O’tkir enterit – ingichka ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Sababi: mikroblar bilan zararlangan, buzilgan, aynigan ovqatlarni iste’mol qilish.
Belgilari: qorinning kindik atrofi sohasida o‘qtin-o‘qtin g‘ijimlovchi og‘riq, g`uldurash, tez-tez ich ketishi - najas suyuq, ozroq shilimshiq aralash, badbo‘y hidli, ko‘pikli.
Tibbiy yordam: 1. Bemor to‘shakka yotqiziladi.
2. Suyuq, yumshoq oson hazm bo‘ladigan taomlar, 2 kunlik suyuq qatiq yoki kefir.
3. Mikroblarga qarshi:
- levomitsetin 0,5 kuniga 4 mahal, bolalarga 0,1-0,25, furazolidon 0,1 kuniga 4 mahal, bolalarga 0,05 gr.
- kasallik og‘ir kechganda levomitsetin suksinat muskul orasiga yuboriladi;
- glyukoza 5% 100-150 ml, natriy xlorid 0,9 %-100 ml, reopoliglyukin 100-150 ml tomchi usulida vena tomiriga. Shuningdek, disol, trisol eritmalari 100 ml tomchi usulida vena tomiriga;
- ovqat yaxshi hazm bo‘lishi uchun digestal, mezim, omez, panzinorm dorilari (bittasi) ovqatdan keyin qabul qilinadi
- qorinda og‘riq bo‘lsa: no-shpa, platifillin tabletkalari (bittasi).
O’tkir kolit – yo‘g‘on ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Sababi: mikroblar bilan zararlangan, buzilgan taomlarni iste’mol qilish.
Belgilari: qorinning yo‘g‘on ichak yo‘nalishi bo‘ylab ya’ni, kindikdan o‘ng, yuqori va chap sohalarida g‘ijimlovchi va sanchuvchi kuchsiz og‘riq, tez-tez hojatga borish, najasning shilimshiq aralash bo‘lishi.
Tibbiy yordam – enterit kasallagini davolashga o‘xshash.
Xoletsistit – o‘t pufagining yallig‘lanishi.
Sababi: angina, surunkali tonzillit, ich terlama, gepatit va boshqa kasalliklarning asorati sifatida hamda lyamblyalarni yuqishi tufayli yuzaga keladi.
Belgilari: o‘ng qovurg‘a osti sohasida og‘riq bo‘lib, u o‘ng yelka va o‘ng kurak sohasiga tarqalishi mumkin, ko‘ngil aynishi, ba‘zida qusish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |