Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi


Download 404.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana08.04.2023
Hajmi404.99 Kb.
#1341232
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kredit qaytarilayotganda, 
Debet-20208
Kredit-13101 
tariqasida bank provodkasi amalga oshiriladi 
Kredit monitoringi va uni amalga oshirilishi.
 
Nazoratdan farqli kredit 
monitoringi kreditlar holatini doimiy kuzatib borishini ko‘zda tutadi.
 
Umuman, kreditlash operatsiyalari tijorat banklarining o‘z kredit siyosatlari 
asosida, Markaziy bankning kredit siyosatiga quyilgan talablaridan kelib chiqqan 
holda olib boriladi. Kredit monitoringi kredit siyosatining ajralmas tarkibiy qismi 
bo‘lib mijozlarga berilgan kreditlarning qaytarilishini, qolaversa, banklarning asosiy 
daromad manbalaridan biri hamda eng riskli operatsiyasi bo‘lgan kreditlash 
bankning raqobatbardoshliligini, rentabelligini qisqacha ifodalaganda, bankning 
kelajagini ta’minlaydi. 
Kredit monitoringi berilgan kreditlarni qaytarilishi va uni ta’minlash borasida 
qabul qilinadigan ishlovlar va chora-tadbirlar tizimidir. Kreditlar kredit 
qo‘mitasining qarori asosida, belgilangan me’yoriy shartlar asosida, alohida ssuda
hisobraqamini ochish va ushbu hisobraqamdan qarz oluvchining to‘lov 
topshiriqnomasi asosida moddiy tovar boyliklar uchun nakd pulsiz o‘tkazish yo‘li 
bilan qarz beriladi. Tijorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun 
muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi 
tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga 
har tomonlama ko‘maklashishiga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Monitoring jarayonida kredit olgan mijozning xo‘jalik moliyaviy faoliyati, 
uning tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot etkazib berish majburiyatlarini 
bajarishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish harajatlari va yo‘qotishlar, 
muomala chiqimlari, foyda va daromad mutanosibligi, o‘z aylanma mablag‘lari 


mavjudligining dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zahiralari ahvoli, aylanma 
mablag‘larning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga layoqatliligi 
bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi va uning ko‘rsatkichlarini 
qarzdorning kredit paketiga tikib boradi.
Bulardan tashqari bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan 
samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga 
muvofiq garov ob’ekti faoliyat joyining o‘zida o‘rganiladi. 
O‘urilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha bank 
monitoring jarayonida kreditlangan ob’ektda kredit shartnomasida qayd etilgan 
muddatlar va shartlar asosida bajarilgan ishlar hajmining nazorat o‘lchovini amalga 
oshiradi. 
Berilgan 
kreditlardan 
boshqa 
maqsadlarda 
foydalanganlik 
holati 
aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga 
nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob 
raqamidan muddatdan oldin undirib olish huquqiga ega. Qarz oluvchi tomonidan 
asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan 
muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga 
muvofiq mustaqil ravishda sudga murojaat etmasdan, garov predmetini tasarruf 
qilish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda 
tasdiqlangan, 432-sonli «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini 
yuritish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan kredit monitoringi faoliyatida 
qo‘llaniladigan hujjatlar keltirilgan. Unga ko‘ra, tijorat banklari har bir berilayotgan 
yoki olinayotgan kreditlar bo‘yicha kredit paketiga quyidagi hujjatlarni ilova qilish 
lozim: 
1. 
qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga 
oshirishi imkoniyatlarini tekshirish maqsadida tegishli shartnomalar 
tuzilganidan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasida yuz bergan muammolarni aks 
ettiruvchi yozishmalar va hujjatlar; 
2. 
kredit ta’minoti sifatida berilgan mulkni tekshirish hujjatlari; 
3. 
qarzdor kafilining moliyaviy ahvolini aks ettirgan barcha 
hujjatlar; 
4. 
kreditni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar; 
5. 
qarzdor to‘lovlarni amalga oshirmagan holda bank tomonidan 
ko‘rilgan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar. 
Kreditga doir xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma 
shartlariga muvofiq kreditning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini aks ettiruvchi 
hujjatlarni kredit paketida yuritishi shart. 
Kredit monitoringiga qo‘yiladigan talablar quyidagilarni tashkil etadi: 
6. 
kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi 
lozim; 
7. 
kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan salbiy 
o‘zgarishlar to‘g‘risida rahbariyatga xabar berishlari kerak; 
8. 
qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash 
ehtimoliy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir.


Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‘yicha «to‘lovsizlik» 
tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‘stirmaslik mezonlari, shuningdek, 
bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o‘z 
ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin sabablari va 
sog‘lomlashtirish rejalari batafsil bayon etiladi. Siyosat qarzlarni qaytarishga doir 
izchil, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat 
Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan 
chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit monitoringi faoliyatining asosiy tamoyili quyidagilarga asoslanishi 
kerak: 
1. 
Turli xil ko‘rinishdagi kreditlarning davriy nazorati. Bu nazorat 
asosan kichik hajmdagi kreditlar yuzasidan bo‘lib, 30 kunlik, 60 kunlik, 90 
kunlik nazoratlar shaklida bo‘ladi.
2. 
Kredit nazorati bosqichlarining diqqat bilan qayta ko‘rishni, 
ya’ni:
a. 
mavjud kredit bo‘yicha to‘lovlar hisobi ma’lumotlarining 
ishonchliligi; 
b. 
kredit ta’minotining holati va sifati; 
c. 
huquqiy jixatdan kredit qaytarilishining ishonchli 
ma’lumot – hujjatlarining to‘liq bo‘lishi lozim; 
d. 
mijozning bank krediti bo‘yicha moliyaviy holatidagi 
o‘zgarishlar va natijada kredit miqdorining ortishi yoki qisqartirilish 
darajasi; 
e. 
Berilgan 
kreditning 
bank 
kredit 
siyosatiga 
va 
standartlariga mos bo‘lishi. 
3. 
Muammoli ssudalarni tez-tez tekshirilishi. 
4. 
Iqtisodiy nobarqarorlik davrida kreditlarni tez-tez nazorat qilish 
va boshqalar. 
Hozirgi kunda kreditlash sohasida eng asosiy muammolardan biri kreditning 
to‘liq qaytarilishidir. Bu o‘rinda kredit monitoringi juda katta ahamiyatga ega. 
Kreditlarning to‘liq qaytib kelmasligiga asosiy sabab, «kredit tanlovi»ning iqtisodiy 
tamoyilga mos tushmay qolishidir. Bu yo‘qotishlar, xatolar bevosita kredit oluvchi 
sub’ekt haqida ma’lumotlarning etarli emasligi yoki ob’ektiv emasligidan yuzaga 
keladi. Buning uchun xorij amaliyotida keng qo‘llaniladigan va hozirda 
O‘zbekistonda ham amaliyotga tadbiq qilinib borilayotgan kredit Byurosini tashkil 
qilish, unda markazlashgan holda, mijozlar haqida to‘liq ma’lumotlar bera oladigan 
axborotlar bazasini yaratish va uni ishonchli va ob’ektiv ishlashini shakllantirish 
banklar uchun, iqtisodiyot uchun, bir bank infrastrukturasi uchun katta foyda 
keltiradi. Birinchidan, tezkor ma’lumotlar asosida banklar hamda mijozlar vaqtdan 
yutadilar. Ikkinchidan, bu tezkor ma’lumotlar kredit harajatlarini pasaytiradi, 
uchinchidan, bank faoliyati operativligini, barqarorligini, salohiyatini oshiradi va 
albatta, kredit monitoringi ishlari ham qisman engillashadi, xususan muammoli 
kreditlarning kamayishi hisobiga. 
Kredit monitoringi ishlarini engillashtiradigan yana biror xususiy echim 
kreditlarni berishda mijozning biznes loyihasidan kelib chiqqan holda, loyihaning 


marketing tadqiqotining xaqqoniyligi, hayotga yaqinligi bo‘lishi kerak chunki yangi 
ishlab chiqariladigan tovarga talab qanchali yuqori bo‘lsa, loyihaning moliyaviy 
natijasi ham samarali bo‘ladi. Bu esa, kreditlarni to‘liq qaytarilishini ta’minlaydi. 
Zotan, kredit monitoringining asosiy vazifasi mijozga kreditni qaytarishiga 
ko‘maklashishdir 

Download 404.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling