Angina. Tanglay-tomoq sohasida joylashgan bodomsimon limfa bezlarining yallig‘lanish kasalligi.
Sababi: sovuq ichimlik va taomlar iste’mol qilish, gripp, qizamiq, qizilcha, bog`ma kasalliklarining belgisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Belgilari: Angina 4 turda uchrashi mumkin: kataral, follikulyar, lakunar, flegmonoz.
- kataral anginada tanglay-tomoqning shilliq pardasi va bodomsimon bezlar qizaradi, yutinganda og‘riydi;
- follikular anginada bodomsimon bezlar qizaradi, kattalashadi, ularning ustida moshdek, no‘xatdek yiring pufakchalari paydo bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi;
- lakunar anginada tomoq bezlari kattalashadi, qizaradi, ularning oralig‘ida yiring paydo bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi;
- flegmanoz anginada bodomsimon bezlarning ustki qismida yaralar paydo bo‘ladi, ularning atrofidagi to‘qima yiringlaydi, kasallik og‘ir kechadi, jag‘ osti limfa bezlari kattalashadi, og‘riydi, tana harorati ko‘tariladi.
Tibbiy yordam: 1.Bemor ko‘rpa-to‘shakka yotqizilishi kerak;
2.Bemorga suyuq, yumshoq taomlar beriladi;
3.Furatsillin 1 tabletka yoki 1 choy qoshiq osh soda 200 ml qaynagan iliq suvga eritilib, tomoq chayqaladi.Yosh bolada temir qoshiq dastasiga o‘ralgan bintni namlab tomoq artiladi.
4.Bo‘yin sohasiga (jag‘ ostiga) isituvchi kompress qo‘yiladi;
5.Antibiotiklardan ampitsillin, ampioks, gangrenoz stomatitda sefazolin, karbenitsillin, gentamitsin, klaforan kabilardan bittasi muskul orasiga in`yeksiya qilinadi.
6.Tana harorati ko‘tarilganda:
- badanga spirt yoki aroq surtiladi;
-panadol, paratsetamol, analgin, baralgin tabletkalaridan birontasi ichishga beriladi;
- tana harorati juda yuqori bo‘lganda analgin-1-2 ml, dimedrol-1ml, novokain- 0,5 % -1-2 ml qo‘shilgan holda muskul orasiga yuboriladi.
O’tkir gastrit – me`da shilliq qavatining o‘tkir yallig‘lanishi.
Sababi: eskirgan yoki aynigan, buzilgan taomlarni iste’mol qilish, zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |