Reja: vitaminlar haqida qisqacha maʻlumot vitaminlar kelib chiqish tarixi yogʻda eriydigan vitaminlar
Download 30.6 Kb.
|
VITAMINLAR
Yogʻda eruvchi vitaminlar.
Vitamin A-retinol, akseroftal, antikseroftalmik vitamini, o ʻsish, rivojlanish, antiinfeksion, teri, koʻz, jinsiy faoliyat vitamini va hokazo. Bu vitamin kimyoviy tuzilish jihatidan tiyinmagan, bir atomli, siklik spirt bo ʻlib, kislorod ishtirokida ancha tez parchalanib ketadi. Hayvon organizmida vitamin A oʻsimliklarda boʻladigan pigment moddakarotindan hosil boʻladi. Demak, karotin A vitamin provitaminidir, tabiatda juda koʻp turli xil karotinoidlar uchraydi. Karotinning koʻpincha uch xil koʻrinishi mavjud alfa, betta, gamma. Hayvonlar ichagi devorining shilliq pardasida, jigarida, sut bezida karotin karotinaza fermentining t a ʻsirida A vitaminga aylantiriladi. A vitaminning kriptoksantin degan yana bir provitamini aniqlangan, bu ham o ʻsimliklarda boʻladi. Turli hayvonlar organizmining karotinga boʻlgan sutkalik ehtiyoji, 100kg. tirik vazniga nisbatan mg. xisobida: otlar 15-20, bugʻoz sigirlar 30-40, sogʻin sigirlar 20-30, nasldor buqalar 40-50, olti oygacha boʻlgan buzoqlar 20-30, choʻchqa bolalari 25-30, bugʻoz c h o ʻchqalar 20-30, bolasini emizadigan ona choʻchqalar 30-35, onasidan endi ajratilgan nasldor erkak choʻchqalar 30-35, q oʻylar 20-30, bir yoshgacha boʻlgan q o ʻzilar 20-25, parrandalar . Hayvonlar bahor paytida yoki umuman koʻk o ʻtloqlarda haydab boqilganda organizmi karotin bilan to ʻla taʻminlanadi. Karotin jigarda zahira holda yigʻilib, karotin yetishmagan paytda organizmni uch-toʻrt oy davomida ta ʻminlab turishi mumkin. Karotinning hayvonlar organizmida yetishmasligi odatda qishning oxirlariga kelib kuzatiladi. Ammo sigirlar silosli oziqalar bilan yaxshi taʻminlab turilsa, organizmda karotin kamchiligi umuman kuzatilmaydi. Chunki oziqalar toʻgʻri yaxshi siloslanganda tarkibidagi karotin parchalanib ketmaydi, buzilmaydi. A vitaminning yetishmasligi kasallikka olib boradi. A vitaminoz deb shunga aytiladi. Bu vaqtda organizmda umuman avitaminozlar uchun xos boʻlgan o ʻzgarishlar; uning o ʻsishdan qolishi, rivojlanishining susayishi, turli infeksion kasalliklarga chidamsizlik kabi belgilar i(simptomlar) paydo boʻlishi bilan birgalikda avitaminoz A uchun xos boʻlgan xususiy belgilar, jumladan, koʻz muguz pardasining qurib 1 qolishi, yaʻni kseroftalmiya, soʻngra uning yumshab nekrotik yemirilishi-keratomalyatsiya kuzatiladi. Kasallik yana zuraysa, koʻz koʻr boʻlib qoladi. Teri va shilliq pardalarda ham o ʻzgarishlar kuzatiladi, namligi yoʻqolib ular orqali organizmga mikroblaming kirishi yengillashadi. Avitaminoz A ning dastlabki belgilaridan biri koʻzning turli darajada yorugʻlikka moslashish-adaptatsiya qobiliyatining yoʻqolishidir. A vitamin koʻzning koʻrish uchun zarur bo ʻlgan modda koʻz purpurining tarkibiga kiradi. Rodopsin deb atalgan bu pigment A vitaminning aldegid shaklining opsin nomli oqsil bilan bergan kompleksi boʻlib, koʻz td ʻr pardasining yorugʻlik retseptorlaridan (fotoretseptorlardan) biri tayoqchalarda joylashgan. A vitamin yetishmaganda to ʻr pardada rhodopsin miqdori kamayadi, oqibatda gʻira-shira yorugʻlikda koʻz koʻrolmaydishapkoʻrlik (gemerolopiya) paydo boʻladi. Bundan tashqari, avitaminoz paytida urgʻochi hayvonlarda bola tashlash, erkak hayvonlarda jinsiy moyillikning pasayishi, urgʻochi hayvonlarda quyikishning yoʻqolishi kabi hollar ham kuzatiladi. Choʻchqalarda avitaminozning belgilari A vitaminning yetishmagan vaqtidan boshlanib, 6-8 hafta o ʻtgandan keyin avjiga chiqadi, otlar, qoʻylar, echkilarda koʻproq, yaʻni 12-21 oy oʻtgandan keyin paydo boʻla boshlaydi. Vitamin A hayvon yogʻlarida, jigarda, ayniqsa, ayrim baliqlarning jigarida koʻp boʻladi. Koʻk o ʻtlarda karotin anchagina koʻp boʻladi, lekin oʻtlar notoʻgʻri quritilganda tarkibidagi karotin yoʻqoladi. Shuning uchun pichan, bedalami va boshqa koʻk o ʻtlarni to ʻgʻri quritish, yaʻni o ʻz vaqtida tez quritib, yigʻib olish kerak. Download 30.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling