Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi
Download 404.99 Kb. Pdf ko'rish
|
2.
Kredit summasi. Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga qo‘ygan mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa miqdorida belgilanib ko‘rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida ko‘rsatilgan summani har tomonlama asoslab berishi kerak. Odatda mijozlar o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada baholab keladilar. Tijorat banklari kerakli hollarda kreditlanayotgan ob’ektni to‘la o‘rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. 3. Kreditning foiz stavkasi. Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini va jalb qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o‘zlarining kredit siyosatiga muvofiq mustaqil o‘rnatadi. 4. Kreditni qaytarish muddati. SHartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda kredit olgan korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o‘tgan qarz hisob raqamiga chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun olinadigan foiz summasini o‘z vaqtida to‘lab bormasa, muddati o‘tgan foiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta muddati o‘tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank kreditni muddatidan oldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari shu hisob raqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning o‘z mablag‘lari hisobidan vakillik hisob raqami orqali to‘lab beriladi. Respublikamizda qisqa muddatli kreditlash va umuman tijorat banklari tomonidan kredit berish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan olib boriladi. Banklar tomonidan kredit berish kreditlashning asosiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Ular quyilagilardan iborat: ➢ Kreditning maqsadliligi. ➢ Kreditning ta’minlanganligi. ➢ Kreditning muddatliligi. ➢ Kreditning qaytarilishi. ➢ Kreditning to‘lovliligi. Kreditning ushbu tamoyillari va mijozning balansi asosida moliyaviy ahvoli va kreditga layoqatliligi aniqlanib mijoz bilan bank o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasi huquqiy jihatdan bir qator xususiyatlarga ega. O‘zining huquqiy tabiatiga ko‘ra kredit shartnomasi tomonlarning maqsadlarini va shu maqsadlarning amalga oshishini birlashtiradi. Maqsad sifatida kredit shartnomasi bankning ma’lum shartlar asosida ssuda berish roziligi va qarz oluvchining uni ma’lum davrdan so‘ng qaytarib berishga tayyorligini aks ettiradi. Maqsadlarning bajarilishi sifatida kredit shartnomasi ssuda berish va to‘lash bo‘yicha aniq harakatni ko‘zda tutadi. Mijozning ssudani qaytarish bo‘yicha majburiyatlari shartnomani imzolashdan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa ham, faqatgina ssuda olingandan so‘ng paydo bo‘ladi. Kredit shartnomasi, shuningdek kredit bitimining iqtisodiy shartlarini tartibga soladi. U bir tomondan mijoz talabining to‘laroq hisobini, ikkinchi tomondan esa, bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq mexanizmini ta’minlab beradi. Har bir kredit shartnomasida uning predmetini aniqlovchi punkt bo‘ladi. Lekin uning tarkibi mijozlar talabiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u qarz shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin. Download 404.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling