Reja: Standartlashtirish va uning xalq xo‘jaligidagi roli
Ilgarilab standartlashtirish
Download 171.5 Kb.
|
Стандартлаштиришнинг илмий-методик асослари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Umumtexnik standartlar kompleks tizimlari.
9. Ilgarilab standartlashtirish.Ilgarilab standartlashtirish deganda, standartlarni ishlab chiqish dav-rida , standartlashtirish ob’ektlariga rejalashtirilgan kelgusida optimal bo‘lishi kutilayotgan va shu kunga erishilgan saviyadan balandrok bo‘lgan me’yorlar va talablarni kiritish tushiniladi. Ilgarilab standartlashtirishni asosiy ob’ektlari qilib texnik nuqtai nazaridan o‘zgarmas, iqtisodiy samarali va ist’emolchilar tamonidan stabil talab qilinib to‘rgan takomillashtirilayotgan maxsulotlar olinadi. Ilgarilanish to‘liq maxsulotga yoki uni eng muќim parametrlari va sifat ko‘rsatkichlariga, ishlab chiqarish usullari va vositalariga va x. karatilgan bo‘lishi mumkin. Ilgarilovchi standartlar boshqa soќalarda yoki boshqa davlatlarda tadbik qilingan namunalarga asoslanishi mumkin. Standartlashtirish fan va texnikadagi kashfietlardan oldin bulaol-maydi, lekin ularga asoslanib sanoatga tadbik qilish jarayonini tezlash-tirishi kerak. Shu sababli ilgarilab standartlashtirish jarayoni ko‘phollarda ilmiy tekshirish va tajriba - konstruktorlik ishlari bilan parallel olib borilishi kerak. Umuman kompleks va ilgarilab standartlashtirishni maqsadi - bu max-sulot sifatining optimal saviyasini ta’minlash va vaqt davomida saklab turish. 10. Umumtexnik standartlar kompleks tizimlari.Sifat masalasi soќalararo muammosi bo‘lgani sababli yirik kompleks soќalararo standartlar tizimlarini yaratish katta samaraga olib kelishi mumkin. Bunday tizimlar korxonalar kooperatsiyasini soddalashtiradi, maxsulotni ishlab chiqarish samaradorligi oshiradi. Bunday standartlar tizimi misoli sifatida mashinalarni seriyalab ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yagona tizimini keltirish mumkin (IChTTYaT). Bu tizim bo‘yicha ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni boshqarish va tashkil qilish, progressiv namunaviy texnologik jarayonlarni, standart texnologik jiќozlar va dastgoxlarni, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni keng qo‘llashga asoslangan. Uz navbatida IChTTYaT konstruktorlikhujjatlar yagona tizimi (KXYaT), texnologikhujjatlar yagona tizimi (TXYaT) kabi standartlar kompleks tizimlarini uz ichiga oladi. TXYaT yordamida texnologikhujjatlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish va foydalanish o‘zarobog‘liq qoidalari kiritilgan. Konstruktorlikhujjat-larga xuddi shunday qoidalar KXYaT bilan kiritilgan. Tuplangan ma’lumotlar bo‘yicha IChTTYaT ni tadbik qilinishi ish unumdorligini ko‘lab ishlab chiqarishda 10-15% ga, maydaseriyalab va seriyalab ishlab chiqarishlarda 30-35% ga oshiradi, yangi maxsulotlarni ishlab chiqarilishini tayyorlash va uzlashtirishni muddatini 2-2,5 martaga kisqartiradi. Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling