Reja: Stomatit. Angina. Gastrit. Me`da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi. Me`da-ichakdan qon ketishi. Enterit. Kolit. Xoletsistit, o`t tosh, xolangit, xolangogepatit, jigar sanchig‘i. Pankreatit. Stomatit


Download 56.5 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1531497
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ovqatlanish bilan bogʻliq fiziologik sistemalar111

Pankreatit – me`da osti bezining yallig‘lanish kasalligi.
Sababi: o‘t yo‘li va xaltasi, o‘t tosh kasalligi, jigar, me`da-ichak kasalliklarining asorati, ovqatlanish rejimining buzilishi, yog‘li, achchiq, sho‘r ovqatlarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish, spirtli ichimliklar.
Belgilari: pankreatit-o‘tkir va surunkali kechishi mumkin.
O`tkir pankreatit to‘satdan qorinning yuqori sohasida, ko‘proq o‘ng va chap qovurg‘a yoyi ostida, kindik atrofida kuchli og‘riq, ko‘ngil aynish va qusish bilan boshlanadi. Bemorning ahvoli tez og‘irlashadi, terisi oqaradi, lablari ko‘karadi.
Bemorni orqasi bilan yotqizib, oyoqlarini tizza bo‘g‘imida bukib tekshiruvchi qo‘lini ilitib kafti va barmoqlari bilan bemor qornini pastdan yuqori tomon asta-sekin paypaslaganda kindik atrofida og‘riq sezilib yuqori tomon paypaslagan sari og‘riq zo‘rayib boradi.Qorinning yuqori o‘rta sohasi, o‘ng va chap qovurg‘a yoyi ostida og‘riq kuchayadi.
Surunkali pankreatit to‘liq davolanmagan o‘tkir pankreatitning asorati sifatida vaqti-vaqti bilan xuruj qilib turadi.Xuruj paytida qorinning yuqori sohasida og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish kuzatiladi.Ayrim bemorlarda o‘tkir pankreatit yuzaga kelmasdan surunkali pankreatit birlamchi kasallik sifatida asta-sekin boshlanib, vaqti-vaqti bilan xuruj qilib oylar, yillar davom etadi.
Tibbiy yordam: 1.O`tkir pankreatit va surunkali pankreatit xuruj qilganida tez yordam chaqirib bemor shifoxonaning jarrohlik yoki gastroenterologiya bo‘limiga yotqiziladi.
2.Tez yordam kelgunicha bemorga quyidagi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:
- og‘riqni qoldirish uchun: atropin 0,1% 0,5-1 ml teri ostiga yoki platifillin 0,2% 1 ml teri ostiga;
- no-shpa 1-2 ml muskul orasiga yoki 1 tabletka ichishga;
- analgin 50% 2 ml, dimedrol 1%- 1ml, 0,5 % novokain 2 ml bitta shiprits bilan muskul orasiga.
3.Shifoxonada quyidagi davolash tadbirlari o‘tkazilishi mumkin.
- antiferment dorilar: Gordoks-50000-200000 yoki kontrikal 10000-20000 TB, natriy xlor 0,9 % -200 ml birgalikda vena tomiriga tomchi usulida;
- dezintoksikatsion dori suyuqliklari: glukoza-5%-200 ml, reopoliglyukin, natriy xlor-0,9 % -100-200ml vena tomiriga tomchi usulida;
- qon zardobi 50-70ml vena tomiriga tomchi usulida har 2-3 kunda, jami 3-5 marta;
4.Vitaminlar B1, B2, B6, B12, nikotin kislota, askorbin kislota 1-2 ml muskul orasiga har biri 10 tadan.
5.Bemorga parhez taomlar buyuriladi.
- stol № 5. Bemor konservalangan, achchiq, sho‘r, yog‘li taomlarni, spirtli ichimliklar iste`mol qilmasligi kerak.
Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling