Reja: vitaminlar haqida qisqacha maʻlumot vitaminlar kelib chiqish tarixi yogʻda eriydigan vitaminlar
Download 30.6 Kb.
|
VITAMINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- PP-vitamin(antipellargik vitamin, nikotinamid, niatsin, nikotinat kislota).
Vitamin B6 (piridoksin, adermin). Bo vitamin o ʻzining tabiati jihatidan
bir-biriga yaqin b o ʻlgan piridoksin, piridoksal, piridoksamindan iboratdir. Bu moddalar organizmda 5-piridoksal-fosfat, yaʻni B^ vitaminga aylanadi. Bo vitamin aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning kofermenti boʻlib xisoblanadi. Organizmda B6 vitamini buyraklarda, jigarda, muskullarda, miyada, shuningdek, turli achitqilarda, noʻxat va boshqa dukakli o ʻsimliklarda uchraydi. Bg vitamin kavsh qaytaruvchilarning katta qornida va boshqa o ʻtxoʻr hayvonlarning yoʻgʻon ichaklarida mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Organizmda bu vitamin oqsillar, yogʻlar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. Yogʻlarning organizmda tashilishi, oksidlanishi va depolarda to ʻplanishi mana shu vitamin ishtirokida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu vitamin glyutamin kislotaning miya toʻqimatarida almashinuvida katta ahamiyatga ega. U koʻz muguz pardasi regeneratsiyasida va biriktiruvchi toʻqimalarning hosil boʻlishida, limfa va qon yaratish sistemalarining faoliyatida katta ahamiyatga ega. Jigar faoliyatining normal kechishi, me ʻda sekretor faoliyati uchun ham piridoksin zarur. Bu vitaminga sutkalik ehtiyoj choʻchqa bolalarida 1-3mg., parrandalarda esa 4,4mg.ga teng. PP-vitamin(antipellargik vitamin, nikotinamid, niatsin, nikotinat kislota). Nikotinat kislota rangsiz, suvda va spirtlarda yaxshi eruvchi oq kristallardir. O ʻsimliklarda erkin nikotinat kislota va birikkan nikotinat kislota uchraydi. Hayvon organizmining toʻqimalarida nikotinat kislota birikkan holatda, yaʻni nikotinat kislotaning amidi holatida uchraydi. Nikotinat kislota turli achitqilarda (25-96mg%) koʻp boʻladi. Shu bilan birgalikda dukkakli donlar, bugʻdoy, arpa, guruchda, hayvon mahsulotlaridan esa jigarda, muskullarda mavjud. Sutda bu kislota kam, ammo PP-vitaminning ichaklarda sintezlanishi uchun zarur boʻlgan triptofan yyetarli miqdorda bor. Nikotinat kislotaning amidi toʻqimalar nafasini katalizlaydigan kodegidroginaza fermentlarining tarkibiga kirib, organizmdagi oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchu ham bu vitamin yetishmay qolganida organizmda oksidlanish jarayonlari susayadi. Oqibatda moddalar almashinuvi buziladi; PP-vitamin toʻqima va hujayralar tomonidan qand o ʻzlashtirilishini tezlashtirib, organizmda uglevodlar almashinuvida ham katta rol o ʻynaydi. Shuningdek organizmda oqsil, xolesterin, porfirinlarning almashinuvida ishtirok etadi. tomirlar tonusiga ta ʻsir koʻrsatadi. PP-vitamin ovqat hazm qilish sistemasining, jumladan, me ʻdaning motor, sekretor faoliyatida, jigar faoliyatining boshqarilishida qatnashadi. PP-vitamin ozuqalar tarkibida uchraydigan triptofan aminokislotadan, hazm sistemasidagi mikroorganiznilar tomonidan sintezlanadi. Tarkibida triptofan aminokislota saqlamagan ozuqalar bilan hayvon uzoq vaqt oziqlantirilsa, Pellagra (pellagra gʻadir-budur teri ma ʻnosini anglatadi) degan alohida kasallik belgilari paydo b oʻla boshlaydi. Itlarda esa bu kasallik “ qarotil” deyiladi. Kasallik paytida teri yalligʻlanadi (dermatit) va g ʻadir-budur boʻlib qoladi. Me ʻda-ichak faoliyati buziladi va ogʻiz hamda til shilliq pardalari shikastlanib, yara bo ʻlib ketadi. PP-vitaminga bo ʻlgan sutkalik ehtiyoj hayvonning 100kg. tirik vazniga nisbatan olganda katta c h o ʻchqalar uchun 30-40mg., ch o ʻchqa bolalari uchun 50mg. Parrandalarning ehtiyoji ham taxminan ch o ʻchqalardagi bilan bir xil. Oʻrdaklarga bir oz koʻproq berish zarur. Download 30.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling