Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi


Download 404.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana08.04.2023
Hajmi404.99 Kb.
#1341232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kredit 
shartnomasi 
(Fuqarolik 
kodeksining 744-748-moddalari)
Qarz shartnomasi (Fuqarolik kodeksining 732-
743-moddalari)
Asosan banklar, boshqa kredit tashkilotlari 
kredit berishi mumkin 
Barcha jismoniy va yuridik shaxslar boshqa 
shaxslarga qarz berishi mumkin 
Bankdan kredit sifatida faqat pul mablag‘lari 
beriladi.
Qarz sifatida esa pul mablag‘lari va boshqa ashyolar 
berilishi mumkin 
Doimo yozma shaklda tuzilishi kerak
Ba’zi hollarda qarz shartnomasi og‘zaki shaklda ham 
tuzilishi mumkin 
Kredit shartnomasi konsensual shartnomadir 
Qarz shartnomasi real shartnomadir, ya’ni u pul yoki 
ashyolar qarz oluvchiga topshirilishi bilan tuzilgan 
hisoblanadi. 
Kreditor tomonidan qarz oluvchiga, hatto 
shartnoma tuzilgandan keyin ham kredit 
summasi butunlay yoki qisman berilmasligi 
mumkin 
Qarz beruvchi qarz oluvchiga qarz summasini 
berishdan bosh tortishga haqli emas, chunki qarz 
summasi berilmagan taqdirda, qarz shartnomasi 
tuzilmagan bo‘lib qoladi.
Bank bilan mijoz o‘rtasida kredit shartnomasini tuzishda barcha shartnomalar 
uchun zarur bo‘lgan quyidagi asosiy talablar inobatga olinsa maqsadga muvofiq 
bo‘lishi mumkin: 
• barcha huquq va manfaatlarni to‘liq himoya qilish imkonini 
beruvchi, barcha holat va vaziyatlar uchun to‘g‘ri keluvchi universal 
shartnomalar shakli mavjud emas. Barcha holat va vaziyatlarni o‘z 
ichiga qamrab oladigan shartnoma shaklini ishlab chiqish imkoni yo‘q; 


• shartnoma (bizning holatda kredit shartnomasi) – individual 
xarakterga ega bo‘lgan rasmiy yuridik hujjatdir.
• Aniq kredit shartnomasini tuzishda, kredit olish uchun murojat 
qilgan mijozlarga alohida (individual tarzda) yondashib, ularning huquqiy 
maqomi, tashkiliy-huquqiy shakli va kreditlanayotgan loyihaning 
xususiyatiga e’tibor berilishi maqsadga muvofiqdir; 
SHartnoma tuzish jarayoniga yuridik va iqtisodiy jihatdan puxta, aniq, talab 
darajasida ijodiy yondashishi kerak. 
Kredit shartnoma tarkibi qonunda belgilanmagan. Kredit shartnomasini 
tuzishda bir qancha talablarni bajarish kerak: 
• kredit maqsadli bo‘lishi shart; 
• kreditning summalari aniq belgilangan bo‘lishi shart; 
• kreditni qoplash tartibi aniq ko‘rstilgan bo‘lishi lozim; 
• kredit muddati ko‘rsatilishi shart; 
• kreditning ta’minlanganligi asoslangan bo‘lishi lozim; 
• kredit foizlari ko‘rsatilishi lozim va boshqalar. 
Kredit shartnomaning tarkibi odatda quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: 
5. 
kirish qism - umumiy holat – shartnoma predmeti – kredit berish 
maqsadi, shartlari - hisoblanish shartlari va tarkibi – tomonlarning huquq va 
majburiyatlari – boshqa shartlari – yuridik manzillari, rekvizitlari, tomonlar 
imzolari. 
Bu shartlarning har birini bank kredit bo‘limlarining xodimlari chuqur 
bilishlari zarur. CHunki bu shartlardan birortasining asossiz belgilanishi kreditni o‘z 
vaqtida va to‘liq qaytarilmasligiga olib kelishi mumkin. Har bir kredit shartnomasi 
shakliga ko‘ra quyidagi to‘rtta asosiy tamoyillarga asoslanadi: 
6. 
Mustahkam huquqiy asos; 
7. 
SHartnoma tuzish erkinligi; 
8. 
Tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi; 
9. 
SHartnoma shartlarining kelishilganligi. 

Download 404.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling