Reja: Statistika nima?


Download 43.65 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi43.65 Kb.
#1481240
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish

Asosiy kapital
Kapital (lotincha: capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma’noda — o’z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo’lgan jami vositalar va mablag’lar; yangi qiymat keltiruvchi, o’zini o’zi ko’paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma’noda — ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi ishga qo’yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy kapital). Kapitalning paydo bo’lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o’ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo’lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul kapitaliga aylanadi. Kapital ko’p sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to’liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo’linadi. Pul kapitali (sarmoya) — ashyoviy kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya’ni pul kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko’payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya’ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. Kapital sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali, sudxoʻrlik kapitali (tarixiy) shakllarida faoliyat ko’rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kapitalning korxona, firma, banklar kapitali, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik kapitali, zahira kapitali, ustav kapital singari ko’rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli kapital dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi
Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, as-bob-uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni oʻz ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan oʻz qiymatini ishlab chiqarilgan to-varlarga asta-sekin va uzoq muddatda oʻtkazib boruvchi qismi. Asosiy kapital pul shaklida uskuna, mashina-mexanizmlar, bino-in-shootlar va boshqa jahongir iborat boʻlib, ular sotib olingan paytdagi bozor narxi bilan hisoblanadi. Asosiy kapital qiymatining bir qismi har yili mahsulotning ishlab chiqarish va sotish harajatlariga kiradi va amor-tizatsiya ajratmalari tarzida maxsus amortizatsiya fondida jamgʻariladi. Asosiy kapital hajmiga karab mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasini baholash mumkin (Asosiy kapital qiymati ishlovchilar soniga taqsimlanadi). Asosiy kapital tarkiban ikki qismga boʻlinadi: mehnat qurollarida gavdalangan kapital (mashina-mexa-nizmlar); ishlab chiqarishning moddiy sharoitini yaratishda gavdalangan kapital (bino, inshoot, qurilma va hokazolar).

Nomoliyaviy aktivlar – jumlasiga barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning

Ixtiyoridagi ma’lum davr mobaynida foydalanish yoki saqlashdan aniq yoxud

Potentsial iqtisodiy samara keltiruvchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish

Ob’ektlari kiradi. Ularning tashkil topish jarayoniga qarab ikki guruhga bo’linadi:

Ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmagan.


Ishlab chiqarilgan nomoliyaviy aktivlar ishlab chiqarish jarayonida vujudga

Keladi va uch asosiy elementni, asosiy vositalar (asosiy kapital), moddiy aylanma

Mablag’lari zaxiradagi va qimmatbaho boyliklarni o’z ichiga oladi.

Asosiy kapital mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlari

Ko’rsatishda ishtirok etuvchi hamda uzoq davr mobaynida foydalanishga

Mo’ljallangan aktivlarda o’z aksini topadi.

Moddiy asosiy kapitali guruhi ishlab chiqarish va yashash binolari, inshootlar,

Mashina va jihozlar, shuningdek, o’stiriladigan aktivlardan iborat. Milliy boylikning

Mazkur omiliga uy xo’jaliklari tomonidan oxirgi iste’mol uchun xarid qilingan

Mashina va jihozlar hisobga olinmaydi. (Masalan: avtomobillar, muzlatgichlar,

Televizorlar va shunga o’xshash vositalar). Bunday omillar “Uzoq muddatda

Foydalanishga mo’ljallangan iste’mol tovarlari” guruhi orqali hisobga olinadi. Biroq,

Bunday jihozlar ishlab chiqarish jarayonida foydalanilsa, ular asosiy kapital jumlasiga

Kiritiladi, o’stiriladigan aktivlar qishloq xo’jaligida moddiy aylanma mablag’lar

Guruhining bosh omillaridan biri hisoblanadi hamda zotli, mahsuldor, ishchi va

Boshqa chorva mollari, hosildor bog’lar, mevazorlar, uzoq muddat hosil beruvchi

Ko’p yillik ko’chatlarni o’z ichiga oladi.

Shuningdek, asosiy kapital ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivlarni ham tashkil

Qiladi. Bularga foydali qazilmalarni qidirishga ketgan xarajatlar, inson mehnati

Asosida vujudga kelgan va informatsiya sifatida taqdim etilgan ma’lumotlar qiymati

Kiradi. Yuqorida qayd etilgan omillarga EHM lar uchun programma dasturlari,

Original ijod janrlari, adabiyot va san’at durdonalarini ko’rsatish mumkin. Asosiy

Kapital milliy boylikning muhim elementi sifatida mamlakat statistikasida hisobga

Olinadi, hamda ularning tarkibi MHT ning mazkur iqtisodiy toifasida bir qadar

Muhim ko’rsatkich hisoblanadi.

Ishlab chiqarilgan nomoliyaviy aktivlar tarkibiga kiruvchi ikkinchi element, bu

Aylanma moddiy mablag’larining zaxirasidir. Joriy yoki o’tgan davrda

Tayyorlangan va keyinchalik sotish yoki ishlab chiqarishda foydalanish uchun

Mo’ljallangan ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor

Mahsulot, qayta sotish uchun olingan mollar shular jumlasidandir. Shuningdek, ushbu

Aktivlar tarkibiga moddiy rezervlar, strategik maqsad uchun mo’ljallangan

Mahsulotlar, don va shunga o’xshash mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega

Bo’lgan boshqa mahsulotlar kiradi.

Shu bilan birga ishlab chiqarish zahiralari tarkibiga xom ashyo, materiallar,

Yoqilg’i, jihozlar, urug’lik, ozuqa va korxona oraliq iste’moli uchun mo’ljallangan,

Sotishga qaratilmagan boshqa mahsulotlar kiradi.

Tugallanmagan ishlab chiqarish – bu mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish

Boshlangan, biroq nihoyasiga etkazilmagan, ishlab chiqarish yana davom ettirilishi

Mumkin bo’lgan toifadagi mahsulotlar va xizmatlardir.

Tayyor mahsulotlar esa to’liq ishlab chiqarilgan va sotish yoki boshqa xo’jalik

Yurituvchi sub’ektlarga yuborish uchun mo’ljallangan mahsulotlar hisoblanadi.

Shuni ham alohida etiborga olish kerakki, bir xil natural ko’rinishga ega bo’lgan

Ayrim tovarlar mamlakatning yoki iqtisodning ayrim sohasidagi tegishli asosiy

Kapitalini hisobga olinayotgan davrdagi foydalanishiga qarab milliy boylikning turli

Elementlariga tegishli bo’lishi mumkin. Masalan: ishlab chiqarishda foydalanilayotgan yoki o’rnatish uchun tayyorlangan stanok asosiy kapital tarkibiga

Kiradi, agar xuddi shu stanok tayyorlovchi korxonaning omborida sotish uchun

Mo’ljallangan tayyor mahsulot sifatida saqlanayotgan bo’lsa, material aylanma

Mablag’lar zaxiralari tarkibiga kiradi.

Ishlab chiqarilgan material aktivlar umumiy tarkibida qimmatbaho boyliklar

Alohida o’rin tutadi. Bu turdagi boyliklar qiymat zahiralari sifatida sotib olinadi,

Saqlanadi va amaliyotda ularni ishlab chiqarish jarayoni yoki iste’mol uchun

Ishlatiladi. Ushbu ko’rinishdagi milliy boylikning elementlarini egalari ularning real

Narxi oshishi yoki saqlanib qolishini mo’ljallagan holda sotib oladilar. Qimmatbaho

Boyliklar toifasiga ishlab chiqarish zahirasi hisoblanmaydigan, yuqori bahoga ega

Bo’lgan qimmatbaho metall va toshlar, tilla buyumlar, antikvar buyumlar, san’at

Asarlari va kollektsiyalari kiradi.

Ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar ishlab chiqarish natijasi

Hisoblanmaydi va ular moddiy hamda nomoddiy guruhlarga bo’linadi.

Ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar er, er osti boyliklari, biologik va suv

Resurslaridir. Tabiiy boyliklarni baholashda ulardan foydalanish uchun va holatini

Yaxshilash uchun ketgan harajatlar ham ularning qiymatiga qo’shilishi kerak. Erning

Tuproq tarkibi holatini yaxshilash uchun yo’naltirilgan xarajatlar ham erning bahosiga

Kiritiladi.

Iqtisodiy samara beruvchi va ishlatish uchun yaroqli bo’lgan qazilma

Boyliklarining aniqlangan zaxiralari, shuningdek, ishlab chiqarilmagan moddiy

Aktivlar toifasiga kiradi.

O’stirilmaydigan biologik resurslar tarkibiga hosildor o’simliklar, chorva kabi

Xo’jalik sub’ektlari tomonidan hisobga olinmaydigan, biroq iqtisodiy faoliyat uchun

Foydalanadigan (o’rmonlar, baliq kabi maxsus etishtirilmagan) boyliklar kiritiladi.

O’stirilmaydigan biologik resurslar milliy boylikning foydalanish huquqi berilgan

Sub’ekt qismida aks etadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika komissiyasining tavsiyasiga binoan er

Usti suvlari er boyligi tarkibiga kiradi, suv resurslariga esa faqat er osti suvlari

Kiritilishi mumkin.

Ishlab chiqarilmagan nomoddiy aktivlar ishlab chiqarishdan tashqari

Jarayonda vujudga keladi va ulardan foydalanish huquqi mos ravishda yuridik yoki

Hisob harakatlari orqali amalga oshiriladi. Ular jumlasiga foydalanuvchiga

Faoliyatning ma’lum turi bo’yicha shug’ullanishga ruxsat beruvchi va boshqa

Sub’ektlar uchun mazkur faoliyatni ta’qiqlovchi hujjatlar kiradi. Aktivlarning

Yuqorida ko’rsatilgan guruhi patentlar, mualliflik huquqi, ijara shartnomlari va

Boshqa shartnomalarni o’z ichiga oladi.

Moliyaviy aktivlarning xarakterli tomoni shunda namoyon bo’ladi-ki, ularning

Ko’p qismi moliyaviy majburiyatlarga teskari ta’sir etadi. Moliyaviy majburiyat bir

Tashkilot ikkinchi tashkilotga moliyaviy resurslarini taqdim etganda sodir bo’ladi. Bu

Holatda kreditor mablag’lari uning moliyaviy aktivi hisoblanadi, chunki qarzdor

Tashkilot uning mablag’laridan foydalanganligi uchun to’lov to’laydi. Qarzdor

Tashkilot uchun olingan moliyaviy mablag’lar majburiyatdir.

Monetar oltin – bu mamlakatning pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi

Boshqaruv tashkilotlarida moliyaviy aktiv sifatida saqlanadigan oltin hisoblanadi.

Qolgan barcha korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar qo’llaridagi oltin va oltin

Buyumlari milliy hisoblar tizimida tovar yoki aylanma mablag’lar zaxirasi sifatida

Aks etadi.

Naqd pullar moliyaviy aktiv sifatida o’zining tarkibiga muomalada mavjud

Bo’lgan shu mamlakatning yoki boshqa mamlakatning barcha pul birliklarini oladi.

Shu bilan birga mamlakatdagi muomalada bo’lmagan yubiley va kollektsiya

Tariqasida saqlanayotgan tangalar moliyaviy aktivning naqd pullar tarkibiga kirmaydi.

Depozitlar ham naqd pul singari to’lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Shu

Bois ular M2-pul agregati orqali keng ma’nodagi pul massasi tarkibiga kiradi.

Depozitlarni hisob raqamlaridan jamg’armada mavjud mablag’ doirasida naqd pul

Shaklida olib, ishlab chiqarishda ishlatish ham mumkin yoki hisob cheklari orqali

Foydalanish mumkin.

Qimmatli qog’ozlar (aktsiyalardan tashqari) qoidaga asosan moliya bozorlarida

Sotiladi va sotib olinadi hamda egalik qiluvchiga ma’lum pul daromadlari olish

Huquqini beradi. Bunday aktivlar guruhiga zayomlar, veksellar va qarz majburiyatlari

(dolgovie ob’ezatelstva) kabilar kiradi.

Aktsiyalar va ishtirok etuvchi boshqa ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar egalik

Qiluvchining devidend olish huquqini tasdiqlovchi hujjat va yozuvlar sifatida

Kapitalda aksini topadi. Shuningdek korporativ korxonaning tugatilishi munosabati

Bilan barcha qarzlarini uzgandan keyingi qoladigan ma’lum qism mablag’lari ham

Shu jumladandir.

Texnik sug’urtalar rezervlari ham sug’urta polislari egalarining aktivlari va

Sug’urta kompaniyalari hamda pensiya fondlarining majburiyatlari hisoblanadi.

(hayotni sug’urtalash yoki boshqa turdagi sug’urtalar bo’yicha)

Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari savdo kreditlari, avanslar va zarur

Moliyaviy resurslar olish manbalari sifatidagi moliyaviy aktivlar hisoblanadi.

To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari iqtisodiyotning har bir tarmog’i

Bo’yicha spravka tariqasida ajratib ko’rsatiladi, chunki bu investitsiyalarga tegishli

Moliyaviy aktivlar yoki majburiyatlar yuqorida ko’rsatilgan guruhlar tarkibida

Hisobga olinadi. (aktsiyalar, zayomlar va boshqalar). Biroq chet el investitsiyalari

Jami summasining alohida aniqlanishi aktiv va passiv balansining milliy hisoblar

Tizimidagi boshqa hisob raqamlari bilan bog’lanishi uchun, shuningdek, to’lov

Balansinini tuzish uchun kerak bo’ladi.

BMT ning MHT-93 bo’yicha iqtisodiy aktivlar va passivlar to’g’risidagi

Ko’rsatmalari ingliz, frantsuz, ispan va rus tillarida nashr etilgan. Unda iqtisodiy

Aktivlar va passivlarning standart tarkibi va hisoblash uslubiyati bayon qilingan. Shu

Nashr asosida MDH bo’yicha yagona informatsiya maydoni doirasida MDH Statistika

Komiteti 1994 yilda Milliy hisoblar tizimida milliy boylikni hisoblashga doir

Tavsiyanomalar ishlab chiqdi va MDH ga kiruvchi mamlakatlar statistika xizmatlariga

Foydalanish uchun yubordi. Bu tavsiyanomalarda MHT-93 da, milliy boylikning

O’rni, kontseptsiyalari, tushunchalari, ta’riflari va klassifikatsiyalari bayon qilinadi.

Shu nashrda MDHga kiruvchi mamlakatlar statistikasi faoliyatida milliy boylik

Statistikasi bo’yicha xalqaro standartlarni joriy etish masalasida takliflar bayon

qilingan.





Download 43.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling