Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi
Kreditlarni tasniflanishi va ular bo‘yicha zahira tashkil qilish. Umidsiz
Download 404.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Kreditlarni tasniflanishi va ular bo‘yicha zahira tashkil qilish. Umidsiz
kreditlarni balansdan tashqariga chiqarish tartibi. Kreditlarni hisobdan chiqarish amaliyoti. Tijorat banklari har oyda bir marotaba kreditlarga doir yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha yirik zararlar to‘g‘risidagi ma’lumotni Markaziy Bankka taqdim etishi zarur. Banklarining kredit qo‘yilmalarini tasniflash va ular bo‘yicha kredit riskining amalga oshishidan yuzaga keladigan zararlarni qoplash bo‘yicha maxsus zahiralarni shakllantirish talablarini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438- sonli Qaroriga asosan, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzlarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida oldini olish choralarini ko‘rish yo‘li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o‘sishi, hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash respublikaning moliya-bank tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarorining 1-ilovasi 32- bandida, bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga oshirishning aniq mexanizmini joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit portfelini diversifikatsiyalashni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati monitoringini takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan. Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida 2011 yil 10 sentyabrda Markaziy bank Boshqaruvining «Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish Tartibiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 26/1- sonli qarori qabul qilindi mazkur nizomda Markaziy bankning “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi”ga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi: – Markaziy bankda tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralanadigan majburiy zaxira depoziti tashkil qilindi hamda ushbu majburiy zaxira depozitiga tijorat banklari o‘z aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi shakllantirilgan maxsus zaxiralar summasiga teng miqdordagi mablag‘larni vakillik hisobvaraqlaridan o‘tkazib borish talabi qo‘yildi; – majburiy zahira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdori har oyning 10, 20-sanalari va oy yakuni bo‘yicha shakllantirilgan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira summasidan kelib chiqib qayta hisob-kitob qilinadi; – hisob-kitob natijalariga ko‘ra, uch ish kuni mobaynida tijorat banklari maxsus zaxiralar summasiga etmayotgan miqdordagi mablag‘larni majburiy zaxira depozitiga o‘tkazishi yoki tijorat banklarining asoslantirilgan murojaatiga ko‘ra Markaziy bank tomonidan ortiqcha mablag‘lar banklarga qaytariladi; – shartnoma muddatida to‘lanmagan va grafik bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha oraliq to‘lovlar 180 kundan kechiktirilgan barcha kreditlar “umidsiz”sifatida tasniflanadi. Bundan tashqari, sud jarayonidagi aktivlar, qarzdorning moliyaviy holati yomonligi va to‘lovga qobiliyatsizligi sababli to‘lov muddati uzaytirilgan aktivlar hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan, muammoli kreditlarni qoplash uchun olingan mulklar, ular bank balansiga olingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan aktivlar ham “umidsiz” sifatida tasniflanadi; – agar tijorat banklari belgilangan talablarga amal qilmagan taqdirda, Markaziy bank majburiy zaxira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan undirib oladi va bankka nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunining 53-moddasiga muvofiq tegishli chora va sanksiyalarni qo‘llaydi. Bundan tashqari, yangi kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga ko‘ra, bank tomonidan ajratilayotgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lovlar kredit shartnomasining butun amal qilish muddatiga taqsimlangan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu qoida banklarda muammoli kreditlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi belgi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, sud jarayonidagi aktivlar, qarzdorning moliyaviy holati yomonligi va to‘lovga qobiliyatsizligi sababli to‘lov muddati uzaytirilgan aktivlar hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan, muammoli kreditlarni qoplash uchun olingan mulklar, ular bank balansiga olingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan aktivlar ham «umidsiz» sifatida tasniflanadi. Mazkur qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklari aktivlar sifatining yanada oshishiga, muammoli kreditlarni paydo bo‘lishini dastlabki vaqtlarda aniqlashtirishga imkoniyatlarni yaratadi, pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishini ta’minlaydi. Umuman olganda, Markaziy bankning tijorat banklarida risklarni tartibga solish va boshqarishga nisbatan talablari va me’yorlarini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin. Tijorat banklari tomonidan muammoli kreditlar bilan ishlashda balans hisobotini har bir tuzish sanasiga (har oyda) bank tomonidan kreditlarning qadrsizlanishiga doir biron-bir ob’ektiv dalillar mavjudligi «Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi»ga Nizomga va “Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risida”gi Nizomga (ro‘yxat raqami 1304, 24 yanvar 2004 yil) hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq baholanadi. Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi ob’ektiv dalillar va sharoitlaraniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo‘yicha baholanadi: 1) “Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq aniqlangan summa bo‘yicha; yoki 2) Kreditning balans qiymati va kreditning boshlang‘ich foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan kutilayotgan bo‘lajak pul oqimlarining joriy qiymati o‘rtasidagi farq bo‘yicha; Bank ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi: Dt 56802- “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” Kt – Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi – Kreditning mos kategoriyasi (kontr – aktiv) Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zaxiralari yuqorida ko‘rsatilgan Nizomlarning talablardan oshsa, bank zaxira summasini oxirgi sana holati bo‘yicha aniqlangan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt – Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi – Kreditning mos kategoriyasi (kontr – aktiv) Kt 56802- “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqaliamalga oshiriladi: Dt- Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i Kt – Ssuda hisobvarag‘i Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt – Kafolat beruvchi (kafil) talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i, yoki Dt- 10301 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro (agar oluvchiga boshqa tijorat banki xizmat ko‘rsatsa) Kt – Ssuda hisobvarag‘i Kreditlar qarz oluvchi tomonidan naqd pulda qaytarilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt 10100 – “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari” Kt – Ssuda hisobvarag‘i Bank kreditidan foydalangan vaqt uchun to‘lanadigan foiz kredit narxi hisoblanadi. Kredit narxi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi me’yori bilan tartibga solinadi va mahsulot hamda xizmatlar tannarxi darajasini hisobga olib belgilanadigan eng yuqori ko‘rsatkichdan oshib ketmasligi kerak. Markaziy Bankning qayta moliyalash stavkasi 2011 yil iyulidan buyon yillik 12 foiz miqdoridadir. Agar kreditga foiz o‘stirmaslik maqomi berilmagan bo‘lsa, unda kreditlar bo‘yicha foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali aks ettiriladi: Dt- Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i Kt 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi “Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘stirmaslik siyosati to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, banklar quyidagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to‘xtatadilar: a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno; b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va unga hisoblangan foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno; v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg‘otgan xolda. Foiz hisoblash to‘xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar hisobraqami debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” hisobraqami kreditlanadi. 3. Aktivlarga “o‘stirmaslik” maqomini bergan paytdan boshlab, banklar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim: foizli daromadlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatiladi; barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlar balans hisobvaraqlaridan ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim va aktivga «o‘stirmaslik» maqomi berilgandan so‘ng keyingi foizlar hisoblanishi ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida amalga oshiriladi; ushbu aktivlar bo‘yicha barcha keyingi to‘lovlar birinchi navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa kreditning asosiy summasini qoplashga yo‘naltiriladi. 4. Hisoblangan foizli daromadlarni ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi: Dt Tegishli foizli daromadlar hisobvaraqlari Kt 16300 «Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar» Dt 91500 «Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari» Kt 96333 «(Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha) Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i» yoki 96335 «Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i» Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda ushbu kreditlar zararlar uchun tashkil qilingan zaxira hisobiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali hisobdan chiqariladi: Dt - Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi – Kreditning mos kategoriyasi (kontr-aktiv) Kt – Ssuda hisobvarag‘i Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlangan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda bank olingan kreditni garovga qo‘yilgan mol-mulk orqali undirish huquqiga ega. Undirib olish bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk kim oshdi savdosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar kelib tushganda: Dt 10301- Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro – Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i Kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlarni qaytarish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi: a) Asosiy qarz qaytarilganda: Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Kt – Ssuda hisobvarag‘i. b) Asosiy qarz to‘liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda: Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Kt 41400-44600 - Kreditlar bo‘yicha foiz daromadlari Olingan kredit garovga olingan mol-mulkni o‘z egaligiga olish yo‘li bilan qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymatidan va garovga qo‘yilgan mol- mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri eng kam bo‘lsa, o‘sha qiymat bo‘yicha, uni sotish bo‘yicha qilingan xarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi dastlabki sotuv bahosidan 10% kam bo‘lmagan summada quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt 16701 – “Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk” Kt – Ssuda hisobvarag‘i Qarzdor etarli darajada pul mablag‘lariga ega bo‘lmagan taqdirda, bank kredit bo‘yicha qarzni qarzdorning likvid mol-mulki hisobidan uning roziligi bilan, agar qarzdor norozi bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qarori asosida undiruvni qarzdorning likvid mol-mulkiga qaratish yo‘li bilan qaytarib oladi. Download 404.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling