil etadi va davlatlararo standartlari, O‘zbekiston me’yoriy xujatlari va boshqa davlatlar milliy standartlari fondini tashkil qiladi va yuritadi. Me’yoriyhujjatlar ikki: davlat va rus tillarida tasdiqlanadi, davlat ro‘yxatiga takdim etiladi va tarkatiladi. Davlat, tarmoq, ma’muriyhududiy standartlar, texnikaviy shartlar, raќbariyhujjatlar shuningdek, tashqi bozorga chiqadigan korxona standartlari, va ularga o‘zgartirish kiritish o‘z standart ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Davlat darajasidagi me’yoriyhujjatlarga O‘zbekistonhududidagi barcha idoralar, korxonalar, xo‘jalik subektlari va jamoa tashkilotlari rioya qilishi shart. Tarmoq darajasidagi me’yoriyhujjatlarni shu tarmoq xo‘jalik subektlari kullaydilar. Kolgan xo‘jalik subektlari buhujjatlarni xoxishi bo‘yicha kullaydilar. Ma’muriyhududiy me’yoriyhujjatlarnihududiy boshqaruv idoralari va xo‘jalik subektlari kullaydilar. Texnikaviy shartlar korxona tomonidan aniq maxsulotni ishlab chiqarishda va shu maxsulot ista’molchilari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lganholatda qo‘llaniladi. Korxona standartlari aynan shu korxonada aniq maxsulotni ishlab chiqarishda ichki aloqalarni belgilashda qo‘llaniladi. Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling