Reja: Temperatura haqida tushuncha. Bosim o’lchash asboblari konstruksiyasi va ishlash pirinsipi. Suyuqlik va gazlarni modda miqdori va sarfini o’lchovchi asboblar haqida tushuncha. Suyuqlik sathini o’lchovchi asboblar kostruktiv tuzilishi va ishlash
Download 1.65 Mb.
|
xisob
15-rasm
SOCHILUVCHAN MATERIALLAR VA DONALI BUYUMLARNING MIQDORINI O‘LCHASH Turli xil sochiluvchan materiallarni o‘lchash va me’yorlash, sochiluvchan buyumlarni hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-tushirish ishlarini va savdo-hisob operasiyalarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday o‘lchash vositalariga dozatorlar, tarozilar, va turli xil tenzorezistorli o‘zgartkichlar kiradi. Tarozi — qattiq, sochiluvchan yoki suyuq moddalarning massasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. Tarozilar, odatda, tortish prinsipiga, muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubi, qo‘llanish sohasi, avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va xokazoga ko‘ra tasniflanadi. Tortish prinsipiga ko‘ra tarozilar diskret (davriy) va uzluksiz ishlaydigan tarozilarga ajraladi. Muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubiga ko‘ra tarozilar ikki guruhga bulinadi: mexanik (shayinli va prujinali) va elektromexanik tarozilar. Qo‘llanish sohasi va tortish chegararariga ko‘ra tarozilar umumiy vazifani bajaruvchi laboratoriya tarozilariga, texnologik tarozilarga; avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra noavtomatik va avtomatik tarozilarga bo‘linadi. Dozatorlar — sochiluvchan (va suyuq) materiallarning massalari yoki hajmlarini avtomatik o‘lchab beruvchi (dozalovchi) qurilmadir. Dozatorlar diskret va uzluksiz ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Diskret ishlaydigan (porsion) dozatorlar asosan qurilmalarni balandligi bo‘yicha joylashtiriladigan texnologik jarayonlarda qo‘llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan dozatorlar qurilmalarni gorizontal joylashtirish va materiallarni konveyer usulida tashish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarda foydalaniladi. Tarozi—o‘lchov texnikasining zamonaviy holati mexanik tizimlardan elektron qurilmalarga kuchning elektromexanik (tenzorezistorli, vibrosterjenli) uzgartkichlaridan va zamonaviy mikroelektronik vositalardan foydalangan holda, shu jumladan mikroprosessorlardan va maxsus qo‘llaniladigan mikrosxemalardan foydalangan holda o‘lchash bilan ifodalanadi. Bu tarozilarning aniqlik, unumdorlik, avtomatlashtirilganlik darajasi, ishonchlilik va boshqa shu kabi muhim ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi. Tarozi va dozatorlar texnologik qurilmalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, shuning uchun, ham ularning konstruksiyasi va qurilmalari mazkur darslikda qarab chiqilmaydi. Mazkur bobda texnologik qurilmalarga kiritiladigan avtomatik torozi o‘lchov qurilmalari (torozilar va dozatorlar) ning ba’zi o‘lchov o‘zgartkichlari qarab chiqiladi. Elektromexanik shayinsiz tarozilarning konstruksiyasi eng istiqbollidir, bunda yuk ko‘taruvchi qurilma bevosita kuch o‘zgartkichiga ta’sir qiladi. Signalni o‘zgartirish va qayta ishlash, tortish natijalarini indikasiyalash, shuningdek, tortish jarayonini boshqarish va ma’lumotlarni chiqarish (olish) datchik bilan kabel orqali bog‘langan ajratuvchi blok (asbob) vositasida amalga oshiriladi. DEDVU turidagi kuch o‘lchovchi tenzorezistorli o‘zgartkichlar (datchiklar) tortuvchi elektrotenzorezistorli qurilmalarda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan. O‘lchanayotgan kuchning ta’sir ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra o‘zgartkichlar — davriy bo‘shatiladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling