Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi


Download 404.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana08.04.2023
Hajmi404.99 Kb.
#1341232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kredit shartnomasi: 
1. 
ikki taraflama shartnomadir, ya’ni har ikki taraf tegishli huquq 
va majburiyatlarga ega bo‘ladi; 
2. 
haq evaziga tuziladigan shartnomadir, ya’ni qarzdor 
kreditorga kredit olganligi uchun foiz, marja, komissiya ko‘rinishida haq 
to‘lashi lozim; 
3. 
konsensual shartnomadir, ya’ni u kredit shartnomasi taraflar 
tomonidan imzolanishi bilanoq tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi, biroq 
berilgan kreditga foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki haqiqatda 
kredit mablag‘laridan foydalanilgan davr uchun to‘lanadi; 


4. 
xo‘jalik shartnomasidir, chunki kredit shartnomasi asosan 
tadbirkorlik faoliyatiga mansub sohalarda tuziladi. 
Kredit miqdori va uning qaytarilish muddati, foiz miqdori va uni to‘lash 
muddati, kreditning maqsadi va boshqalar kredit shartnomasining muhim shartlari 
hisoblanadi.
Tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi kredit munosabatlari kredit shartnomaga 
asoslanadi. Rivojlangan davlatlar bank tizimida har qanday kredit munosabatlari 
unda ishtirok etuvchi tomonlarning mavqeidan qat’iy nazar o‘zaro manfaatli 
shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kredit shartnomada quyidagi asosiy shartlar 
ko‘rsatiladi. 
1. 
Kreditning maqsadi. 
Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga so‘ralayotganligi muhim 
hisoblanadi. SHartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilar ko‘rsatiladi. 
Kreditni qaysi maqsad uchun ishlatilishini korxonalar o‘zlarining biznes rejasida 
ko‘rsatib utishlari shart. Biznes rejada ko‘rsatilgan maqsad bo‘yicha kredit summasi 
o‘tkazilib beriladi va korxonaning keyingi faoliyati ham bank tomonidan shartnoma 
asosida nazorat qilib boriladi. Tarmoqlardagi o‘zaro nomutanosibliklar, o‘sha 
tarmoqda faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarning holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Tijorat banki mana shu omillarni hisobga olishi kerak. 

Download 404.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling