Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 297.29 Kb.
bet26/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

Bu muqaddas zaminni - bu diyorni obod etish, uning atrof-muhitini toza saqlash
Shu mamlakat har bir fuqarosining insoniy burchidir. Obodonchilik va
orastalik, pokizalik va tejamkorlik, xushxulqlik va xushmuomalalik har bir
inson uchun, xususan, pedagoglar va o'qituvchilar uchun ham ekologik ma'naviy
mezondir, o'quvchilar ekologik tarbiya ishlari jarayonida quyidagilarni bilishlari
zarur:
-Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi
bog'lanish;
-Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
-Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash;
-Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish. Yuqoridagi
omillar asosida ekologik tarbiyalash o'quvchilarda tabiatni muntazam kuzatib
borishga qiziqishni uyg'otadi, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning
go'zalligini asrab-avaylashga olib keladi. Tabiatga muhabbatni va unga ehtiyotkorlik
hissini tarbiyalash shaxsda axloqiy belgilarni rivojlantirishga yordam beradi.
3. Mehnat tarbiyasining mohiyati. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni voyaga
yetkazishda mehnat tarbiyasining o‘rni beqiyosdir. Insonning kundalik turmush tarzi
mehnat va faoliyat bilan bog‘liqdir. Shu sababli mehnat butun moddiy va ma‘naviy
boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti negizidir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama
rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish
vositasi, uning shaxs sifatida ulg‘ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat
74
jarayonida bola o‘z aqlini, irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin.
Bolalarni mehnatni sevish ruhida tarbiyalash- butun insoniyatni tarbiyalash demakdir.
Shu boisdan yosh avlodni mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash
barcha ta‘lim-tarbiya muassasalari faoliyatining asosiy negizi bo‘lib qolmoqda.
Pedagogika fanida yosh avlodni yosh avlodni shakllantirishda mehnat tarbiyasi juda
katta rol o‘ynashini rus pedagogi K.D.Ushinskiy bunday deb yozgan edi: ―Tarbiyaning
o‘zi, agar u kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalashi kerak
emas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim‖.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab olishning
mustahkam vositasi bo‘lib, unga nazariy bilimlarni qo‘llash imkonini yaratib beradi,
uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitib boradi.
Jumladan, mehnatning ijtimoiy-axloqiy ahamiyatiga e‘tibor berish, mehnat
o‘quvchining yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi , o‘z vaqtida turli
kasblar haqida ma‘lumotlar berib borilishi, mehnat ahli bilan doimo suhbat va
uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Umuman olganda, mehnat tarbiyasi ijtimoiy
tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat tarbiyasining bosh g‘oyasi shaxsda mehnat
faoliyatini tashkil etish, ko‘nikmas va malakalarni hosil qilish, ijtimoiy mehnatni
qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi.
Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklar, ijtimoiy
taraqqiyot asosida, mehnat faoliyati natijasidir. Jamiyatda tashkil etiladigan mehnat
tarbiyasi yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ularning vatan ravnaqi, elyurt farovonligi yo‘lida mehnat qilishi jarayonini o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy jamiyatning umumiy va iqtisodiy rivojlanishi zamonaviy bosqichda bunyod
etuvchi, yaratuvchi hamda ishlab chiqaruvchi shaxsga nisbatan eng muhim ijtimoiy
burch sifatida yondashish; har qanday mehnat faoliyatiga nisbatan vijdonan
munosabatda bo‘lish; mehnat va uning mahsulini qadrlash; mehnatni tashkil etishga
jamoa usulida yondashish; doimiy ravishda tashabbuslar bilan chiqish; mehnatni faol,
ijtimoiy tashkil etish; aqliy va jismoniy quvvatga tayangan holda mehnat qilish
ishtiyoqining ichki ehtiyojiga aylanishi; mehnatni ilmiy tashkil etish; mehnatga
nisbatan asosiy hayotiy zarurat sifatida munosabatda bo‘lish.
Mehnatga, mehnat qilishga ruhiy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal etadi:
Mehnatning inson faoliyatidagi ahamiyatini anglash;
Mehnatning maqsad va vazifalarini anglash;
Mehnat faoliyatini tashkil etish rag‘batini qaror toptirish;
Mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlikni qaror toptirish;
Mehnatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
Mehnatning kishilik taraqqiyoti bosqichlaridagi roli va o‘rnini anglash;
O‘tmish ajdodlarimizning mehnatini ulug‘lovchi qadriyatlarini anglash va shu
kabilar.
Ta‘lim muassasalarida mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur asosida
tashkil etiladi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur asosida
amalgam oshiriladi. Mehnat ta‘limi dasturi na‘munaviy xususiyatga ega. Unda maktab,
o‘qituvchi va o‘quvchilari mehnat faoliyatini baholash bo‘yicha ta‘lim va tarbiya
natijasiga nisbatan davlatning minimum talablari aks etadi.
Mehnat tarbiyasi jarayonida bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish
maqsadning o‘zi va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli emas, balki eng muhim
75
insoniy layoqat- mehnat qilish layoqatini rivojlantirish uchun vosita hisoblanadi. Shu
bois bugungi kunning talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda reproduktiv metodlar
rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash yaratuvchanlik asosini hosil
qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning
talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda reproduktiv metodlar rolini kamaytirib, yuksak
darajadagi mantiqiy fikrlash hamda yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot
metodlaridan foydalanish hisoblanadi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tshkiliy shakllarini
o‘qituvchilar o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari hamda, mahalliy shartsharoitlardan kelib chiqqan holda tanlaydilar. Mehnat tarbiyasini yo‘lga qo‘yishda
shunday shakl va metodlardan foydalanish lozimki, natijada mehnat insonning eng
sevimli mashg‘ulotiga aylansin, shaxs mehnat ta‘limi va tarbiyasini yuqori o‘ringa
qo‘yishi lozim. Oqibatda shaxs qo‘lga kiritgan mehnat muvaffaqiyatidan quvonish, o‘z
qadr-qimmatini anglash hamda o‘z mehnatidan g‘ururlanish tuyg‘usi qaror topsin.
Mehnat tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashish o‘quvchilar tomonidan egallangan
bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlarini ta‘minlashga olib keladi. Bugungi kunda
mehnat tarbiyasining tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarmoqda, u o‘zida texnika va
texnologiyalarni tushunish (tasavvur qilish), amaliy vazifalarni hal etish ko‘nikmasi
hamda holatlarini ifoda etadi.
Mehnat tarbiyasini samarali tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadbirlar shaxs uchun ham, jamiyat uchun ham
foydali bo‘lib, shaxsni yo‘naltiruvchi xususiyatga egadir.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling