Reja: Stomatit. Angina. Gastrit. Me`da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi. Me`da-ichakdan qon ketishi. Enterit. Kolit. Xoletsistit, o`t tosh, xolangit, xolangogepatit, jigar sanchig‘i. Pankreatit. Stomatit


O`t tosh, xolangit, xolangogepatit, jigar sanchig‘i


Download 56.5 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1531497
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ovqatlanish bilan bogʻliq fiziologik sistemalar111

O`t tosh, xolangit, xolangogepatit, jigar sanchig‘i. Xoletsistit surunkali shaklda uzoq davom etganida o‘t pufagida o‘t suyuqligi to‘planib qolishi tufayli pufakda mayda toshchalar hosil bo‘lishi mumkin. Bunda o‘t tosh kasalligi yuzaga keladi. Bundan tashqari jigar to‘qimasi ichidagi mayda o‘t yo‘llarida o‘t suyuqligi to‘planib qolishi natijasida xolangit kasalligi yuzaga keladi (mayda o‘t yo‘llarini yallig‘lanishi). Bu esa jigar to‘qimasini yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin ya’ni xolongogepatit kasalligi vujudga keladi.
O’t-tosh va xolangogepatit kasalliklarida ham xoletsistitga o‘xshash belgilar kuzatiladi.
O’t-tosh kasalligida va xolangogepatitda o‘qtin-o‘qtin o‘ng qovurg‘a osti sohasida kuchli sanchuvchi og‘riq bo‘lib, bemorning ko‘ngli ayniydi, qusadi. Bu holat jigar sanchig‘i deb nomlanadi.
Jigar to‘qimasining yallig‘lanishi, jigar to‘qimasi orasidagi mayda o‘t yo‘llarining yallig‘lanishi va ularda to‘planib qolgan o‘t suyuqligi tarkibidagi bilirubin moddasini qonga so‘rilishi, qon orqali tanaga tarqalishi natijasida ko‘zning oq pardasi, tanglay, quloq orqasi terisi sarg‘ayishi mumkin.
Tibbiy yordam: 1.Xoletsistit, o‘t-tosh kasalligi, xolangogepatit (jigar sanchig`i) kasalliklari xuruj qilganda ya’ni jigar sohasida kuchli og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish yuzaga kelganida tez yordam chaqirilib, bemor shifoxonaning jarrohlik bo‘limiga yuborilishi kerak.
2. Tez yordam kelgunicha quyidagi davolash tadbirlari o‘tkaziladi:
- bemor to‘shakka yotqiziladi;
- og‘riqni qoldirish uchun no-shpa, papaverin tabletkalaridan birontasi ichiriladi:
- og`riq kuchli bo`lsa: baralgin-2ml, no-shpa-2ml, platifillin-1ml, analgin-2 ml (shulardan bittasi) muskul orasiga yuboriladi;
- o’t pufagida va o‘t yo‘llarida to‘plangan o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoq ichakka o‘tishini osonlashtirish uchun zondsiz tubaj qilinadi.Buning uchun:
a) Bemor ertalab nahorda o‘ng qovurg‘a osti sohasiga issiq grelka qo‘yib o‘ng tomoni bilan yotadi va shipovnik (namatak mevasi) yoki makkajo‘xori popugi damlamasidan 200-300 ml iliq holda yoki 25%-20-30 ml magneziy sulfat eritmasini 200-250 ml iliq suvga aralshtirib ichadi va 2 soat yotadi. Bu tadbir har 2-3 kunda takrorlanishi mumkin.
b) Tubaj o‘tkazish orasida o‘t haydovchi dorilardan xolasas 1 choy qoshiqdan kuniga 2 mahal, sikvalon (oksafenamid)-0,25 tabletkada kuniga 2 mahal, xolagon flakonda 10 ml 5 tomchidan yoki allahol 1 tab. kuniga 2 mahal (shularning birortasi) ichiriladi.
c) To‘planib qolgan o‘t suyuqligi hamda mayda toshchalar va tuzlarni haydash uchun quyidagi dorilar qo‘llanishi mumkin: ksilit yoki sorbit 1 choy qoshiqdan kuniga 2-3 mahal, olimetin-0,5 kapsula kuniga 1-2 mahal (poliklinikaning mahalliy shifokori nazoratida).

Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling