1. So‘roq va taajjub yuklamalari: - ma//-mi,-ci,-a,-ya. Umumturkiy -ma-mi so‘roq yuklamasi hozirgi hamma turkiy tillarda mavjud bo‘lib, har bir turkiy tilda kamida ikkitadan sakkiztagacha fonedk shakllariga ega: olt. ba / / be, pa//pe, bo//be; xak., shor, qoz., q.qalp., no‘g‘. ma//ba//pa; o‘zb., uyg\, tat. -mi//-ma va boshqalar. Misollar: tat. aqsa barme? o‘zb. sog‘misan', qoz. iiydemisin? turk. geldimil shor. taygida arj koppel; q.-qalp. kzba, ul ma? kabi.
Ayrim adabiyotlarda -ma//-mi so‘roq yuklamasining dastlab kuchaytiruv, taajjub yuklamasi sifatida qayd etilganligi, ba’zi tillarda bu yuklamadan keyin ma’noni kuchaytirish uchun ni//na so‘roq olmoshi ham qo‘shilishi aytiladi: qoz. yekevin-be? Uyde-me!?, birpas-pa?!; olt. kelde-be? gag. bulut-mu?, qirg‘. seneix) -bi? tuv. inda kim par-il, olarinbe, azi bistarni-be, xak. irah-pa, chagin-ma?, boshq. ol qilgen -me-ni? “u keldimi a?!”, xak. ol kilgen-me-ni, nogala minpargam-ni? “nega faqat men bordim-a?!” kabi.
So‘roq yuklamalaridan-a, -ya shakli faqat o‘zbek tilida mavjud bo‘lib, boshqa turkiy tillarda uchramaydi. So‘roq va taajjub yuklamasi -ci ham faqat O‘rta Osiyo turkiy tillariga xosdir: qoz. sen-se? kelse-se, q.-qalp. ciz-se, o‘zb. gapirsang-chi, bolam, dardingni aytsang-chi?! (A.Muxtor), yaxshisi, kitob oqisam-chi, biznikiga bir kelsang- chi kabi.
Ayrim turkiy tillarda -ci yuklamasi ifodalaydigan ma’no o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan boshqa yuklamalar vositasida ifodalanadi. Masalan, ozarbayjon tilida bas: bas siz “siz-chi?!”, sanin deyil, bas kimnidir; yoq. duu, daa: istegin-duu “eshiting-chi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |