Reja: Standartlashtirish va uning xalq xo‘jaligidagi roli


Standartlashtirish me’yoriyhujjatlari (MX)


Download 171.5 Kb.
bet3/11
Sana28.12.2022
Hajmi171.5 Kb.
#1009299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Стандартлаштиришнинг илмий-методик асослари

3. Standartlashtirish me’yoriyhujjatlari (MX).


O‘zbekistonda standartlashtirish bo‘yicha quyidagi me’yoriyhujjatlar kategoriyalari va ularni belgilash kiritilgan.


Davlat miqyosidagi me’yoriyhujjatlar:
1. Xalqaro standarti - GOST;
2. O‘zbekiston davlat standarti - O’z DSt;
3. Umumdavlat tasniflagichi - O’Z DT;
4. Me’yorlar va qoidalar - bularni nomi va belgilanishi boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshiriladi;
5. O‘zbekiston raќbariyhujjati -O’z RN
6. Tavsifnomalar - O’zT
Tarmoq boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadigan ma’muriy-ќududiy me’yoriyhujjatlari:
1. Tarmoq standarti - TSt
2. Tarmoq tasniflagichi - TT
3. Me’yorlar va qoidalar
4. Raќbariyhujjatlar - RN
5. Tavsifnomalar -T.
Korxona raќbariyati tomonidan tasdiqlanadigan korxona me’yoriyhujjatlari:
1. Texnikaviy shartlar -TSh
2. Korxona standarti - KSt.
Davlat standartlari O’z DSt 1.1– 92 bo‘yicha ishlab chiqiladi, davlat va istemolchilar manfatlarinihimoya qilish, maxsulotning rakobatbardoshligini oshirish uchun ularda kelajakni inobatga olganholda amaldagi texnologik imkoniyatlaridan ustun, ilgarilama talablar belgilanadi.
Davlat standartlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
a) Maxsulotning asosiy iste’mol ( ekspluatatsion) tavsiflarini, ularning axolining xayoti, sogligi va mol mulkiga, atrof muxitga, texnika va ishlab chiqarish sanitariyasiga xavfsizligini belgilovchi talablar,
b) Maxsulotlarning texnik va axborotli moslanuvchanligi, uza-roalmashuvchanligi bo‘yicha talablar;
v) maxsulotni tekshirish usullari, joylab o‘rash, markalash, transportda tashish, saqlash, qo‘llash, tamirlash va o‘tillashtirishga bo‘lgan talablar.
g) Maxsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinash va undan foydalanishda, jarayonlarni bajarish va xizmat qilishda, shu jumladan texnikhujjatlarni shakllantirishda, joizlik va o‘tkazishlarda maxsulot sifatini ta’minlash umumiy qoidalari, shartli belgilar, metrologik va boshqa qoidalar va me’yorlar.

Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling