Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi


Mijoz xususiyati va kredit olishdan maqsadi


Download 404.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana08.04.2023
Hajmi404.99 Kb.
#1341232
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
1. Mijoz xususiyati va kredit olishdan maqsadi. Bunda mijoz 
kreditni vaqtida va to‘liq hajmda qaytarib berish uchun majburiyat va 
mas’uliyatni to‘la his qilayotganiga ishonch hosil qilishi lozim. Mijozning 
kredit olishdan maqsadi aniq bo‘lishi va dalillar asosida isbotlab berilishi 
hamda kredit mutaxassisi bu isbotlarning haqqoniyligi, bankning kredit 
siyosatiga mos kelishi va mijozning kreditni qaytarib berish niyati qat’iy 
ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu maqsadda tajribali kredit 
mutaxassislari talabnomani o‘zlari to‘ldirishga harakat qiladilar va bu 
orqali mijoz og‘zaki muloqotda bo‘lib, savollar orqali uning xususiyati 
haqiqiy niyati va samimiyligini aniqlab oladilar. Agar mijoz avval iste’mol 
kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi bir shaxs kafil sifatida jalb 
qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning qaytarilishi kafolatlanadi. 
CHunki mijoz avval iste’mol kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi 
bir shaxs kafil sifatida jalb qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning 
qaytarilishi kafolatlandi. CHunki mijoz o‘zi uchun kafillik bergan shaxsni 
noqulay ahvolga qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan hamma 
imkoniyatlardan foydalanib kreditni to‘liq va o‘z vaqtida qaytarishga 
harakat qiladi. 
2. Mijozning daromadi darajasi va barqarorligini aniqlash 
kredit mutaxassisi uchun muhimdir. Bunda u mijozdan barcha to‘lovlardan 
keyin qoladigan sof oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot talab qiladi, 
mijozni ish bilan ta’minlovchilarga murojaat qilib, firmaning ishlash 
muddati, manzilgohi va sug‘urta kafolati haqida so‘rab-surishtiradi.  
3. Mijozning depozit hisob varag‘idagi o‘rtacha kunlik qoldiq 
miqdori ham uning talabnomasini baholash uchun muhimdir. Ba’zi 
banklar kreditning qaytmaslik ehtimolini sezishlari bilan, mijozni o‘n kun 
oldin ogohlantirgan holda, uning depozit hisob varag‘i bo‘yicha xizmat 
ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilib, depozit hisob varag‘idagi mablag‘ni 
ssuda hisob varag‘iga o‘tkazish to‘g‘risida talab qiladilar. 

Download 404.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling