Bu buxgalteriya provodkasi mijozning talab qilguncha saqlanadigan depozit
bo‘yicha hisobvarag‘ida ssudani qaytarish uchun etarli pul mablag‘lari bo‘lgan holda
amalga oshiriladi. Agar qarzdorning qarzni qaytarishga mablag‘i bo‘lmasa,
ssuda
summasi, 13101 “Muddati o‘tgan xususiy korxonalarga va nodavlat korporatsiyalariga
berilgan hisob varag‘i”ga o‘tkaziladi.
Bu operatsiya bo‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi.
Debet
13105 Xususiy korxonalarga berilgan muddati
o‘tgan qisqa muddatli ssudalar .
Kredit 13101 Xususiy korxonalarga berilgan qisqa
muddatli ssudalar.
Qaytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan
so‘ng qaytib kelmagan ssudalar 13109 “Xususiy
korxona va nodavlat
korporatsiyalarga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan ssudalar”
balans hisob varag‘iga o‘tkaziladi.
Korxona hisobvarag‘iga pul kelib tushgandan so‘ng ssudani qaytarish bo‘yicha
buxgalteriya provodkalari bajariladi.
SHunday qilib,
kredit berilganda:
Debet -13 101
Kredit- 10301
Do'stlaringiz bilan baham: