Reja: vitaminlar haqida qisqacha maʻlumot vitaminlar kelib chiqish tarixi yogʻda eriydigan vitaminlar


Download 30.6 Kb.
bet8/10
Sana18.12.2022
Hajmi30.6 Kb.
#1027846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
VITAMINLAR

B3-vitamin (pantotenat kislota). Och sariq tusli, yopishqoq moyga
o ʻxshash, suvda va sirka kislotada yaxshi eruvchi modda. B3-vitamin
tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ko ʻpchilik o ʻsimlik va hayvonlar organizmida uchraydi. Turli achitqilarda, bugʻdoy va guruch u n id a , hayvon mahsulotlaridan esa buyrak, jigar, tuxum sarigʻida anchagina B3
vitamin bor. B3 vitamin toza holatda ajratib olingan. Pantotenat kislotaning organizm uchun ahamiyati shundaki, u koenzim A(koferment) tarkibiga kiradi va juda murakkab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Koenzim A aktiv atsetat-atsetil KOA hosil qilib, juda muhim sintetik va transatsetillanish reaksiyalarini
taʻminlaydi. Pantotenat kislotaga b oʻlgan sutkalik ehtiyoj choʻchqalarda 100kg. tirik vazniga nisbatan xisoblanganda 20-30mg.ga teng. Parrandalar isteʻmol qiladigan lkg. quruq oziqa tarkibida 10-15 mg. boʻlishi lozim.
H-vitamin(biotin). Suv va spirtda yaxshi eruvchi kristallardir. Biotinning achitqilarda, dukkakli donlarda, meva-sabzavotlarda, goʻshtda, jigarda, buyrakda, tuxum sarigʻida mavjudligi aniqlangan. Biotin tuxum oqida b o ʻladigan avidin nomli zaharli glikoproteidni biriktirib o shqozon-ichak sistemasi orqali qonga soʻrilmaydigan zaharsiz kompleks birikma hosil qiladi. Biotin organizmda kechadigan karboksillanish va dekarboksillanish reaksiyalarida ishtirok etadi. Kavsh qaytaruvchilarning
katta qornida, boshqa o ʻtxoʻr hayvonlarning yoʻg ʻon ichaklarida
mikroorganizmlar ishtirokida sintezlanadi. Shuning uchun h am , yirik
shoxli mollar, ch o ʻchqalar, q oʻy, otlar va echkilar odatda q o ʻsh imcha
ravishda biotin berilishiga muhtoj b o ʻlmaydi.
Inozit. Suvda yaxshi eriydigan faktor bo ʻlib, olti atomli siklik
spirt-siklogeksan unumidir. Inozitning izomerlaridan faqat mezoinozit
vitaminlik xossasiga ega. Turli achitqilar, sitruslar, meva-sabzavotlar
tarkibida, shuningdek sut, tuxum, jigar va boshqalarda mavjud hayvon
organizmida inozit miya toʻqimalarida, yurakda, o ʻpkada va buyraklarda to ʻplanadi. Inozit koʻpchilik mikroorganizmlarning oʻsishini tezlashtiradi. Organizmda yogʻ kislotalarini tashiydigan fosfatidlarning tarkibiga kiradi. Nerv sistema faoliyatiga t a ʻsir qiladi. Inozitning yetishmasligi natijasida nerv sistemasining trofik faoliyati buzilib, hayvonlarning junlari to ʻkilib ketadi. Me ʻda ichak faoliyati buziladi, o ʻsishdan qoladi, jigarning o ʻz to ʻqimalari o ʻrniga yogʻ toʻqimalari paydo b oʻla boshlaydi va hokazo.
Folat kislota. Sariq kristallar b o ʻlib, tabiatda kimyoviy va biologik
aktivligi jihrtidan folat kislotaga yaqin turadigan bir nechta m o d d a topilgan bunga o ʻxshash yana bir qator moddalar mavjud. Shuning uchun ham) ayrim olimlar folat kislotani alohida moddalar guruhi deb qaraydilar. Folat kislotaning o ʻzi vitamin b o ʻlmasdan faqatgina organizmga kirgandan keyin, ayrim mikroorganizmlarning o ʻsishini tezlashtiruvchi moddaga aylanadi. Turli achitqilar, koʻk barg, karam folat kislota manba i boʻlib xisoblanadi. Hayvon organizmida folat kislota mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Folat kislota purin va boshqa bir q a to r birikmalar, shuningdek qon shaklli hujayralar, nuklein kislotalari va ayrim oqsillarning sintezlanishi uchun zarur. Odatda sut emizuvchi hayvonlar organizminingufjplat kislotaga ehtiyoji, ularning o ʻzida hosil boʻlib turadigan folat kislota xisobiga to ʻla qoplanadi. Parrandalar folat kislotaga bir muncha ehtiyoji sezgirdir. Shuning uchun ham ularga beriladigan
ozuqaning har bir kilogramida 0,6-0,9mg. bo ʻlishi kerak.

Download 30.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling