Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Download 0.59 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jonli tabiat burchagi uchun xona.
- Jonli tabiat burchagini jihozlash.
- 0‘simlik va hayvonlar namunalarini yig‘ish, kuzatishlar tashkil qilish.
Jonli tabiat burchagi. Tabiatda davomli (uzoq vaqt davom etadigan) kuzatish va tajribalar o'tkazish uchun jonli tabiat burchagi tashkil qilinishi kerak, u yerda hayvon va o'simliklarni saqlash va zaruratga qarab ulardan tabiatshunoslikni o'rganishda foydalanish mumkin. Burchak bolalarning mashg’ulot ishlari uchun baza hisoblanadi. Bu yerda ular yilning istagan vaqtida ish olib borishlari mumkin. Kichik guruhlarda tabiatni o'rganishni hamisha bolalami doimo o‘rab turgan va ularga tanish bo‘lgan o'simlik hamda hayvonlardan boshlash lozim. Bu tamoyilga mashg’ulotlarda ham, ham amal qilish kerak. Bu tamoyilni amalga oshirishga jonli tabiat burchagidagi ishlar imkon beradi. Shu vaqtning o‘zida u o'quvchilarda jonajon vatanga muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytiradi.
Ekskursiyalar jonli tabiat burchagini tashkil qilishning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Suv havzasidagi hayot bilan tanisha turib, bolalar molluska, ninachi qurtlari, har xil qo‘ng‘izlar, peskar (tanga baliq), shuningdek, suv o'simliklarining barchasi akvarium, shisha bonkalar yoki boshqa yaroqli idishlarga joylashtiriladi. Bog‘ va polizlarda ko‘pincha meva, rezavor meva hamda sabzavot o'simliklari zararkunandalarining g'umbak va qurtlari uchraydi. Ekskursiya vaqtida ularni yig‘ib, jonli tabiat burchagida ular ustida hasharotlar taraqqiyotining butun siklini tekshirib borish va qurtning harakatsiz g‘umbakka aylanishini, g'umbakdan kapalak chiqishini kuzatishni tashkil qilish mumkin. Jonli tabiat burchagiga keltiriladigan tirik obyektlar alohida daftarda hayvon yoki o'simlikning keltirish vaqti (kuni), kimdan qabul qilinganligi, hayvonning nomi va holati ko'rsatilib qayd etib borilishi kerak. Jonli tabiat burchagi uchun xona. Jonli tabiat burchagi uchun xona ajratilgani ma’qul. Bunga imkoniyat bo'lmaganda burchak o‘simlik va hayvonlari tabiatshunoslik xonasi joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi uchun xona yorug‘ bo'lishi kerak, deraza ro’parasiga qo'yilgan har xil tagliklar ham suv hayvonlari hamda suv o'simliklari bo'lgan akvariumlarni qo‘yish uchun qulay bo'lishi lozim.Agar jonli burchak alohida xonada bo‘lsa, unda qushlami ham saqlash mumkin. Barcha qush qafaslariga tozalash oson bo‘lishi uchun harakatlanadigan taglik va oziq uchun harakatlanadigan yashik o‘rnatiladi. Maktab tabiat burchagida jo‘r, sa’va, to‘ti, chittak kabi qushlami saqlash ma’qul. Qafaslar devor yoki derazalarga ilib qo'yiladi, ulami shamol o‘tib turadigan joyga qo‘ymaslik kerak, bunday joy qushlar uchun halokatlidir. Terrariumlar xona o'rtasiga yoki devor bo'ylab qo'yilgan, stolchalarga o'rnatiladi. Sutemizuvchilarning (olmaxon, dengiz cho'chqasi) katakchalai xonaning qorong'iroq qismida polga qo'yiladi. Agar tabiatshunosli xonasi katta bo'lmasa, o'simlik va hayvonlarning bir qismi sinflargj joylashtiriladi, kerak bo‘lganda ulardan foydalaniladi.Jonli tabiat burchagini jihozlash. Burchakda hayvonlar uchun ajratilgan joy ulaming tabiatdagi hayot sharoitlariga mos bo‘lish kerak. Akvariumni zoodo‘kondan olgan ma’qul. Ammo akvariun sifatida xohlagan shisha idishdan foydalanish mumkin, lekin shun hisobga olish kerakki, baliqlar asosan to'rtburchak idishda yaxsh ko‘rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta-kichikligig; (o‘lchamiga) va undagi o'simliklarning soniga muvofiq bo‘lishi kerak, bunda yutiladigan va chiqariladigan kislorodning balans ta’minlansin. Akvarium baliqlari doimiy parvarishga muhtoj. Ularga oziqn zoodo'kondan sotib olish mumkin. Baliqlar shartli refleks hosi qilishlari uchun ulami muayyan vaqtda oziqlantirish kerak. Bolala suv haroratini termometr bilan o‘lchab tekshirib boradilar. Sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar uchui xilma-xil ko‘rinish va o'lchamdagi terrariumlar quriladi. Odatdag terrarium metalldan yoki yog'ochdan tayyorlangan yashik bo‘lib yon va tepa devorlari shisha va to‘rdan iborat. Shisha devor terrariumdi yashovchilarni kuzatish, yon devor hamda tepasining to‘rdan bo‘lishi toza havo bilan ta’minlash imkoniyatini beradi Terrariumning metall tagligiga tuproq sepiladi, unga o'simliklar o‘tqaziladi va suvli idish joylashtiriladi. Terrariumga yashovchilaming yashirinishlari uchun toshlar qo'yiladi. Suvga va quruqlikka ehtiyojmand suv baqalari va tritonlar uchun akva terrarium, ya’ni quruqlik oroli bo'lgan akvarium quriladi, unda akvarium tagiga tuproq solingan va suv sathidan bir oz ko'tarilit turadigan shisha bonka qo'yib tayyorlash qiyin emas. 0‘simlik va hayvonlar namunalarini yig‘ish, kuzatishlar tashkil qilish. Jonli tabiat burchagining aholisi (ya’ni o'simlik va hayvonlari) uning asosini tashkil qiladi, unga qarab jihozlar tanlanadi 0‘simlik va hayvonlar to'plami tabiatshunoslik dasturiga ko‘ra o'lkashunoslik xususiyatlari hisobga olinib belgilanadi. Barcha хоna o‘simliklari ularning nomlari, qachon va qayerdan olinganlig to‘g‘risida ma’lumotlar yozilgan yorliqlarga ega bo‘lishlari zarur. Avvalo, o‘simliklarning shundaylarini tanlash kerakki, bunda jumladan, quruq iqlimga (kaktus, aloe), nam iqlimga (asparagus, tradeskansiya) moslashgan o‘simlikIarni, tropik o'simliklarni (begoniya), mo‘tadil iqlim o‘smliklarini (navro'zgul), yorug‘likni sevuvchi (xina) va soyaga chidamli (plushch, aspidistra) o'simliklarni namoyish qilish mumkin bo‘lsin. Keyin shunday o‘simliklar tanlanadiki, ular bilan, masalan, yorongul, fuksiya, begoniya, kaktus, tradeskansiya, elodeya, binafsha kabilarning har xil turlari yordamida turlicha tajribalar o'tkaziladi. Tradeskansiyada qalamchalar bilan ko‘paytirishni namoyish qilish maqsadga muvofiq. Begoniya, fuksiya, yoron- guldan ham foydalanish mumkin. Barglardan ko‘paytirishni uzumbarg binafshasi va boshqa shu turdagi o‘simliklarda ko'rsatish mumkin. Jonli tabiat burchagida tajribalar o‘tkazishda har xil madaniy o‘simliklaming urug‘laridan: loviyaning quruq, ivitilgan urug'idan (kichik guruh), rediska, qizil lavlagi, sabzi urug'laridan (o`rta guruh), pomidor urug‘i va paxta chigitidan (katta) keng foydalaniladi. Tajribalar tabiatshunoslik va qishloq xo‘jaligi mehnati dasturiga muvofiq o'tkaziladi. Jonli tabiat burchagida hayvonlarning har xil turlari bo'lishi lozim. Barcha akvariumlarda chig‘anoqli molluskalar bo‘lishi kerak, chunki ular akvarium devorlarini suv o'tlaridan tozalaydi, atmosfera havosidan nafas olganliklari sababli akvariumdagi boshqa hayvonlar uchun zarur bo‘lgan suvdagi havoni yutmaydi. Baliqlardan yashash sharoitlariga uncha talabchan bo'lmaganlari, masalan, guppi, qilich baliq, tilla baliq, to‘rsimon dumli baliq, teleskop, kometa kabilarni saqlagan yaxshi. Aylanchiq baliq, suv qandalasi kabi suv havzalari vakillarini alohida shisha bonkalarda saqlash kerak, chunki ularni baliqlar yeb qo'yadilar. Shuningdek, yirtqich hisoblangan gambuziyani alohida saqlagan ma’qul. Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida akvarium katta rol o'ynaydi, o'quvchilar suv hayvonlarining harakatlanishini, qanday ov qilishlarini kuzatadilar, ularning tana qismlarini ko‘radilar. Baliqlami harakatda ko‘rib, bolalar ularning harakat a’zolariga e’tibor beradilar, baliqlar hayotida rang qanday rol o‘ynashligini aniqlaydilar. Gambuziya va tangabaliqlaming ko‘payishini kuzatishga alohida e’tibor beriladi. Tangabaliq lichinkalari va gambuziya chavoqlarining paydo bo‘lishi hamda rivojlanish muddatlari yozib boriladi. Akvariumda hayvonlardan tashqari o‘simliklar (shoxbarg, urut, vodokars, vallesneriya, elodeya, ryaska) ham saqlanadi, ular bilan o‘quvchilar dastumi o‘tish davomida tanishib boradilar. Dasturga muvofiq kichik yoshdagi maktab o'quvchilari baqa va qurbaqaning rivojlanishi (itbaliq, dumli baqacha va yetuk baqaning vujudga kelishi)ni ham kuzatadilar. Jonli tabiat burchagida bolalar ularni solishtirishlari, tana qismlarini ko'rib chiqishlari, ularning tuxumlari bir-biridan qanday farq qilishini, tuxumdan itbaliq rivojlanishini kuzatishlari mumkin. 0‘quvchilar, shuningdek, kaltakesak va toshbaqalarning xulq-atvori, harakatlanishi, tashqi xususiyatlarini ham kuzatishsa bo'ladi. tabiatshunoslik o'qituvchisi o'quvchilaming jonli tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni izchil ravishda parvarish qilib borishlariga, gullami muntazam sug'orishlari, barglami yuvishlari, hayvonlarni boqishlari hamda toza joyda saqlashlariga erishishi kerak. Buning uchun o‘quvchilaming navbatchiligi yo‘lga qo‘yiladi. Jonli tabiat burchagidagi tajriba, kuzatish va amaliy ishlar o‘qituvchining diqqat markazida bo'lishi va u tomonidan nazorat qilib borilishi kerak. Barcha ishlar reja bo‘yicha tuzilishi zarur, reja tuzishda mavsumiylik tamoyiliga amal qilish lozim. Burchakdagi ishlar yillik, yarim yillik va choraklik reja asosida tuziladi. Reja tuzishda o‘quvchilarning qiziqishlari, ishni ud- dalay olishlari hisobga olinadi. Rejada maqsad va mavzuni belgilash, ishning mazmuni va shakllari ochib berilishi, amalga oshirish metodlari ko‘rsatilishi, 0‘quvchilar egallashi mo‘ljallangan amaliy ko‘nikmalar belgilangan bo'lishikerak.Ayrim mavzularni ham rejalashtirish mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling