Reja: vitaminlar haqida qisqacha maʻlumot vitaminlar kelib chiqish tarixi yogʻda eriydigan vitaminlar
E-vitamin(tokoferol, ko ʻpayish vitamini)
Download 30.6 Kb.
|
VITAMINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- K-vitamin, antigemorrogik
E-vitamin(tokoferol, ko ʻpayish vitamini), bu vitamin birinchi
marta 1944-yilda Emerson va Evanslar bugʻdoy doni murtagʻining sovunlanmaydigan fraksiyasidan ajratib olganlar va tokoferol deb nomlaganlar: tokoyebola-nasl, tugʻish-phera, olib boraman, tashiyman degani. Hozirgi vaqtda bu vitaminning uch xili maʻlum: alfa, beta, delta tokoferol. Bularning ichida alfa tokoferol aktivroqdir. Bu vitamin tabiatda o ʻsimlik va hayvonlar organizmida keng tarqalgan b oʻlib, turli tashqi t a ʻsirlarga, jumladan qizdirishga chidamlidir. Tokoferolga koʻp o ʻsimliklar boy, ayniqsa bugʻdoy urugʻining murtagida tokoferol koʻp. Hayvonlarning organizmida E-vitamin jigarda, yogʻ toʻqimalarida, o ʻpkada, taloqda to ʻplanadi. Tokoferol oziqa tarkibida yetishmasa, organizmda uning kamchiligi tufayli kuzatiladigan dastlabki belgilar bir oylardan keyin bilina boshlaydi. Jumladan, hayvonlarning koʻpayish funksiyalari izdan chiqa boshlaydi. Bola ona bachadonida soʻrilib ketadi. Erkak hayvonlar urugʻdonlarida spermatozoidlarning hosil b o ʻlish jarayoni izdan chiqadi, kasallik ancha zoʻrayib ketsa, spermatozoidlar mutlaqo hosil boʻlmay q o ʻyishi mumkin. Parrandalarda tuxum q o ʻyish kamayadi, tuxum ichidagi embrion o ʻladi. E-vitamin organizmda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi jigar, biriktiruvchi to ʻqimaning faoliyati ham ma ʻlum darajada E-vitaminga bogʻliq. Hayvonlarning E-vitaminga bo ʻlgan sutkalik talabi quyidagicha: (xalqaro birliklar xisobida) buzoqlarda-20-30, sigirlarda- 100, c h o ʻchqalarda-50-100. Parrandalarning isteʻmol qilayotgan 1kg. quruq oziqasiga 15-30 E-vitamin bo ʻlishi kerak. K-vitamin, antigemorrogik. O ʻzining aktivligi bilan bir-biridan farq qilib ikki xilda uchraydi. Vitamin K1-filloxinon va vitamin K2 farnoxinon. Bu vitamin organizm uchun katta ahamiyatga ega bo ʻlib, organizmda qon ivishiga t a ʻsir qiladi, ular organizmda yetishmasa qon ivish jarayoni uchun zarur b o ʻlgan protrombin oqsilining miqdori kamayadi, yaʻni uning jigarda sintezlanishi sekinlashadi, bundan tashqari qon ivish jarayonida ishtirok etadigan boshqa bir qator oqsillar jigarda sintezlanmay qoʻyadi. Oqibatda qon ivish jarayoni buziladi, teri ustiga qon q o ʻyiladi, gemorragiya deb shunga aytiladi. K vitamin oraliq almashinuvda ham ishtirok etadi va nafas olish, organizmdagi fosforlanish jarayonlariga ta ʻsir qiladi. K-vitamin o ʻsimliklarning ko ʻk qismlarida, meva-poliz ekinlaridan pomidorda, yungʻichkada, ismoloqda uchraydi. Sut emizuvchi hayvonlarning K-vitaminga b o ʻlgan ehtiyoji ichak florasining faoliyati natijasida qisman qondiriladi. Chunki ichak tayoqchalari mikroblari ichakda K-vitaminni sintezlaydi. K-vitamin ichak devori orqali o ʻt kislotalari ishtirokida soʻriladi. Jigar kasalliklari paytida o ʻtning ichakka kam chiqarilishi tufayli k-vitaminning qonga soʻrilishi buziladi. Oqibatda K avitaminozi yuz beradi. Organizmda K vitamin jigarda koʻp toʻplanadi. K vitamin bakteriyalar, zamburugʻlar va turli suv o ʻtlarining o ʻsishi uchun ham katta ahamiyatga ega. Download 30.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling