Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi


) Iqtisodiy tarkibiga ko‘ra


Download 404.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana08.04.2023
Hajmi404.99 Kb.
#1341232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
5) Iqtisodiy tarkibiga ko‘ra 
19. 
to‘lovga mablag‘ etishmasligi
20. 
tovar-moddiy boyliklarini shakllantirish; 
21. 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish; 
22. 
ishlab chiqarish xarajatlari; 
23. 
ko‘chmas mulk sotib olish va boshqalar uchun berilgan kreditlar. 
6) Ob’ekt umumlashuviga ko‘ra kredit
24. 
yiriklashgan; 


25. 
jamlangan (yig‘ma); 
26. 
alohida ehtiyojga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 
SHartnoma maqsadi bo‘limida kredit bitimi ob’ekti va shuningdek kredit 
summasi ko‘rsatiladi. U kreditlashning miqdoriy chegarasini xarakterlaydi. Kredit 
agarda kredit liniyasi ochish tartibida berilayotgan bo‘lsa, uning darajasi oylarga 
bo‘lingan holda ko‘rsatiladi. 
Ikkinchi bo‘lim ssudani berish va qaytarish tartibi va u bo‘yicha bank 
huquqlarini o‘z ichiga oladi. Yiriklashgan yoki jamlangan ob’ektni kreditlash 
sistematik tarzda amalga oshiriladi va shuning uchun kredit berish ayni to‘lovlar 
amalga oshirilayotgan paytda hisob-kitob varag‘idan o‘tmagan holda bajariladi. 
Kreditni qaytarish ham huddi shunday sistematik tarzda hisob-kitob varag‘idan 
tomonlar kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi. 
Kredit shartnomasida bankning quyidagi huquqlari belgilanadi:
27. 
qarz oluvchidan kreditni ishlatishini nazorat qilish uchun 
ahamiyatga ega bo‘lgan buxgalteriya va statistika hisobotlarini olish; 
28. 
berilgan kreditlar uchun foizlar olish; 
29. 
shartnoma shartlariga amal qilinmagan hollarda shartnomani 
bekor qilib, kredit berishni qisman yoki to‘liq to‘xtatish va berilgan 
kreditlarning muddatidan oldin foizlari bilan undirib olish; 
30. 
qayta moliyalash foizi o‘zgargan holda kredit uchun foizlarni 
o‘zgartirish; 
31. 
shartnoma muddatini uzaytirish sabablarini tasdiqlovchi 
hujjatlarni talab qilish; 
32. 
shartnomada ko‘rsatilgan boshqa huquqlar; 
33. 
kredit bo‘yicha qarzdorlik jadval bo‘yicha muddati o‘tgan 
qarzdorlikka o‘tkazilgandan so‘ng mijozning hisobraqamiga pul mablag‘i 
bo‘lganda va kelib tushgan holatda kreditning asosiy summasini qaytarish 
maqsadida mijozning roziligisiz uning hisob raqamidan chegirib olish. Bu 
holda bank qarz oluvchiga hisob raqamidagi mablag‘lar kredit bo‘yicha 
qarzni qondirishga qaratilishi to‘g‘risida yozma xabar beradi. Qarz 
oluvchining hisob raqamida mablag‘i bo‘lganda va mablag‘ kelib tushgan 
holda bank tomonidan kredit bo‘yicha qarzdorlik mijozning roziligisiz 
memorial order bilan chegirib olinishi amalga oshiriladi. 
34. 
qarzdorning pul mablag‘lari etishmagan taqdirda kredit bo‘yicha 
qarzlarni qarzdorning roziligiga ko‘ra uning likvidli mol-mulki hisobidan 
yoki xo‘jalik sudi orqali qarzdorning mol-mulkiga qaratish yo‘li bilan 
undirish; 
35. 
kredit qarz oluvchi tomonidan muddatida qaytarilmagan holda 
qaytarilmagan asosiy qarz summasi bo‘yicha foiz to‘lov darajasini quyidagi 
tartibda oshirish: 
a) kredit summasi muddati o‘tgan qarzdorlikka chiqarilgandan so‘ng 60 kun 
ichida kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foiz to‘lovi darajasining 1,5 baravar 
miqdorida; 


b) kredit summasi muddati o‘tgan qarzdorlikka chiqarilgandan so‘ng 1 oy 
ichida kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foiz to‘lovi darajasidan 1,3 baravar 
miqdorida; 
v) 60 kundan so‘ng Markaziy bankning qayta moliyalash darajasi miqdorida 
foiz to‘lovlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
425-sonli tartibi asosida tadbirlar amalga oshirilganda foiz hisoblash balansdan 
tashqari hisob raqamlar orqali amalga oshiriladi; 
Qarz oluvchi to‘lovga qobiliyatsiz deb belgilanganda, biznes rejada 
ko‘rsatilgan pul oqimlari tushumi muddatida ta’minlamay bank oldida 
qarzdorliklarni yuzaga keltirganda, u tomonidan kreditning ta’minlanishi bo‘yicha 
majburiyatlari bajarilmaganda, kreditning asosiy qarzi yoki unga tegishli foiz 
to‘lovlar ushbu shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmaganda, qarz oluvchi 
tomonidan kreditning ishlatilishi majburiyatlari buzilganda, qarz oluvchi tomonidan 
hisobotlar muntazam taqdim etilmaganda yoki ular aniq bo‘lmaganda, bank 
xodimlariga birlamchi hisobotlar va muhosiblik hujjatlarini o‘rganishga ruxsat 
berilmaganda, kafil tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda, tashkilotning 
tugatilishi yoki bankrot bo‘lishi holati kelib qolganda, garovga olingan mulk saqlash 
holati talabga javob bermagan hollarda bank quyidagi huquqlarga ega: 
36. 
ushbu kredit shartnomasida qayd etilgan kreditni qarz oluvchiga 
to‘liq yoki qisman berishni rad etishi; 
37. 
berilgan kredit va u bo‘yicha foiz to‘lovlarini muddatidan oldin 
undirish, shu jumladan, ushbu shartnomada belgilangan kredit ta’minoti 
hisobidan undirish; 
38. 
ta’minot turini boshqa likvid turiga almashtirilishini talab qilishi 
mumkin. 
Alohida ob’ektlarni kreditlash esa o‘zgacha mexanizmga ega bo‘lib, u kredit 
shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak. Masalan, kreditni berish va qaytarish 
to‘liq summada yoki qismlarga bo‘lib bajarilishi mumkin. Muvofiq tarzda kredit 
berish va qaytarishning summa va muddatlari ko‘rsatilishi kerak. Ssudani berish 
mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni bajarishga yo‘naltirish yo‘li bilan, 
shuningdek mablag‘larni hisob-kitob varag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga 
oshrilishi mumkin. Keyingi holatda ssudaning maqsadli yo‘naltirilganligini 
ta’minlovchi mexanizm bo‘lishi kerak. U o‘z ichiga: a) mijozning ssudaning 
maqsadli yo‘naltirilganliliga rioya etish majburiyati; b) berilgan mablag‘larning 
maqsadli ishlatilishi ustidan bank nazorati shaklini oladi. 
Kredit shartnomasining 3-bo‘limida qarz oluvchining huquqlari ko‘rsatiladi. 
Mijoz quyidagi huquqlarga ega: 
39. 
kredit shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va muddatda 
kreditni olish; 
40. 
shartnomaga asosan yoki kreditor qarshi bo‘lmasa, kreditni 
muddatidan oldin qaytarish; 
41. 
shartnomaga amal qilinmasa kredit shartnomasini bekor qilish; 
42. 
kredit shartnomasi muddatini uzaytirish va qayta moliyalash 
stavkasiga asosan kredit foizini o‘zgartirishni talab qilish; 
43. 
kredit shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa huquqlar. 


Kredit shartnomasining 4-bo‘limida bankning majburiyatlari aks etadi. Bank 
majburiyatlariga mijozga ssuda varag‘ini ochish, ssudalarni kerakli summa, 
ko‘rinish va aniq muddatlarda berishni kiritish mumkin. Bank majburiyatlariga 
quyidagilar kiradi: 
44. 
o‘z vaqtida kreditni berish va pul hisob hujjatlari bo‘yicha 
to‘lovlarni amalga oshirish; 
45. 
kredit shartnomasiga binoan kreditlarga foiz hisoblash; 
46. 
kreditni va unga foizlarni muddatidan oldin undirish hollarida 
qarzdorga ma’lumot berish;
47. 
normativ hujjatlarning o‘zgarishi to‘g‘risida mijozni xabardor 
qilib turish; 
48. 
shartnomada ko‘rsatilgan boshqa majburiyatlar. 
Bu majburiyatlarni bajarmaganda bank mijozga jarima to‘lashi ko‘zda 
tutilgan bo‘ladi (odatda har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida). 
SHuningdek bank kredit berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish huquqiga 
egadir. Agar qarz oluvchi uni qaytara olmasligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa, 
berilgan kredit bank tomonidan muddatidan ilgari undirilishining sabablari 
to‘g‘risida qarz oluvchiga yozma xabar berish;
49. 
qarz oluvchining hisobvarag‘iga mablag‘ kelib tushgan sana 
inobatga olingan holda berilgan kreditlar bo‘yicha kunlik foiz to‘lovlarini 
hisoblash; 
50. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarni kreditlash bo‘yicha kiritiladigan o‘zgarishlar bo‘yicha 
qarz oluvchiga xabar berish va boshqalar. 
5-bo‘lim mijozning majburiyatlariga bag‘ishlanib, bu bo‘limda qo‘yidagi 
mijozlar kredit va foizlarning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rsatgan, qaytarilishiga 
yo‘naltirilgan kreditlarning maqsadsiz ishlatilishi aniqlangan hollarda, maqsadsiz 
ishlatilgan summaning 25 foizi miqdorida jarima to‘lash va ushbu shartnomaning 1-
bandida ko‘rsatilgan kredit summasining to‘liq qaytarilishini; 
- qarz oluvchi korxona rahbari investitsiya loyihalarini (biznes reja) texnik-
iqtisodiy asoslanganligi, axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi, 
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslash parametrlarini va beznes rejalarni amalga 
oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi, biznes reja bo‘yicha 
ko‘zda tutilgan pul oqimlarini grafik bo‘yicha tushishini ta’minlashi; 
- bankka garovga berilayotgan ko‘chmas mulk va moddiy boyliklar sug‘urta 
idoralarida sug‘urtalangan va kredit shartnomasi yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun 
harakatdagi O‘zbeksiton Respublikasi qonunlariga asosan notarial idoralarda 
tasdiqlangan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi shart. 
Bankka garovga berilayotgan ko‘chmas mulk va moddiy boyliklarning 
yaxlitligini saqlash yuzasidan to‘liq moddiy javobgar bo‘lishi (kredit va unga 
hisoblangan foiz to‘lovlar to‘liq to‘langunga qadar) ularni sotib yubormasligi va 
boshqa uchinchi shaxsga bermasligi shart. Kafolatchi tashkilotning moliyaviy holati 
yomonlashganda, tugatilishi yoki bankrotlik holatiga kelib qolish holatlari ro‘y 
berganda, kredit ta’minotiga berilgan mulk holati yomonlashganda, bank talabiga 


binoan olingan kredit va foizlarni muddatidan oldin uzish yoki ta’minotini boshqa 
likvid ta’minotga almashtirish ko‘zda tutilish mumkin. 
Kredit uchun foiz to‘lovlar har oyning 20 sanasigacha to‘lanadi. 
Qarz oluvchi bankka quyidagilarni ta’minlaydi: 
51. 
Qarzlarning yuzaga kelish sanalari ko‘rsatilgan debitor va 
kreditor qarzdorligi bo‘yicha yoyilmasi ilova qilingan yillik va chorak 
balanslari; 
52. 
Muddati o‘tgan qarzlar bo‘yicha solishtirma dalolatnomalar va 
Bank nazorat funksiyasi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar; 
53. 
Birlamchi hisobotlar va muhosiblik hujjatlariga ruxsat berilishi 
va bank talabiga ko‘ra qarz oluvchi tegishli hujjatlardan zarurlari nusxasi 
taqdim etilishi
54. 
Kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan bank xodimlari 
tomonidan tekshiruv o‘tkazilishini ruxsat berilishi, shuningdek kreditning 
ishlatilishini joyiga chiqib tekshirish uchun ruxsat berilishi; 
55. 
Ushbu kredit shartnomasi bilan huquqiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan 
tovar-moddiy boyliklarini saqlanishi holati bo‘yicha bank xodimlari 
tomonidan tekshiruv o‘tkazishga ruxsat berilishi; 
56. 
Agar kredit sug‘urtalangan bo‘lsa, har yil uchun sug‘urta 
to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borilishi; 
57. 
Har yil uchun alohida kafil tashkilot moliyaviy holati to‘g‘risida 
yozma ma’lumot taqdim etish kabilar bo‘lishi lozim. 
SHuning uchun mijozning majburiyatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditning 
tamoyillari, qoidalari va shartlariga amal qilishga bog‘liqdir.
Mijoz majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 
58. 
kreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanishni ta’minlash; 
59. 
o‘z vaqtida foizlarni to‘lash va kreditni qaytarish; 
60. 
o‘z to‘lovga layoqatliligi to‘g‘risida bankka ma’lumot berib 
turish; 
61. 
kreditni ta’minlash; 
62. 
berilgan kredit bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni
echish uchun birlamchi buxgalteriya hisobotlari va hujjatlarini kerakli paytda 
kredit bo‘limiga taqdim etish
63. 
3-shaxsdan kredit olish to‘g‘risida bankni xabardor qilish; 
64. 
korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarishi hollarida bankni 
xabardor qilish; 
65. 
likvidatsiya paytida zudlik bilan kreditni (foizlari bilan) 
qaytarish; 
66. 
shartnomaga binoan boshqa majburiyatlar. 
Kredit shartnomasining 5-bo‘limida kredit qaytarilishini ta’minlovchi aniq 
usullari ko‘rsatiladi. Ular quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
A) garovga qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklar; 
B) bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati; 
V) uchinchi shaxsning kafilligi; 
G) Sug‘urta polisi. 


YUqorida keltirilgan kredit qaytarilishini kafolatini ta’minlovchi usullar 
kreditning barcha turlarida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini hisobga 
olgan holda ishlatiladi. Ular mijozga ishonch etarli bo‘lmaganda, ssudani pul 
tushumlari hisobiga qaytarishning yuqori riski mavjud bo‘lganida qo‘llaniladi. (14-
ilova) 
5-bo‘limda kreditdan foydalanganlik uchun bankka to‘lanadigan foizlar 
darajasini aks etadi. Bu bo‘limda quyidagi hollardagi foiz stavkasini belgilash qayta 
ko‘rib chiqish, maqsadga muvofiqdir: 
a) shartnomada ko‘rsatilgan ssudadan foydalanish muddati davomida; 
b) ssuda prolongatsiya qilinganda; 
v) ssuda to‘lashni kechiktirganda; 
g) mijozning kreditga layoqatliligining yomonlashganida yoki bitimning 
kredit riskini ko‘paytiruvchi boshqa omillarning paydo bo‘lishida. 
Bundan tashqari kredit shartnomasida kreditga foiz hisoblash va uni undirish 
muddatlari ko‘rsatilishi zarur. Inflyasiya sharoitida kredit shartnomasining yana bir 
punktida boshlang‘ich o‘rnatilgan foiz stavkalarining inflyasiya o‘sish darajalariga 
bog‘liq holda o‘zgartirish tartibi berilgan bo‘ladi. Foiz stavkasini qayta ko‘rib 
chiqishga asos bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta 
moliyalashtirish stavkasining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. 
Ba’zi hollarda kredit shartnomada tomonlarning javobgarligi 6- bo‘limda 
tomonlar olgan majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganda O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari oldida javobgar ekanligi va sanksiyalar berilgan bo‘ladi.
«SHartnomaning qo‘shimcha shartlari» degan bo‘limda oldingi bo‘limlarda 
ko‘rsatilmagan boshqa shartlar belgilanadi. Ularga agar mijoz bu bankda hisob-kitob 
varog‘iga ega bo‘lmasa, summa va muddati ko‘rsatilgan majburiy muddatli depozit 
ochish; kreditlash yoki kredit liniyasi limitining boshlang‘ich o‘rnatilgan summasini 
o‘zgartirish tartibi; kredit shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 
tartibini kiritish mumkin. 
«Kelishmovchiliklarni hal qilish» degan bo‘limida quyidagilarni ko‘rsatish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi:
a) tomonlar o‘rtasida shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
kelishmovchiliklarni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilish; 
b) o‘zaro kelishuv bilan hal qilish mumkin bo‘lmagan kelishmovchiliklarni 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan respublika xo‘jalik sudida hal qilish. 
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit shartnomasining yana bir 
bo‘limi shartnomaning amal qilish muddati bo‘lib, unda kredit shartnomaning amal 
qilish muddatini, ya’ni uning boshlanishi va oxirini belgilaydi. 
SHartnomada shuningdek, tomonlarning yuridik manzili (pochta adresi, 
hisob-kitob yoki vakillik hisoblari, telefon,faks) ni hamda muhrlar bilan 
tasdiqlangan imzolarni aks etadi. 

Download 404.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling