Paraaminobenzoat kislota. Rangsiz kristal modda boʻlib, yorugʻlik
va havo ta ʻsirida sargʻayib boradi. Bu modda turli achitqilar, donlarda,
asosan esa bugʻdoy murtagi tarkibida uchraydi. Paraaminobenzoat kislota folat kislotaning sintezlanishi uchun zarur boʻlib, uning tarkibiga
h am kiradi. Sut beruvchi hayvonlarda laktatsiya uchun shuningdek
joʻjalarning o ʻsishi uchun bu modda ancha zarur.
B 12- vitamin. (Siankobalamin). Tarkibida kobalt va siano guruh
boʻladigan qaramtir-qizgʻish kristallardir, asosan hayvon mahsulotlari:
jigar, sut va baliq unida k oʻp boʻladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar
ka tta qornida, boshqa o ʻtx o ʻr hayvonlarning yoʻgʻon ichaklarida mikroorganizmlar ishtirokida B12 vitaminni sintezlaydi. Bu vitamin qon
yaratish jarayonini kuchaytiradi, nerv sistemasi faoliyatiga, oqsil va
uglevodlar almashinuviga t a ʻsir qiladi. U tarkibida 4,5% kobalt b oʻlgan yagona vitainindir. Bu vitamin koʻmikda eritrotsitlar yetilib chiqishi uch u n zarur, B12 vitaminga organizm talabi qondirilmasa, unda xavfli infeksion kamqonlik yuz beradi. Ozuqa tarkibidagi B12 vitaminini m e ʻdaning pilorik qismida hosil b o ʻladigan mukoproteid oqsili ferment aminopeptidaza ishtirokida soʻriladi. Bu Kesla faktori deb ham ataladi. Xavfli kamqonlik paytida bu fermentning hosil boʻlishi buziladi, oqibatda B12 vitamini ichaklar devoridan qonga soʻrilmay qoʻyadi. Demak, bunga davo qilish uchun vitaminni bevosita qonga yuborish zarur.
Organizmning sutkalik ehtiyoji choʻchqalarda lOOkg. tirik vazniga
nisbatan olganda 20-50mg.ni tashkil qiladi. Parrandalar isteʻmol qiladigan ozuqalarning har Ikg.da 10-15mg. boʻlishi lozim.
Bi5-vitamin. (Pangamat kislota). 1961-yilda jigardan ajratib olingan.
Turli achitqilarda, sholi kepagida, oʻsimlik urugʻlarida mavjud.
Pangamat kislota preparatlari meditsinada jigar, buyrak va tomir kasalliklarida,miya qon tomirlarining sklerotik o ʻzgarishlarida davo qilish uchun qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |