Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi
Ssuda hisob varag‘idan kredit berish va qaytarish tartibi
Download 404.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Ssuda hisob varag‘idan kredit berish va qaytarish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi Tijorat Banklari alohida bir kredit muassasa singari o‘zining kredit siyosatiga ega. YA’ni har bir bank o‘zining bo‘sh to‘rgan mablag‘larini o‘zi xoxlagan yo‘nalishga, ko‘proq daromad olishga yo‘naltiradigan bo‘ldi. Mijoz ssuda olish uchun bankka belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirib topshirganidan keyin kredit kommisiyasining qaroriga ko‘ra kredit berish lozim deb topillib, bank va kredit oluvchi o‘rtasida imzolangan kredit shartnomasiga asosan mijozga kredit beriladi. Buning uchun mijozga alohida ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Ushbu hisobraqamining debetida mijozlarga ssudalar beriladi. Bank tomonidan berilgan ssudalar qaytarilganda yoki muayyan ssudaning maqomi o‘zgarishi munosabati bilan boshqa turga o‘tkazilayotganda va ushbu ssudalar bo‘yicha ko‘rilgan zarar qoplanayotganda tegishli ssuda hisob raqamlari kreditlanadi. Berilgan ssudalar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun zahiralar bankning harajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zahiralar qarzdorning moliyaviy holatini berilgan ssudaning ta’minlanganligi va qaytmaslik risklari baholash natijasida yaratiladi. Demak, banklarda ssuda operatsiyalarini olib borish uchun quyidagi ssuda hisobraqamlari ochiladi. 12100-boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar. 12300-hukumatga berilgan qisqa muddatli ssudalar. 12500-jismoniy shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan shaxslar beriladigan qisqa muddatli ssudalar 12100-davlat korxonalariga berilggan qisqa muddatli ssudalar. 12900-qo‘shma korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar. 13100-xycycuy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli ssudalar. Bu asosiy hisobvaraqlarning debet tomonida tegishli bank korxona, tashkilot, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, kredit tomonida ularning qaytarilishi aks etadi. YUqoridagi hisobvaraqlarning barchasi bir qator sub hisobvaraqlarni o‘z ichiga olib, ularda muddatli, muddati o‘tgan, qayta ko‘rilayotgan ssudalar bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritiladi. Agar xarid qilingan tovarning haqini darxol to‘lash lozim bo‘lsayu, lekin buning uchun firmaning o‘z mablag‘i etmasa, bunday hollarda firmada bir martalik qarz mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu ehtiyojni qondirish uchun “kredit liniyasi ochilmagan” ssuda hisob varag‘idan foydalaniladi. Bunday hisob varaqdan kredit berish bir marta ssuda berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ssudaning har biri bo‘yicha bank alohida qaror qabul qiladi. Korxona va tashkilotlarga yoki alohida olingan jismoniy shaxslarga ssuda hisob varag‘i ochilgandan so‘ng ular bo‘yicha ssudaning berilishi va qaytarilishi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Har bir ssudaning berilishi kredit kommisiyasi farmoyishi asosida amalga oshiriladi, ya’ni kredit bo‘limi bo‘limiga mijozga ssuda berish to‘g‘risidagi farmoyishini hisob operatsion bo‘limi mas’ul ijrochilariga beradilar. Mas’ul ijrochilar farmoyishda ko‘rsatilgan rekvizitlar asosida ssuda berish bo‘yicha buxgalteriya provodkalarini bajaradilar. Ssuda hisobvaraqlarining o‘zi muddatli, muddati o‘tgan, qayta ko‘rilayotgan kabi ssudalar bo‘yicha alohida yuritiladi. O‘uyida biz xususiy korxonalarga va nodavlat korxonalarga ssuda berish provodkalari bilan tanishib chiqamiz. Xususiy korxonalarga va nodavlat korporatsiyalariga berilgan „qisqa muddatli ssudalar” nomli balans hisob raqami ochiladi. Bu hisobraqam bir qator subhisob raqamlarni o‘z ichiga oladi. 13101-“Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli ssudalar.” 13105- “Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan muddati o‘tgan ssudalar.” 13109- “Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan ssudalar.” Ssuda berilayotganda korxonaning hisob-kitob hujjati to‘lanayotgan bo‘lsa, pul o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatgan korxona hisob varag‘iga ssuda summasi o‘tkaziladi. Pul tushirilishi lozim bo‘lgan korxonaga boshqa bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa ssuda summasi ssuda berayotgan bankning vakillik hisob varag‘i orqali tegishli bankga o‘tkaziladi. Ssuda berayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi. Download 404.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling