Reja: Umumiy o‘rta ta’lim matematika kursida tenglamalar yo‘nalishi mazmuni


Download 121.79 Kb.
bet1/6
Sana12.03.2023
Hajmi121.79 Kb.
#1262881
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-seminar


4-seminar

Algebraik tenglamalar va tenglamalar sistemasi.



REJA:
1. Umumiy o‘rta ta’lim matematika kursida tenglamalar yo‘nalishi mazmuni.
2. Tenglamalar va ularni yechish usullari haqida nazariy ma’lumotlar.
2.1.Tenglamalarni teng kuchli o’tish yordamida yechish.
2.2. Tenglamalarni natijaga o’tish yo’li bilan yechish.
3. Tenglamalar sistemasini yechishni o’rganish usullari.
1. Umumiy o‘rta ta’lim matematika kursida tenglamalar yo‘nalishi mazmuni.
Umumiy o‘rta ta’lim xamda o‘rta maxsus kasb —xunar ta’limi matematika kursining katta qismini tenglamalar va ularni yechish bilan bog‘liq o‘quv materiallari egallab. Davlat ta’lim standarlari va o‘quv dasturlariga asosan matematika kursida tenglamalar va ularni yechish bilan bog‘lik, o‘quv materialni o‘rganishni uchta bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi bosqich umumiy o‘rta ta’lim matematikasining boshlang‘ich kursi, xamda algebra kursining boshini o‘z ichiga oladi. Bu boskichda o‘quvchilar tenglamalarning eng sodda sinflariga tegishli aloxida, konkret misollarni yechishning turli usullari bilan tanishtiriladi. Bunda konkret tenglamalarni yechishda qo‘llanilgan almashtirishlar induktiv xolda asoslanadi, o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalar xosil kilinib, ularning tenglamalar yechish bo‘yicha malakasi ortib borgan sari, asta — sekin induktiv muloxazalar teng kuchlilik terminini ishlatmagan xolda uni amalda qo’llash bilan almashtiriladi,
Ikkinchi bosqichda teng kuchlilik tushunchasi ajratila boshlaydi, uning nazariy mazmuni keltirib chiqarilgan almashtirishlar qoidalari bilan takkoslanadi. Bu boskich uzoq davom etmaydi, faqat teng kuchlilik tushunchasi ajratilib, misollarda uni ko‘llash tushuntiriladi.

Download 121.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling