Reja: Stomatit. Angina. Gastrit. Me`da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi. Me`da-ichakdan qon ketishi. Enterit. Kolit. Xoletsistit, o`t tosh, xolangit, xolangogepatit, jigar sanchig‘i. Pankreatit. Stomatit


Download 56.5 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1531497
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ovqatlanish bilan bogʻliq fiziologik sistemalar111

Belgilari: Buzilgan taom iste’mol qilganda, yoki zaharli kimyoviy moddani bilib-bilmay qabul qilingandan so‘ng 1-2 soat o‘tgach ko‘ngil ayniydi, qayt qiladi, qorinning yuqori sohasida og‘riq paydo bo‘ladi.
Tibbiy yordam: 1.Zudlik bilan me`dani yuvish kerak. Buning uchun uy sharoitida bemorga 1 % soda eritmasi ichiriladi, so‘ngra bemorning o`zi til ildizini barmoq yoki temir qoshiq dastasi bilan bosib qayt qiladi.Yuvish 2-3 marta takrorlanadi. Bu suyuqlikni og‘iz yoki burundan zond orqali yuborilib me`dani yuvish ham mumkin.
2. Me`da yuvilgach bemor to‘shakka yotqiziladi, qorin sohasiga issiq grelka yoki isituvchi kompress qo‘yiladi.
3. Qorinda og‘riq bo‘lsa no-shpa, platifillin tabletkalaridan birontasi beriladi, qorinda og‘riq va ko‘ngil aynish davom etganda serukal (reglan) 1 tabletka ichiriladi.
Me`da va o`n ikki barmoq ichakning yara kasalligi. Me`da va o`n ikki barmoq ichakning shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi bilan kechadigan kasallikdir.
Sababi: keyingi yillarda bu kasallikni yuzaga keltiradigan maxsus mikrob Helekobakter pilori (“HP”) ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari ovqatlanish tartibini uzoq muddat davomida buzish, spirtli ichimliklar, chekish kabilar ham kasallikni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Belgilari: kasallik surunkali ya’ni oylar-yillar davom etadi. Vaqti-vaqti bilan ya’ni ovqatlanish tartibi buzilgan paytlarda xuruj qiladi.
Kasallik xuruj qilmagan paytda bemorning ishtahasi yaxshi bo‘ladi, lekin zarda qiladi, chunki me`da bezlarida xlorid kislotasi ishlab chiqarish ko‘payadi. Shuningdek, hazm bo‘lishi qiyin (qovurilgan go‘sht, baliq, tuxum, tandir go‘shti, palov kabi) taomlar iste’mol qilganda kechasi qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, zarda qilish, ba‘zida qusush kuzatiladi.
Kasallik xuruj qilganida qorinning yuqori sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, zarda qilish kuchayadi. Me`da yarasida taom iste’mol qilgandan keyin 2-3 soat o‘tgach, o`n ikki barmoq ichak yarasida 4-6 soat o`tgach og‘riq kuchayadi. Ba`zida yaradan qon ketishi mumkin. Bunda bemor qon aralash qusadi, axlati qoramtir tusda bo‘ladi.

Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling